Ekskursiyalar o‘tkazish metodlari
oldindan ko‘rib chiqish;
ko‘rish orqali rekonstruksiyalash; (qayta jonlantirish)
voqealarni lokalizatsiyalash; (bir biri bn bog`lash)
ko‘rganlarni taqqoslash va boshqalar
Avval aytib o‘tilganidek, ekskursiya bu jonli tabiat, tarixiy joylarni ko‘rsatish va ularning ushbu o‘lka iqtisodiyoti, madaniyati, tabiyatida tutgan o‘rni haqida hikoya qilish bilan harakterlanadi. Ekskursiyaning bu ikki elementi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. U yoki bu obektlarning mavjudligi hikoya mazmunini belgilaydi, hikoyaning o‘zi esa, ko‘rsatish uchun aniq obektning mavjudligini talab qiladi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, ekskursiya uchun eng muhimi ko‘rsatish, namoyish etishdir. U aniq bir reja texnologik xarita asosida olib boriladi. Namoyish etish-obektlar tahlili, zaruriy tushuntirishlar, xulosalar bilan to‘ldiriladi.
V.A.Sichinava fikricha, ekskursiyada muhim rol o‘ynaydigan ko‘rgazmali vositalar 3 turga bo‘linadi:
1. Ekskursiya marshrutidagi haqiqiy (asosiy) ekskursiya obektlari;
2. Qo‘shimcha illyustrativ materiallar;
3. O`qituvchining ko`rgazmali hikoyalari;
O’lkashunoslik ekskursiyalari. O’lkashunoslik ekskursiyasining maqsadi maktab atrofiga (ma’muriy rayon doirasida) yaqin joyning tabiati, xususiyati va aholisining xo’jalik faoliyatini o’rganish va tadqiq qilishdan iboratdir. O’lkashunoslik ekskursiyalari mazmuni, tabiatni chuqur sinfdan tashqari vaqtda o’tkazilishi va ixtiyoriyligi bilan o’quv ekskursiyalaridan farq qiladi. O’lkashunoslik ekskursiyalari o’z rayoni tabiatini har tomonlama o’rganish maqsadida ham, yoki uning biron elementini o’rganish .maqsadida ham uyushtirilishi mumkin. Ta’lim ishlarida o’quvzkskursiya materiallaridan qanday foydalanilgan bo’lsa, o’lkashunoslik ekskursiya materiallaridan xam shunday foydalaniladi. Bu ekskursiya vaqtida to’plagan materiallar asosida maktab o’lkashunoslik muzeyini tashkil etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |