Mazmuniga ko‘ra ekskursiya ko‘rgazmali va tematik turlarga bo‘linadi. Mavzuli ekskursiyalar o‘z navbatida qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi:
tarixiy;
harbiy-tarixiy;
ishlab chiqarish ob’ektlari;
madaniy;
adabiy;
arxitektura qurilishi.
Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra:
Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiya ob’ektlari, ma’lumotlar, hikoya mazmunlariga o‘zgarishlar kiritiladi.
Ekskursiyaning o‘tkazish joyiga ko‘ra:
shaharda;
shahardan tashqarida;
ishlab chiqarish ob’ektlarida;
muzeylarda;
madaniy (diniy) inshootlarda;
tabiat yon bag‘rida;
cho‘llarda bo‘lishi mumkin va b.bo‘lishi mumkin.
Shahar ekskursiyalari ko‘rgazmali va tematik bo‘ladi. Unda shaharning barcha joylarini yoki bir qismini ko‘rsatish mumkin(eski shahar, bozorlari, maydonlar).
Shahardan tashqarida ekskursiya avtobusda va piyoda tashkil etilishi mumkin. Avtobusli ekskursiyalar odatda 100 km dan uzoq bo‘lmaydi. Piyoda ekskursiyada guruhni aniq joygacha maxsus transportda olib boriladi, so‘ng qolganida ular piyoda borishadi (Masalan,poyezd, vertolyot, teploxodda). Shahardan tashqari ekskursiyalar bir necha xil bo‘ladi.
Birinchidan, ekskursiya faqat oxirgi punktda o‘tkaziladi (o‘rmon, tog‘, kichik shahar).
Ikkinchidan, ekskursiyada yo‘l-yo‘lakay diqqatga sazovor joylar marshrut bo‘ylab ko‘rsatiladi.
Uchinchidan, har ikkisini umumlashtirilgan holda o‘tkaziladi. Bunda ekskursiyani oxirgi punktida guruhni qabul qilib oluvchi turistik tashkilot gidi yoki muzey xodimlari ekskursiyani olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |