Anatomiya fanining qisqacha tarixi A’zo va a’zolar sistemasi


Download 57 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi57 Kb.
#159493
Bog'liq
Anatomiyani o’rganish usullari


Anatomiyani o’rganish usullari

Reja:



  1. Anatomiya fanining qisqacha tarixi

  2. A’zo va a’zolar sistemasi

Odam anatomiyasining o’rganish usullarini bilmay turib anatomiyani bilish va u haqda yetarli ma'lumot olish mumkin emas.

Odam anatomiyasini asosan murda ustida o’rganiladi. Lekin ayni vaqtda tibbiyot xodimlarining tirik odam bilan munosabatda bulishini ham e'tiborga olmoqlik darkor. Odam organizmi va a'zolarining tuzilishi, topografiyasi murda ustida o’rganilganda turli usullardan foydalaniladi. Tirik odamlarda esa mavjud bo’lgan texnika vositalaridan foydalangan holda fiziologik usullar qo’llanib o’rganiladi.

Bular quyidagilar:

1. Antropometrik usulda gavdaning uzunligi, kengligi va og’irligi o’lchanadi, olingan ma'lumotlar organizmning ayrim bo’laklariga taqqoslanib, o’sishi yoki o‘zgarishi kuzatib boriladi.

2. Kesib ochish yo’li bilan preparatlar (preparate) yasash usuli.

3. Arralash usulini birinchi marta N.I. Pirogov qo’llagan. U dastlab murdani qattiq, muzlatib, so’ngra o’rganish kerak bo’lgan organizm bo’lagini qavatma-qavat qilib arralagan. Bu usulda a'zolar topografiyasini aniqroq o’rganish mumkin.

4. In'eksiya usuli (injectio - lotincha quyaman) - ichi kavak a'zolarga, qon tomirlarga turli xil kimyoviy bo’yoqlar yuborib o’rganiladi.

5. Yoritish, ravshanlashtirish usuli. Buning uchun a'zoni birorta kislota yoki ishqor suyuqligiga solib kuzatiladi. Vaqt o’tishi bilan har xil to’qimalar nurlarning turlicha sinishi natijasida bir-biridan ajralib ko’rinadi

6. Korroziya yoki yemirish usuli - ichi bo’sh a'zolar ichi tez qotadigan modda bilan to’ldirilib, so’ngra uni turli kislota yoki ishqorlar suyuqligiga solinsa, a'zo to’qimalari yemiriladi va bo’shlig’iga yuborilgan modda a'zolar shaklini saqlab qoladi

7. Rentgen nuri yordamida o’rganish usuli. K. Rentgen nuri kashf etilgandan buyon (1895) qo’llaniladi. Bu usul tirik odam tuzilishini o’rganishga keng imkon beradi. Rentgen nurlari yordamida suyaklar tuzilishini, ayniqsa uning taraqiy etishini kuzatish mumkin. Ichi kavak a'zolar rentgen nurlarini ushlab qololmaydi. Shuning uchun ularga rentgen nurini tutib qoluvchi kimyoviy moddalar yuborib, ekranda ko’rish (rentgenoskopiya) yoki rasmini olish (rentgenografiya) yo’li bilan o’rganiladi.

8. Paypaslab (palpatio) o’ganish usulu .

9. Perkussiya (percussio - barmoq yoki bolg’acha bilan urib aniqlash usuli .

Bu ikki usul kasalni ko’rish paytida qo’llanilib, a'zo chegaralarini o’rganishda keng foydalaniladi.

10. Auskul'tasiya (auscultatio - eshitib ko’rish) usuli - maxsus eshituv asboblari yordamida a'zolar (yurak va o’pka)ning ishlab turgan paytidagi tovushi eshitiladi. Bu usul a'zolarning normal yoki kasallik holatini aniqlashda katta yordam beradi.

11. Mikroskopda ko’rib urganish usuli. Bu usulda a'zolarning nozik tuzilishlari maxsus bo’yoqlar bilan bo’yalib, mikroskoplar yordamida o’rganiladi. 12. Tirik odamlarda turli fizikaviy,kimyoviy va texnik usullar keng qo`llaniladi. Bulardan tashqari eksperement-tajribalar ham keng qo`llaniladi, bunda a`zolarni ko`chrib o`tkazish va xokazo



ANATOMIYA FANINING QISQACHA TARIXI
Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Ammo qadim zamonlarda hukm surgan diniy aqidalarga ko’ra, murdalarni kesib o’rganish gunox hisoblangan. Shuning uchun murdalarni kesib o’rganishga intilganlar hatto o’lim jazosiga ham xukm etilgan. Binobarin, odam organizmini yorib o’rganish ilmiy tibbiyot davridan ancha keyinroq boshlangan. Lekin qadimiy Misrda va Vavilonda eramizdan III - II ming yil oldin ko’zga ko’ringan shaxslarning murdalarini mumiyolash odat bo’lganligi sababli, ba'zi bir a'zolarning tuzilishi to’g’risida yuzaki bo’lsa ham ma'lumotlar bo’lgan.

Anatomiyaning haqiqiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlakatidan boshlangan. Yunonistonda ruxoniylar hukmron bo’lmaganligi tufayli ko’pgina fanlar qatori tibbiyot fani ham yaxshi rivojlangan: jumladan, Kos va Knidos maktablari tashkil etilgan. Bu maktablarda boshqa olimlar bilan bir qatorda Gippokrat, Pifagor, Arastu (Aristotel) kabi allomalar ham talim olganlar.



Buqrot (Gippokrat) (eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashagan) - tibbiyot sohasida o’zigacha bo’lgan ma'lumotlarni to’plagan, kuzatish va tekshirishlari asosida 72 ta asar yozgan. Tibbiyot fanida bu qo’llanmalardan 2000 yil mobaynida foydalanib kelindi. Buqrot yurak va qon tomirlar tuzilishi to’g’risida ham ma'lumotlar bergan, ammo nervlarni paylardan ajrata olmagan.

Arastu (Aristotel) (eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan) Yunonistonning atoqli olimi, faylasufi va anatomi. U nervlarning paylardan farqi borligini isbotlagan. Qon tomirlar yurakdan boshlanishini va "aorta"ni birinchi marta aniqlagan.

Gerofil (taxminan eramizdan oldingi 300-yilda tug’ilgan) - Aleksandriya shahrida o’qigan va saroy tabibi bo’lib ishlagan. Gerofil a'zolarning ichki tuzilishiga qiziqib, ularni birinchi marta kesib o’rgangan (anatomiya - anatomio, ya'ni "kesaman", "yoraman") so’zi ham ana shundan kelib chiqqan. Olim ko’proq muskullarni, yurakni, qon tomirlar va periferik nerv sistemalarini o’rganib, birinchi bo’lib xarakatchan va sezuvchan nervlarni aniqlagan.

Antik davrda tibbiyot va jumladan anatomiya fani unchalik rivojlanmagan. Shunga qaramasdan qadimiy Rimda Ruf, Jolinus (Galen) kabi olimlar yetishib chiqqan, bular tarixda birinchi bo’lib anatomiyaning lotincha atamalarini tuzishgan.



Jolinus Xakim (Klavdiy Galen, 130-201) - anatomiya, fiziologiya, falsafa va biologiya fanlarini mukammal o’rgangan. Olim Aflotun va Arastuning idealistik g’oyalarini quvvatlab, organizm o’z vazifalarini uch xil rux orqali bajaradi: birinchisi - jigarda paydo bo’lib, venalar orqali, ikkinchisi - yurakda paydo bo’lib,arteriyalar vositasida organizmga tarqaladi, uchinchisi esa miyada paydo bo’lib, nervlar orqali organizmning barcha qismlarini idora qiladi, degan xulosaga kelgan. U suyaklar, muskullar, bosh va orqa miya anatomiyasini o’rgangan.

Jolinus hayvonlar yuragini va qon tomirlarini o’rganib, arteriyalarda havo emas, balki qon oqishini birinchi bo’lib isbotlagan. U davrda odam anatomiyasini murdalarda o’rganish mumkin bo’lmaganligi tufayli olim odam a'zolari anatomiyasini hayvonlarda o’rganishga majbur bo’lgan. Shu boisdan Jolinusning odam organizmining tuzilishi haqidagi ma'lumotlari xatolardan holi emas.

O’rta (V - XI) asrlarda dinning fan rivojiga to’sqinlik qilishiga qaramasdan o’rta Osiyoda bir qancha mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ana shulardan biri buyuk alloma Abu Ali ibn Sinodir (980-1037). U falsafa, adabiyot, matematika, kimyo, astronomiya, musiqashunoslik va tibbiyot bilan shug’ullangan. U Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan. Dastlabki ilmni Buxoroda olgan va 17 yoshlik chog’idayoq ko’pgina fanlarni mukammal egallagan.

Abu Ali ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo’lib xizmat qilgan. Tibbiyotdagi misli ko’rilmagan buyuk va ajoyib xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga mashxur etgan.

Ibn Sino 100 dan ortiq asar yaratgan, bulardan eng kattasi - "Tib qonunlari" 1000- yillarda yozilgan. Kitob 5 jildli bo’lib, birinchi tomi anatomiya va fiziologiyaga bag’ishlangan. Ibn Sino o’zining bu buyuk va o’lmas kitobida tibbiyot soxasidagi dunyoda bo’lgan barcha ma'lumotlarni to’plabgina qolmasdan, o’z kuzatishlari, tekshirishlari va tushunchalari bilan fanni yanada boyitgan. Kitob turli tillarda qayta-qayta nashr qilingan, dunyodagi hamma mamlakatlarda 600 yildan ziyodroq muddat ichida tibbiyot bilim yurtlarida asosiy o’quv qullanmasi bo’lib xizmat qilib kelgan va xanuzgacha xizmat qilmoqda.

Ibn Sino organizmni o’rganishda odam konstitusiyasiga birinchi bo’lib e'tibor berdi. "Tib qonunlari" asarida ichki kasalliklar, xirurgiya, farmakologiya, gigiena va tibbiyotning boshqa qismlari to’g’risida batafsil ma'lumotlar berilgan. "Tib qonunlari" o’zbek tilida birinchi marta 1954-1956 yillarda Toshkentda bosilib chiqqan.



Vilyam Garvey (1578-1657) anatom va fiziolog bo’lib, o’z kuzatishi va tajribalari asosida 1628- yilda e'lon qilingan "hayvonlarda yurak va qon harakati to’g’risida anatomik tekshirishlar" degan ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish sistemalarini tarixda birinchi marta ilmiy ravishda isbotlab bergan. Garvey qonni arteriyadan venaga ko’zga ko’rinmaydigan mayda tomirchalar orqali o’tadi, deb taxmin qilgan.

Leonardo da Vinchi (1452-1519) Uyg’onish davrining buyuk allomasi, italiyalik rassom, matematik, injener va faylasufdir. Odam portretlarini to’g’ri chizish maqsadida 30 dan ortiq murdani kesib o’rgangan va a'zolar rasmini chizib chiqqan. U dunyoda birinchi bo’lib muskullarning ishlash dinamikasini o’rganib, shu bilan plastik anatomiyaga asos solgan.

Andrey Vezaliy (1514-1564) Venesiya dorilfununida anatomiya professori bo’lib ishladi. U juda ko’p murdalarni kesib o’rgandi, hayvonlarda tajriba o’tqazdi. Shular asosida 1538 yili "Anatomiya jadvallari" atlasini va "Odam tanasining tuzilishi to’g’risidagi etti kitob" ni yozdi.

Vezaliyning anatomiya soxasidagi asarlariga I.P. Pavlov "Vezaliyning asari insoniyatning yangi tarixdagi qadimiy mualliflarni takrorlamaydigan mustaqil tadqiqotdir, bu kitob odam anatomiyasidan aql-idrokka tayanadigan birinchi asardir",- deb baxo bergan.



N.I. Pirogov (1810-1881) rus xarbiy-dala jarroxligining asoschisi va topograf anatomidir. U odam organizmidagi a'zolarni muzlatib, sotirib, qavatma qavat qilib kesib o’rgangan va juda ko’p preparatlar tayyorlab, rasmlarni chizdirgan. N. I. Pirogov organizmdagi fassiyalar, muskullar va qon tomirlarni o’rgandi. Olim o’zining ko’p yillik ilmiy mexnatini yakunlab "Muzlatilgan murdalarni arralab o’rganilgan topografik anatomiya" atlasini (1859) yozdi.

V.I. Bes (1834-1894) Kiev dorilfununining professori, anatom. U bosh miyaning pustloq, qavatini, buyrak usti bezi va jigardagi qon aylanish tartibini o’rgangan.

V. M. Bexterev (1857-1927) nevropatolog, psixiatr va atokli anatom. U bosh miyaning pustloq, qismida joylashgan bir qancha analizator markazlarini va ularning utqazuvchi yo’llarini o’rganib, talaygina ilmiy asarlar yozdi.

1950-2000 yillarda SNG davlatlari olimlaridan S.N. Kasatkin, P.O. Isaev, Y.A Raximov, F.Abduraxmonov, qon tomirlar sistemasini o’rganishda V.V. upriyanov, B.V. Ognev, Ye.P. Melman, M.R.Sapin, Yu.M. Borodinlar limfa sistemasini , nerv sistemasini o’rganishda V.N. Ternovskiy, P.A. Sokolov, Y.Raxshov lar anatomiya fanini rivojlanishida o’z hissalarini qo’shdilar va qo’shib kelmoqdalar .



R.E. Xudoyberdiev (1920-2002) Toshkent davlat tibbiyot inistitutini 1966-1986 yillarda odam anatomiysi kafedrasi mudiri davrida kafedra xodimlari ustoz boshchiligida kollateral qon aylanish va ichki a'zolar sistemasining ichki qon tomirlarini o’rgandilar va ular rahbarliklarida 20 dan ortiq fan nomzodlari va 4 fan doktorlari yetishib chqdi.

N.K.Axmedov (1922- 2003)1979 – A.Beruni mukofoti sovrindori, Hizmat ko’rsatgan fan arbobi va

Respublikamisda birinch martta o’zbek tilida II-tomli ”Odam anatomiya atlasi” yratishga sazovor bo’gan olim.



1984 yillari Toshkent davlat tibbiyoti inistitutining stomatologiya va sanitariya-gigina fakultetlarining odam anatomiya kursi rahbari, 1984 yildan kafedrasini mudiri 1990 -1997 yillarda II –TashDavTI odam anatomiysi kaferasi mudiri.

N.K.Axmedov boshchligida kafedraning ilmiy izlanuvchilar tashqi zararli ekologik muxit tasirida oyoqda kollateral qon aylanish va ichki a'zolar sistemasining ichki qon tomirlarini o’rgandilar va ular rahbarliklarida 15 dan ortiq fan nomzotlari va 3-ta fan doktorlari yetishib chiqdi.

Bulardan tashqari X.3. Zohidov N.A. Ibodov lar ham Respublikamizda anatomiya fanini rivojlanishiga o’z hisalarini qōshganlar.

Hozirda Ichki a`zolarning postnatal ontogenezini` F.Baxadirov., S.A.Ten,U.M. Mirsharapov,. mikroserculyator o`zani B.A. Hidoyatov, Y.N Nishonov, T.A.Sagatov, yondosh topografik anatomiyani o’rganishda V.F. Voyno-Yaseneskiy, F.A. Amirov,S.A Dalimov, N.X. Shomirzaev, I.K.Qosim-xodjayev, Sh.M.Axmedov, Z.B. Botirova R.J. Usmonov boshqalar anatomiya va topografik anatomiyani faniga o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelmoqdalar.


A’ZO VA A’ZOLAR SISTEMASI
A’zolar (lotincha organon –qurol ) organizmning ajralmas bir qismi bo‘lib, ma’lum shaklga ega. A’zolar tarkibida ularni tashkil qilgan asosiy to‘qimalardan tashqari, nerv, qon tomirlari va biriktiruvchi to‘qimalar ham bo‘ladi. Masalan, muskullarning asosiy to‘qimasi muskul tolalari (miofibrillalar) hisoblanadi. A’zolar organizmda ma’lum vazifani bajaradi va gavdani tashqi muhitga moslashtiradi. A’zolar organizmning evolyutsion rivojlanish jarayonida mavjud muhitga moslashgan holda saqlanish, ko‘payish va hayot kechirishga moslashib rivojlanadi. A’zolar organizmdan tashqari sharoitda funksiyasini bajara olmaydi.

A’zolarning tuzilishi bilan funksiyalari bir-biriga chambarchas bog‘liq. Shuning uchun a’zolar tuzilishining o‘zgarishi ularning funksiyasiga va , aksincha, funksiyalarning o‘zgarishi a’zolarning hajmi va tuzilishiga ta’sir etadi. Bundan tashqari, a’zolarning tuzilishi, shakli va vazni jinsga va yoshga qarab o‘zgara boradi.

Organizmda bir xil vazifani bajaruvchi a’zolar o‘zaro birlashib, a’zolar sistemasini vujudga keltiradi.

A’zolar sistemasi tuzilishi, vazifasi va shakllanishi jihatidan bir-biriga o‘xshash bir qancha a’zolarni o‘z ichiga oladi.

Tuzilishi va shakllanishi turli a’zolar yoki sistemalar hamkorlikda ma’lum bir vazifani bajaradi va a’zolar apparatini hosil qiladi. Jumladan, harakat a’zolari yoki harakat apparati suyaklardan (skelet), ularni birlashtiruvchi boylamlar (bo‘g‘im va boylamlar) va skelet muskullaridan tuzilgan. Bu harakat apparati yordamida organizm harakat qilish va ishlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, u tayanch va muhofaza vazifalarini bajaradi. Jumladan, kalla bo‘shlig‘i, ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasining kanali va chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan a’zolar tashqi muhit ta’siridan xoli bo‘lgan holda o‘z funksiyasini bajaradi.

Shunday qilib, organizm a’zolar sistemasidan, a’zolar esa to‘qimalardan, to‘qimalar esa to‘qima elementlaridan iborat. Biroq butun organizmni bir yo‘la o‘rganish qiyinligidan, odam anatomiyasini ham alohida bo‘limlarga ajratilgan holda o‘rganiladi. Ular quyidagilardan iborat:

1. Suyaklar haqidagi ilm (osteologiya) organizm suyaklari (skeleti)ni o‘rganadi.

2. Bo‘g‘imlar haqidagi ilm (artrologiya) suyaklarning o‘zaro birlashuvini, bo‘g‘imlarni o‘rganadi.

3. Muskullar haqidagi ilmda (miologiya) skelet muskullarining tuzilishi, ularning shakli va organizm uchun ahamiyati o‘rganiladi.

4. Ichki a’zolar haqidagi ilm (splanxnologiya) ovqat hazm qilish a’zolari, nafas a’zolari sistemasi, siydik va tanosil a’zolari sistemasini, jumladan:

a) ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi, vazifasi va iste’mol qilingan oziq moddalarning mexanik va kimyoviy parchalanishi hamda ularning so‘rilish jarayonlarini o‘rganadi;

b) nafas a’zolari sistemasi organizmni kislorod bilan ta’minlab, karbonat angidrid gazini organizmdan chiqarish kabi murakkab vazifani ado etadi;

v) siydik a’zolari organizmda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo‘ladigan va organizmga zararli moddalar (siydik) ni ajratib, tashqariga chiqaradi;

g) jinsiy a’zolar. Siydik chiqarish a’zolarining jinsiy a’zolar bilan rivojlanishi, joylashgan o‘rni, o‘zaro uzviy birikkanligi tufayli ularni siydik-tanosil a’zolari bilan birga o‘rganiladi.

5. Yrak- o’on tomirlar sistemasi organizmda muhim vazifani bajaradi. Tomirlar ichidagi suyuqlik (qon va limfa) to‘qimalarning hayoti uchun zarur barcha moddalarni yetkazib beradi, chiqindi (organizmga keraksiz) moddalarni ma’lum a’zolarga olib boradi. Qon tomirlar sistemasi yurak, arteriyalar, venalar, limfa tomirlari va kapillyarlar singari murakkab tuzilmadan iborat.

6. Nerv sistemasi bosh miya, orqa miya, periferik nervlardan iborat. Bosh miya bilan orqa miya markaziy nerv sistemasini, ulardan tarqaluvchi nervlar periferik nerv sistemasini tashkil etadi. Nerv sistemasi organizmdagi turli a’zolarning funksiyalarini idora qiladi, organizmni o‘rab turgan tashqi muhitdan ta’sirotlarni qabul qilib, ularga munosib javob qaytarish yo‘li bilan organizmni tashqi muhitga uzviy bog‘laydi.

7. Sezgi a’zolari yoki analizatorlar, eshitish va muvozanat a’zolari, ko‘rish, ichki va tashqi muhitdan keladigan turli ta’sir (hid, ta’m bilish, temperatura, turli og‘riq, tovush to‘lqinlari va h.k.) larni qabul qilishdan iborat.

8. Ichki sekretsiya bezlari haqidagi ilm. Ichki sekretsiya bezlari sistemasi gormonlar – maxsus kimyoviy tuzilmalardan iborat suyuqlik ishlab chiqaradi va ularni qon orqali organizmga tarqatib, uning faoliyatini tartibga solib turadi.



Adabiyotlar:


1. «Нормал ва патологик анатомия билан физиология». Н.К. Ахмедов. Тошкенг 1990 й.
2. «Одам ва унинг Анатомияси» Б.Аминов; 'Г.Тилолов. Тошкент 1997 й.
3. «Морфология человека» В.П.Якимов 1989 й.


Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling