2021 ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
ma-naviy-ehtiyojlar-rivojlanishining-ijtimoiy-madaniy-omillari
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 33 w www.oriens.uz April 2021 muhokama-munozaralarga bo‘lgan ehtiyoji o‘sib boraveradi, ular bilan bog‘liq yangi ehtiyojlar paydo bo‘laveradi. SHuning uchun ma’naviy ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, rang- baranglashib, sifat jihatdan yangilanib boradi. Masalan, keng aholi o‘rtasida grammafon, patefon, tasmali magnitafonlarga nisbatan ehtiyojlar deyarli yo‘qoldi. Boshqa bir misol, mobil aloqa vositalari orasida tugmachali telefonlar o‘n yil oldin odamlar orasida “urf”da edi. Bugungi kunda yaratilayotgan zamonaviy smartfonlar hamda flagmanlarda juda ko‘plab funksiyalarning joylashtirilishi, bir vaqtning o‘zida bir nechta murakkab vazifalarni bajara olishi ularga bo‘lgan ehtiyojlarining ortishiga sabab bo‘ldi. Bu erda faqat yuqori texnologiyalarga asoslangan buyumga emas, ko‘proq uning bir vaqtda bajara oladigan imkoniyatlariga nisbatan ehtiyojlar vujudga keldi, shakllandi desak, xato bo‘lmaydi. Oddiy suhbatga bo‘lgan inson ehtiyojni qondirish imkoniyati ikkala qurilmada ham bir xil, lekin, smartfonda funksiyalarning ko‘pligi insonning yanada yuksakroq ehtiyojlarni paydo bo‘lishiga xizmat qildi. SHuningdek, fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, undagi ilmiy yutuqlar aholi turmush tarzi ham ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. YAngi turdagi moddiy va ma’naviy mahsulotlarni ishlab chiqarish – insonlar ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda yangi ehtiyojlar vujudga kelishiga zamin yaratadi. Moddiy ishlab chiqarish rivojlanishi turmush farovonligini, binobarin, odamlarning maishiy va madaniy ehtiyojlari usishi uchun zarur shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishga, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarga, ijtimoiy- iqtisodiy qonunchilik asoslari rivojlanishiga ehtiyojlarni paydo qiladi. Ishlab chiqarish ma’naviy ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z navbatida ma’naviy ehtiyojlar ham moddiy hamda ma’naviy ishlab chiqarishga ta’sir etadi: 1. Ma’naviy ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ma’naviy ehtiyojlar yaratuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, yangi turdagi ehtiyojlar, ularni qondirishga xizmat qiluvchi vositalarni yaratish uchun poydevor bo‘ladi. Bilim olishga, o‘qishga bo‘lgan ehtiyojlar – kitob ishlab chiqarishni, san’atga bo‘lgan inson ehtiyojlari – teatr, musiqa asboblari, ijro etuvchi jamoalar, filarmoniyalar, estrada, kinofilmlar, tasviriy san’at asarlari, raqs hamda san’at sohalari mutaxassislarini etishtirishni talab etadi. 2. Ma’naviy ehtiyojlar doimo yuksaklikka intiladi, inson faoliyatini ham shunga moslashtiradi. Inson yanada mukammalroq, yaxshiroq, qulayroq, go‘zalroq buyumni yoki san’at asarini yaratishga intilishi, yanada teranroq va kengroq, aniqroq bilimni egallashga, yanada mukammalroq texnikaviy asbob-uskunalarni ixtiro etishga urinishi, turmush darajasini yanada yaxshilashi, farovonlikka erishish niyatidagi harakati va faoliyati ma’naviy ehtiyojlar yuksalishiga sabab bo‘ladi [1: 39]. Jamiyat ma’naviy hayotida inson ma’naviy ehtiyojlarining o‘sishiga aks ta’sir etuvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilar: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling