e-qaror.gov.uz
12.10.2022
20
qishloq aholi punktlarining me’moriy
qiyofasini tubdan yangilash, yo‘l-transport,
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish va shu
asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqadi;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha har yilgi tasdiqlanadigan asosiy
parametrlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan
aniq choralar belgilaydi;
v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, elektron
davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari va
axborot tizimlari, shuningdek, pochta aloqasi va arxiv ob’ektlarining samarali faoliyatini
tashkil etish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi va “Pochta aloqasi
to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq aholi maskanlari, binolar va inshootlarni loyihalashtirish
hamda rivojlantirishda belgilangan normativlarga muvofiq telekommunikatsiya vositalari va
pochta aloqasi ob’ektlarini joylashtirish nazarda tutilishini ta’minlaydi,
telekommunikatsiya
tarmoqlari va pochta aloqasi ob’ektlarida ro‘y bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etishda
ko‘maklashadi;
iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini
keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika
iqtisodiyotining raqobatbardoshligini
yanada oshiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: