2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


-bob. Viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

4-bob. Viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
16. Viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy
davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar
Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq, viloyat hokimining choraklik
va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalar asosida viloyat hokimi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab
chiqiladi hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
17. Viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining hisoboti viloyat
hokimining tezkor yig‘ilishlarida har haftada eshitib boriladi.
Mahalliy_davlat_hokimiyati_to‘g‘risida”gi_Qonuniga_muvofiq_viloyat_hokimining_o‘rinbosari_tegishli_hisobotlari_xalq_deputatlari_viloyat'>O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga
muvofiq viloyat hokimining o‘rinbosari tegishli hisobotlari xalq deputatlari viloyat
Kengashi majlisida eshitiladi.
18. Viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga
erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni ko‘rish Mahalliy
ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim
samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi
to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


e-qaror.gov.uz
12.10.2022
67
Kotibiyat mudiri va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari viloyat hokimining o‘rinbosari
tomonidan tasdiqlanadi.
19. Viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyatini ta’minlash tegishli kotibiyat tomonidan
amalga oshiriladi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari
RO‘YXATI
1. Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi.
2. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi.
3. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi.
4. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat
boshqarmasi.
5. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining viloyat hududiy bo‘limi.
6. Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi.
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining
hududiy bo‘limi.
8. Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari.
9. Viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi.
10. Viloyatdagi Prezident maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar.
11. Viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hududiy markazi.
11. Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish
masalalari bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling