2021-yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘G‘risida


Download 63.02 Kb.
bet1/8
Sana09.01.2022
Hajmi63.02 Kb.
#266085
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O`RQ - 4938


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “2021-YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSINI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

[Ko‘chirma]

“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. 2021-yil 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirilsin.

2021-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 747 300 so‘m;

bazaviy hisoblash miqdori — 245 000 so‘m;

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari 1-ilovaga muvofiq belgilansin.

2. 2021-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning 3-ilovasida ko‘rsatilgan 2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rsin.

4. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:

a) budjet tashkilotlari bo‘yicha:

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 99,2 foiz;

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga — 0,4 foiz;

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,4 foiz;

b) boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 98,4 foiz;

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga — 0,8 foiz;

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.

5. Foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Quyidagi soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi to‘liq hajmda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetida qoldirilsin:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

qo‘shilgan qiymat solig‘i (mazkur qarorning 4-ilovasida ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno);

foyda solig‘i (mazkur qarorning 4-ilovasida ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘i bundan mustasno).

Bunda, soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar (mazkur qarorning 4-ilovasida ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) inobatga olinadi.

Moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari o‘zgarishidan kelib chiqib, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozini tasdiqlangan ko‘rsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.

Belgilansinki, 2020-yil 4-chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini o‘tkazish 2021-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2020-yil uchun hisobotlarda aks ettiriladi.

7. 2021-yil uchun oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im miqdori 1 grammiga 1 000 (bir ming) so‘m miqdorida saqlab qolinsin.

8. Belgilansinki, 2021-yilda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan hollarda soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.

9. 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun asosiy fondlarning har yillik, mikrofirma va kichik korxonalar uchun 3 yillik majburiy qayta baholash tartibi bekor qilinsin.

10. 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi oltin, palladiy, kumush va mis bo‘yicha 15 foiz miqdorida;

rentabellik darajasidan kelib chiqib “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda solig‘i stavkalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

11. 2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

12. Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatining samaradorligi indikatorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi:

mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosini ta’minlasin va monitoringini yuritsin;

hisobot choragi yakuni bo‘yicha keyingi chorak birinchi oyining 20 sanasiga qadar mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni shakllantirish hamda keyinchalik Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot berish uchun Moliya vazirligiga kiritsin.

Belgilansinki, mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosini baholash vazirlik va idoralarning Ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

Moliya vazirligi 2022-yil uchun Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda barcha vazirlik va idoralarning budjetlari xarajatlarining samaradorlik indikatorlarini belgilagan holda maqsadli rejalashtirish tizimini joriy qilsin hamda 2022-yil uchun Budjetnomada aks ettirsin.

Rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qilish maqsadida vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining markaziy apparatlari tuzilmasida belgilangan shtat birliklari doirasida ichki audit xizmatlarini joriy qilsin.

13. Hisob palatasi va Moliya vazirligi mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.

14. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kadastr agentligi, “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelgacha qishloq xo‘jaligi yerlari bor yuridik shaxslar, jumladan dehqon xo‘jaliklariga yerlarni soliqqa tortish uchun normativ qiymatini yetkazsin.

15. Moliya vazirligi:

a) 2021-yil 1-aprelga qadar:

Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlarga joylashtirish tartibini;

Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

b) 2021-yil 1-iyulga qadar Davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarini, shuningdek, ushbu jamg‘armalar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim etish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

16. 2021-yil 1-yanvardan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tugatilsin, jamg‘arma hisobidan ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilmagan qismi hamda jamg‘armaning joriy yil oxiriga qoldiq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkazilishi ta’minlansin.

Belgilansinki, 2021-yilda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish xarajatlari doirasida moliyalashtiriladi.

21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5978-son Farmoniga 1-ilovada nazarda tutilgan tovarlarni (oq va boshqa shakardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi 2021-yil 31-dekabrga qadar qo‘llanilsin.

22. Moliya vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida belgilanadigan dasturlarda ishtiroki natijasida 2021-yil 1-yanvardan boshlab olingan bonuslar, mukofotlar ko‘rinishidagi pul to‘lovlarining jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

23. Davlat soliq qo‘mitasiga 2021-yilda ajratilgan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6098-son Farmonida ko‘zda tutilgan onlayn nazorat-kassa mashinalarining cheklari asosida sovrinli o‘yinlarni 2021-yilda o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga ruxsat berilsin.

24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2021-yil 1-yanvardan 9-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.


Download 63.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling