e-qaror.gov.uz
12.10.2022
7
hududning
tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib budjet
tushumlarini ko‘paytirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish, budjetga qo‘shimcha tushum tushirish
manbalarini izlab topish choralarini ko‘radi;
tegishli budjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda
muvofiqlashtirib boradi;
viloyat
mahalliy budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari tegishlicha xalq
deputatlari Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etilishini ta’minlaydi;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga tushumlar to‘liq va
o‘z vaqtida tushishi, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil
etadi;
qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha
belgilangan stavkalarga
pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni kiritish to‘g‘risida hududlarning faoliyatni
amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar tayyorlaydi va qabul
qilish choralarini ko‘radi;
Do'stlaringiz bilan baham: