Tabiiy geografik tushunchalarini shakllantirisstrrepla: Tabiiy geografik rayonlashtirish yo`llari


Download 79 Kb.
bet6/8
Sana21.04.2023
Hajmi79 Kb.
#1368191
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tabiiy geografik tushunchalarini shakllantirish

Ishlab chiqarish korxonalari- zavod, fabrikalar, temir yo‘l vokzallari, qishloq xo‘jalik korxonalari, ilmiy tadqiqot institutlari, aeroportlar ekskursiya ob’ektlari hisoblanadi.
Sayohat vaqtida o'qituvchi belgilangan joyda o'quvchilarni to'xtatadi va bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqlarning tartib raqamini aytadi. O'quvchilar topshiriqni bajarayotgan vaqtda yon daftarchasiga faqat yozib olmasdan, rasm va sxemalar ham chizsalar, yaxshi bo'ladi. Bulardan tegishli mavzular o'rganilayotganda foydalaniladi. Ekskursiya so’ngida yakunlovchi yig’ilish yoki konferensiya o’tkaziladi, bunda o’kuvchilar kilingan ishlar haqida axborot beradilar, to’plagan materiallarini ko’rsatadilar. Ekskursiyada to’plangan materiallar — kolleksiyalar, gerbariylar maktab laboratoriyasini, tegishli kabinetlarni boyitadi.
Agar sayohat maqsadga muvofiq tarzda o'tkazilsa, o'quvchining qalbida bir umr muhrlanib qoladi.
Tabiatga sayohat qilish — tabiiy geografiya boshlang'ich kursida maktab o'quv rejasining majburiy talabidir. Shunga qaramay hamma geografiya o'qituvchilari ham u talabni bajara olmaydi. Bunga asosiy sabab shuki, sayohat o'tkazish oddiy darsga nisbatan qiyin. Yana boshqa sabab ham bor sayohat o'tkazishga juda ko'p vaqt ketadi. Ekskursiya ta’lim-tarbiya berish shakllaridan biri bo’lib, unda o’rganilayotgan ob’ekt va hodisaning bo’lgan va ro’y berayotgan joyida kuzatiladi. Ekskursiyada o’quvchilar o’rganayotgan ob’ekt yoki hodisani bevosita o’z ko’zlari bilan ko’rib o’rganish, shuningdek o’rganilayotgan ob’ekt va hodisani asli holida, o’z o’rnida kuzatish, tekshirish imkoniyatlari tug’iladi.
Urganiladigan ob’ektlarning ko’pligi, ko’lamining kengligi va xilma-xilligi jihatidan geografiya fanining ekskursiya bazasi juda katta. Ekskursiya o’quvchilarda geografik tasavvur va aniq tushunchalar hosil qiladi. Ekskursiya o’quvchilarga shuncha kuchli ta’sir etadiki, pedagogning ta’siri shunchalik kuchli bo’lolmaydi. O’quvchnning dalada, qirda va tog’da o’tkazgan bir kuni maktabda o’tkazgan bir necha kundan ko’ra samaraliroq bo’lishi mumkin. Ekskursiya o’quvchylarni tetiklashtiradi, ularning kuzatuvchanlik va sinchkovlik kobiliyatlarini, hayotiy faoliyatlarini oshiradi. O’quvchilar ekskursiya vaqtida ma’lum darajada mehnat qiladilar, tabiat va atrof bilan tanishadilar, o’z o’lkalarini yaxshiroq o’rganadilar, ekskursiya tufayli ularning o’z Vataniga bo’lgan muhabbati ortadi. Ekskursiya o`qituvchi bilan o`quvchilarni bir - biriga yaqinlashtiruvchi vositadir.
Ekskursiya tabiatni ongli va to’liq bilib olishga imkon beradi. Biron ko’rsatmali qo’llanma, biron badiiy tasvir o’rganiladigan ob’ekt va xodisa haqida ekskursiyadagidek to’liq tasavvur berishi qiyin.
Yangi bilimlarni o’rganishda ekskursiya materiallaridan foydalanib borish maqsadga muvofiqdir.
Gеografiya fanini maqsad va vazifalariturli davrlarda o’zgarib va qaytadan shakillanib turgan. O’qitishni maqsadini aniqlash qadimdan didaktika va o’kitish mеtodikasining eng muhim muammolaridan hisoblanib kеlmoqda. Ushbu muammoni qanday еchish bilan maktab gеografiyasining tuzilishi, mazmunini va o’qitish mеtodlarini turlari bog’liq. Oxirgi davrlarda, asosan XX-asr davomida o’kitish maqsadiniishlab chiqish muammosiga katta e’tibor bеrildi. Hozirgi davirda ham gеografiya ta’limining mazmunini o’zgarishi munosabati bilan mazkurmuammoga yanada ko’prok e’tibor bеrilmoqda.
Gеografiya o’qituvchisi gеografiya prеdmеtining har binr sinf gеografiya kursini maksadlarini bilishi lozim.
Gеografiya ta’limining maqsadlarini uch guruhga bo’lish mukin: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling