Tabiiy geografik tushunchalarini shakllantirisstrrepla: Tabiiy geografik rayonlashtirish yo`llari
Download 79 Kb.
|
Tabiiy geografik tushunchalarini shakllantirish
Tabiiy geografik tushunchalarini shakllantirish R e j a: 1. Tabiiy geografik rayonlashtirish yo`llari 2.Tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy tamoyil(prinsip)lari 3. Taksonomik birliklar haqida tushuncha Tabiiy geografik rayonlashtirish obyektiv mavjud hududiy tabiiy geografik majmualarni o`rganish, ularga miqdor va sifat ko`rsatkichlari asosida ta`rif berish, shu asosda o`lkadan unumli foydalanish masalalarini hal qilish geografiya fani oldida turgan eng muhim masalalardan bridir. Tabiiy geografik rayonlashtirish regional birliklarni tabiatda obyektiv mavjudligi, ularning doimo bir-biri bilan uzviy aloqada ekanligi va o`zaro bog`liqligi kabi dialektik-materialistik metodalogiyaga asoslanadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ilmiy prinsiplari ana shu metodologiya asosida ishlab chiqilgan. Tabiiy geografik rayonlashtirish muammolari bo`yicha N. A. Gvozdetskiy, N. I. Mixaylov, G.D. Rixter, V. I. Prokayev, A. G. Isachenko, F. I. Mil`kov, V. M. Chetirkin kabi yirik tabiiy geograf olimlar katta ilmiy ish olib bordilar. Tabiiy geografik rayonlashtirish o`lkada olib boriladigan tadqiqotning geografik bosqichida muhim xisoblanadi va u region nomlarini obyektiv, asosli ravishda ajratish, ularni mukammal tasvirlashga, tabiiy majmualararo va mujassamalararo aloqalarni son va sifat jihatidan chuqur tahlil qilishga imkon beradi. Tabiiy geografik rayonlar rivojlanishi, tarixi, geografik o`rni, tabiiy geografik jarayonlarga, tartibiy qismlarning majmuiga ko`ra bir-biridan farqlanadi. Har bir tabiiy geografik birlik bir butunligi, atmosfera sirkulyatsiyasida, gidrogeografiya tarmoqlarning xususiyatlarida, o`simlik va hayvonot olamida, zonal va azonal omillarda namoyon bo`ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy tamoyillari 1. Hududiy bir butunlik tamoyili Tabiiy geografik birliklarning muhim xususiyatlaridan biri ularning maydon jihatidan bir butunligidir. Bu tamoyil har bir regionning yer yuzida boshqa yerda qayta uchramasligi, ularning xususiy belgilariga ega ekanligiga asoslanadi. Bir tabiiy geografik region faqat bir joyda yaxlit holda mavjud bo`ladi. Boshqa joylarda xuddi shunday region takrorlanmaydi, lekin ayrim o`xshash xususiyatlarga ega bo`lishi mumkin. 2. Landshaftlar rivojlanish tarixining birligi tamoyili Bu tamoyil majmuali tabiiy geografik rayonlashtirishda asosiy tamoyillardan biridir. Bu tamoyil tabiiy geografik rayonlashtirishning hamma bosqichida hisobga olinadi. Chunonchi tabiiy geografik rayonlarni ajratishda ularning geologik hamda geomorfologik rivojlanish va landshaftlar genezisi asos qilib olinadn. Lekin tabiiy geografik zonalarni ajratishda bu tamoyildan foydalanish mumkin emas. Chunki zonaning o`zida geologik va geomorfologik taraqqiyoti hamda landshaftlarni yoshi jihatidan bir-biridan farq qiluvchi tabiiy majmualar ham uchraydi. 3. Majmualilik tamoyili. Bu tamoyiliga ko`ra tabiiy geografik rayonlashtirish landshaftlarning bir yoki bir necha yetakchi komponenti emas, balki barcha komponentlari birgalikda hisobga olinishi kerak. Masalan, tabiiy geografik birliklarga ajratishda geologik- geomorfologik tuzilishi, relfi yoki iqlimgina emas, tuproqlari, o`simliklari, hayvonot dunyosi, yer usti va yer osti suvlari, tabiiy geografik jarayonlardagi o`xshashlik va tafovutlar ham aniqlanishi hamda e`tiborga olinishi lozim. Shunday qilganda tabiiy geografik rayonlashtirishda majmualillikka amal qilingan bo`ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning komponentlar bo`yicha rayonlashtirishdan asosiy farqi ana shu majmualilik tamoyiliga amal qilinishidadir. 4. Nisbiy bir xillik tamoyili Yer yuzasi tabiiy xususiyatlarga ko`ra bir-birining farq tashqarigan nihoyatda ko`plab qismlaridan iborat. Tabiiy geografik rayonlashtirishda ana shu o`ziga xos qismlar o`xshashlik xususiyatlariga qarab bir butun hududiy birliklarga birlashtiriladi, tafo-vutlariga qarab esa bir-birndan ajratiladi. Tabiiy geografik birliklarga ajratishda landshaftlardagi eng asosiy o`xshash xususiyatdar hisobga olinada. Bu xususiyatlarni belgilash esa rayonlashtirish bosqichlari hamda tadqiqot masshtabiga bog`liq, boshqacha qilib aytganda rayonlashtirishning turli birliklarini ajratishda har xil belgilar asos qilib olinadi. Ana shuning uchun bu prinsip nisbiy bir xillik prinsipi deyiladi. Tabiiy hududiy majmualarni shakllanishi va rivojlanishi ko`p jihatdan ularning litogen, gidroiqlimiy va biogen komponentlariga bog`liq. Ularning geologik poydevori litogen tarkibiga ko`ra nisbatan bir xil tog` jinslaridan iborat bo`lib turlicha holatda yotadi. Tabiiy hududiy majmualar tabiiy geografiya o`rganadigan asosiy obyektdir. Tabiatda ularning aniq chegaralari bor, o`ziga xos tabiiy geografik xususiyatlari va rivojlanish hamda tarqalish qonuniyatlari mavjud. Taksonomik birliklar haqida tushuncha Tabiiy geografik rayonlashtirishda geografiyaning shu soxasi bilan shug`illangan omillar turlicha rayonlashtirish tasnifini taklif qiladilar. Bu tizimlarning ayrimlari landshaftlarning faqat zonal xususiyatlariga asoslangan bo`lsa, ba`zilarida azonal xususiyatlar, yana boshqalarida esa ham zonal, ham azonal xususiyatlar hisobga olingan. Tabiiy geografik rayonlashtirishning taksonomik birliklari asosan quyidagilardir: tabiiy geografik o`lka - tabiiy geografik provinsiya - tabiiy geografik oblast - tabiiy geografik rayon - landshaft. Tabiiy geografik o`lka - materikning geologik hamda geomorfologik tuzilishi, mikroiqlim sharoiti jihatidan bir butun, landshaftning ma`lum kenglik hamda balandlik zonallign tarkibiga ega bo`lgan qismidir. Tabiiy geografik o`lka landshaftlarning tarkib topishda ularning geologik-geomorfologik tuzilishi, iqlim sharoiti hamda tarixiy rivojlanish xususiyatlarida yetakchi rol o`ynaydi. Landshaftning boshqa komponentlari ham ana shularning bevosita ta`sirida bo`ladi. Turkiston o`lkasi hududini rivojlanishning yuqorida aytib o`tilgan negizlari asosida kuyidagi tabiiy geografik o`lkalarga ajratilgan: Tog`li Tekislik Tabiiy geografik provinsiya - zona doirasida geografik uzoqlik bo`ylab iqlimning o`zgarishi hamda relyefi va geomorfologik tafovutlar natijasida tarkib topadi. Tabiiy geografik privinsiya zonaning geografik o`rni, iqlimi hamda orografik geomorfologik xususiyatlari, o`simlik qoplami, tuproqlari, yer osti suvlari, tabiiy geografik protsesslar, hayvonot olami va boshqalarda mujassamlashgan yirik qismlaridir. Bunga Turkiston tabiiy geografik o`lkasining Jung`oriya-Tyanshan, Markaziy Qozog`iston, Turon provinsiyasini misol qilib ko`rsatish mumkin. Tabiiy geografik oblast - provinsiyaning bir qismi bo`lib boshqa harakteri, mezoiqlimi yer osti suvlarining xususiyati va tuproq, o`simlik qoplami bilan ajralib turadi. Tabiiy geografik rayon - tabiiy geografik oblastning sharoiti bilan boshqalardan farq qiladigan, o`ziga xos tuproq va o`simlik qoplamiga ega bo`lgan yirik qismidir. Tabiiy hududiy majmualar, ya`ni tabiiy landshaftlar, birinchidan aniq hududiy birlik, ikkinchidan geografik birliklardan tashkil topgan murakkab geografik majmua, uchinchidan asosiy tabiiy- geografik birlik va hududiy tabiiy geografik tadqiqotlarning asosiy obyektidir. Landshaftlarning tipologik birliklarini xaritaga tushirish o`ziga xos usul hisoblanadi. Bu usul qo`llanilganida tabiiy geografik birliklar tipologik landshaftlar majmualari xaritalar asosida aniqlanadn. Bunday tipologik majmualar egallagan maydon bir tabiiy geografik birlik deb olinadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishda bunday usuldan foydalanishdan avval hududning tipologik landshaflar xaritasi tuziladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish xalq ho`jaligining turli sohalarini rejalashtirishda tayanch hisoblanadi. Masalan, Turkiston o`lkasida paxta ekish va unnng maydonlarini kengaytirish uchun shu hudud, tuproq, iqlim sharoitini bilish yetarli emas, undan tashqari yer yuzasining tuzilishini, yer osti suvlarining qanchalik chuqurligini grunt xususiyatlarini, eroziya jarayonlarini o`simlik qoplamini bilish kerak bo`ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish yangi shaharlarni barpo qilish, yo`llar qurish va ulardan foydalanishda, sug`oruv kanallari, melioratsiya tarmoqlarini to`g`ri rejalashtirish, hududining yer osti zahiralarini, relyefi xususiyatlarini, tog` jinslari tarkibini, tuproqlarini va bu komponentlarni o`zaro bog`liqligini chuqur o`rganish lozimdir. Xulosa qilib tabiiy geografik rayonlashtirishning ahamiyati qanchalik katta ekanligiga L.S.Bergning fikrini keltirib o`tish joiz: «Tabiiy rayonlarga bo`lmasdan o`rganilgan mamlakatni tabiiy geografiyasi chinakam geografik asar emasdir». Tа’limni tаshkil qilishning хilmа – хil shаkllаri ichidа ekskursiyaning аhаmiyati kаttа. Ekskursiya lоtinchа – ekskursо – so’zidаn оlingаn bo’lib, yugurib chiqаmаn dеgаn mа’noni bildirаdi. Ekskursiya tа’lim – tаrbiya ishlаrining bir turi bo’lib, o’rgаnilаyotgаn оb’еktni uning turgаn jоyidа bеvоsitа ko’rib, idrоk etish аsоsidа o’tkаzilаdi. Ekskursiyalar joy sharoitiga qarab turlicha bo’lishi mumkin: qishloq maktablarida tabiatga, yirik shaxarlarda ko’proq korxonalarga uyushtiriladi. Maktab joylashgan territoriyaning relef xususiyatiga bog’liq xolda ham ekskursiya mazmuni o’zgarishi mumkin. Masalan, bir maktab voxada, ikkinchi maktab tekislikda, uchinchi maktab esa tog’da joylashgan bo’lishi mumkin. Ekskursiyalar tashkil etish geografik nuqtai nazardan ikki turda yani Tabiiy va iqtisodiy geografik ekskursiyalar uyushtiriladi Tаbiiy gеоgrаfik ekskursiya uyushtirishdа 1.Kirish suhbаti, аtrоf-muhit umumiy tаvsifi, ekskursiyaning mаqsаdi vа vаzifаsi tushuntirilаdi. 2. Tаnlаngаn tаbiаt оb’еktidа rеl’еf, tоg’ jinslаri, o’simlik tuprоq qаtlаmi, dаryo, sоy, ko’llаr erkin nаmоyon bo’lishi kеrаk. 3. Tаbiiy hududiy kоmplеksni qаndаy аjrаtish kеrаkligi, uni tа’riflаsh kеrаkligi, TХK elеmеntlаrini kundаlikgа tushirish, tаbiаtdа o’quvchilаr o’zlаrini qаndаy tutishligi kеrаkligini uqtirish kеrаkligi vа h. klаr o’rgаnilаdi. O’qituvchi ekskursiyaga chikishdan avval o’quvchilarning qaerga, qachon yig’ilishlari haqida, ekskursiya vaqtida ular qanday ishlar bajarishlari, ekskursiya uchun zarur o’quv qurollari va ularni ishlatish yo’llari haqida tushuntiradi. O’quvchilarni gruppalarga bo’ladi. Agar ekskursiya marshruti va ko’lami kichik bo’lsa, barcha gruppalar o’zlari uchun ajratilgan maydonlarga bo’linib, o’kituvchining ko’rsatmasiga muvofiq o’zlariga topshirilgan topshiriqlarni bajaradilar. Ekskursiyada mo’ljallangan ishlar bajarilib bo’lingach, o’qituvchi o’quvchilarni marshrut bo’ylab, olib o’tadi. Agar ekskursiya marshruti va ko’lami katta bo’lsa, barcha o’quvchilar bir marshrut bo’ylab boradilar. Beshinchi sinf o'quvchilari bilan tabiatga ikkita sayohat o'tkazsa bo'ladi. Bir sayohat kuzda borish mumkin bo'lgan geografik ob'yektlarda yil bo'yi o'rganiladigan narsalar bilan tanishtirish uchun o'tkazilsa, ikkinchisi geografiya darslarida o'rganilgan nazariy bilirnlarni mustahkamlash uchun bahorda o'tkaziladi. Download 79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling