2021-yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘G‘risida


Download 63.02 Kb.
bet8/8
Sana09.01.2022
Hajmi63.02 Kb.
#266085
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O`RQ - 4938

mlrd. so‘m

28,0




Sirdaryo viloyatida sinov tarzida barcha tibbiy hujjatlar va tibbiy ma’lumotlar aylanishini onlayn platformada yuritishni ishga tushirish

foizda

100

6.

Tibbiyot muassasalarini ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha investitsiya dasturi

mlrd. so‘m

1 200,0




Yangi quriladigan obyektlar

obyekt soni

24

o‘rin (koyka)

1 370

qatnov

1 950




Rekonstruksiya qilinadigan obyektlar

obyekt soni

99

o‘rin (koyka)

6 774

qatnov

900




Mukammal ta’mirlanadigan obyektlar

obyekt soni

8




O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi

mlrd. so‘m

3 313,6

1.

Xalq ta’limida o‘qitish samaradorligini oshirish va kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash va rivojlantirish dasturi

mlrd. so‘m

593,9




Ingliz tilini bilish Yevropa Ittifoqi talablari C1-CEFR darajasiga muvofiq bilimga ega bo‘lgan ingliz tili o‘qituvchilarning ulushi

foizda
(jami ingliz tili o‘qituvchilari soniga nisbatan)

10




Umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar orasida oliy toifali o‘qituvchilarning ulushi

foizda
(jamiga nisbatan)

4




Umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar orasida birinchi toifali o‘qituvchilarning ulushi

foizda
(jamiga nisbatan)

15




Umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar orasida ikkinchi toifali o‘qituvchilarning ulushi

foizda
(jamiga nisbatan)

35




Umumta’lim maktablaridagi malaka toifasiga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli o‘qituvchilarning ulushi

foizda
(jamiga nisbatan)

39




Umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar orasida o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarning ulushi

foizda
(jamiga nisbatan)

7

2.

Sifatli ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash

mlrd. so‘m

325,6




Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan umumta’lim muassasalarining ulushi

foizda
(jamiga nisbatan)

3

maktab soni

296




shu jumladan:










Matematika faniga ixtisoslashgan maktablar

dona

113




Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashgan maktablar

dona

87




Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashgan maktablar

dona

96

3.

Ta’limda zamonaviy informatsion texnologiyalarini qo‘llash

mlrd. so‘m

98,0




Umumta’lim maktablarini keng polosali Internet tarmog‘iga ulash

foizda
(jamiga nisbatan)

32

4.

Xalq ta’limi sohasida islohotlarga ko‘maklashish dasturi

mlrd. so‘m

146,1




Xalq ta’limi sohasida islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha loyihalar

soni

25

5.

Xalq ta’limi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha investitsiya dasturi

mlrd. so‘m

2 150,0




Dars jarayonini tashkil etishning navbatlilik koeffitsiyenti

(bino quvvatiga nisbatan smena)

1,2




Kimyo, biologiya va fizika xonalarini maxsus laboratoriya uskunalari bilan jihozlash darajasi

foizda
(jamiga nisbatan)

23




Umumta’lim maktablarini kompyuter sinflari bilan ta’minlash darajasi

foizda
(jamiga nisbatan)

63




O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

mlrd. so‘m

5 056,7

1.

Suv xo‘jaligi sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish dasturi

mlrd. so‘m

254,6




Nasos stansiyalarining eski nasoslarini yangi nasoslarga almashtirish

dona

163

foizda
(jamiga nisbatan)

3,1




Nasos stansiyalarining eskirgan elektr dvigatellarini yangi elektr dvigatellariga almashtirish

dona

219

foizda
(jamiga nisbatan)

4,2




Nasos agregatlari va elektr dvigatellar yangisiga almashtirilishi natijasida iqtisod qilinadigan elektr energiyasi

mln.kVt.s

13,3




Suv omborlarda va boshqa yirik inshootlarda nazorat-o‘lchash uskunalar hamda xabar berish tizimlarini modernizatsiya qilinadigan, tiklanadigan va yangilanadigan obyektlar

dona

5

foizda
(jamiga nisbatan)

0,03




Real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish uchun “Smart Water” (“Aqlli suv”) tizimi joriy etiladigan suv xo‘jaligi inshootlari

dona

3 099

foizda
(jamiga nisbatan)

16,7




Suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish

dona

16

foizda
(jamiga nisbatan)

16




Meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga o‘tkazish. Yer osti sizot suvlari sathi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda olish

dona

2 435

foizda
(jami quduqlarga nisbatan)

8,9




Nasos stansiyalarida elektr energiyasi iste’moli va suv miqdorini “onlayn” rejimda monitoring qilish tizimi joriy etiladigan obyektlar

dona

426

foizda
(jamiga nisbatan)

0,08

2.

Qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish dasturi

mlrd. so‘m

8,7




Elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish uchun yangidan o‘rnatiladigan jihoz va uskunalar (quyosh batareyasi, chastota o‘zgartiruvchi qurilma, kondensator qurilmasi va boshqalar) miqdori

dona

241




O‘rnatiladigan yuqori kuchlanishli kabellar uzunligi

metr

19 644




Yangidan o‘rnatiladigan jihozlar va uskunalar hisobiga iqtisod qilinadigan elektr energiya miqdori

mln. kvt.soat

17,8

3.

Nasos stansiyalarining elektr energiya iste’molini tartibga solish dasturi

mlrd. so‘m

3 129,2




Nasos stansiyalari tomonidan chiqarib beriladigan suv miqdori

mln. m3

57 975




Sug‘orish uchun suv bilan kafolatli ta’minlanadigan maydon miqdori

ming gektar

1 971




Jami sug‘oriladigan maydonga nisbatan nasos stansiyalari orqali sug‘oriladigan yer maydonning ulushi

foizda

46

4.

Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish dasturi

mlrd. so‘m

198,9




Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladigan maydon miqdori

ming. gektar

24,8




Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etish hisobiga iqtisod qilinadigan suv miqdori

mln. m3

72,1




Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etish hisobiga iqtisod qilinadigan elektr energiya miqdori

mln. kvt.soat

22,26




Qo‘shimcha yetishtiriladigan paxta hosili miqdori

ming tonna

30,8




Iqtisod qilinadigan mineral o‘g‘itlari miqdori

ming tonna

4,6




Iqtisod qilinadigan yoqilg‘i moylash materiallar miqdori

ming tonna

3,3

5.

Investitsiya dasturi orqali amalga oshiriladigan davlat dasturlari

mlrd.so‘m

1 100,0




Suv bilan ta’minlash darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini kamaytirish

ming. gektar

492

foizda
(jamiga nisbatan)

11,4




Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushini oshirish

km

326,1

foizda
(jamiga nisbatan)

1,15




Mavjud suv omborlar va sel suv omborlar soni va yig‘iladigan suv hajmini oshirish

suv omborlari soni

75

yig‘iladigan suv hajmi mlrd.m.3

20,3




Sho‘rlangan yer maydonlarining umumiy sug‘oriladigan maydonlardagi ulushini kamaytirish

ming. gektar

1 901

foizda
(jamiga nisbatan)

44,2




Qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritiladigan miqdori

ming. gektar

41,5

6.

Melioratsiya obyektlarini ta’mirlash va tiklash dasturi

mlrd. so‘m

365,2




Ta’mirlanadigan va tiklanadigan melioratsiya obyektlari

kollektor-drenaj tarmog‘i, km

14 200

jami kollektor-drenaj tarmog‘iga nisbatan foiz

9,6




Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

mlrd. so‘m

4 400,0

1.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, texnologik asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar xarid qilish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash, korxonalarning ishlab chiqarish va sanoat bazalarini modernizatsiya qilish dasturi

mlrd. so‘m

1 865,0




Avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish

km

90

metr

906




Ta’mirlangan 90 km avtomobil yo‘llarida avtotransport vositalarining qulay va xavfsiz harakatlanishi (o‘rtacha sutkasiga)

ming dona

9 mingdan
14,8 mingga oshadi




Avtotransport vositalarining har bir o‘qiga tushadigan yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatining 8 — 10 tonnadan 13 tonnagacha ko‘paytiriladigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining uzunligining ko‘payishi

km

90




Avtotransport vositalarining har bir o‘qiga tushadigan yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatining 10 tonnagacha bo‘lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining jami umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga nisbatan ulushi

foiz

95,0




Avtotransport vositalarining har bir o‘qiga tushadigan yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatining 13 tonna bo‘lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining jami umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga n�sbatan ulushining ko‘payishi

foiz

5,0




Avtotransport vositalarining o‘rtacha harakatlanish tezligining oshishi

km/soat

20-30




Avtotransport vositalarining 100 km masofaga nisbatan harakatlanish vaqtining qisqarishi

minut

26




Ekspluatatsiya ishlari uchun xarid qilinadigan va ishlab chiqarish quvvatlari yangilanadigan avtotransport vositalari, mashina-mexanizmlari miqdori

dona

35

2.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini mukammal va joriy ta’mirlash, ekspluatatsiya qilish hamda tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish dasturi

mlrd. so‘m

2 200,0




Mukammal ta’mirlanadigan yo‘l uzunligi

km

100




Avtotransport vositalarining qulay va xavfsiz harakatlanishi (o‘rtacha sutkasiga)

ming dona

5 mingdan
8 mingga oshirish




Joriy ta’mirlanidigan yo‘l uzunligi

km

1 500




Avtomobil yo‘llarida o‘rnatiladigan intensiv nur qaytaruvchi yo‘l belgilar miqdori

dona

4 800




Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobil yo‘llarida o‘rnatiladigan 1-toifadagi yo‘l to‘siqlar uzunligi

km

35




Piyodalar yo‘lakchalarini qurish va ta’mirlash

km

180




Yangidan quriladigan va ta’mirlanadigan avtopavilonlar soni

dona

200




Yangidan o‘rnatiladigan va joriy ta’mirlanadigan qordan doimiy himoya qilish inshootlari (qorni ushlash to‘siqlar) soni

dona

1 350




Avtomobil yo‘llari bo‘ylariga ekiladigan manzarali daraxt, buta va gul ko‘chatlar soni

dona

436 000

3.

Shahar ko‘chalari va boshqa yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish, ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, sanoat zonalarining kirish va ichki yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash dasturi

mlrd. so‘m

335,0




Quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan shahar ko‘chalari, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, tumanlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari uzunligi

km

65




Quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan shahar ko‘chalari, ichki va boshqa ko‘chalar uzunligi

km

22




Quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlash ishlari olib boriladigan erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, kichik industrial iqtisodiy zonalar, erkin iqtisodiy farmatsevtik zonalarga kirish va ichki yo‘llari uzunligi

km

32




Namunaviy uy-joy va xizmat uylariga boruvchi quriladigan va ta’mirlanadigan ichki yo‘llarning uzunligi

km

11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga

8-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi uchinchi xatboshi “Bunda” so‘zidan keyin “qonun hujjatlariga asosan yuridik xizmat xodimi faoliyat yuritayotgan tashkilotda mazkur qarorda belgilangan miqdordan yuqori ustama belgilangan taqdirda, xuddi shu shakldagi ustama to‘lash yuqori miqdor bo‘yicha amalga oshiriladi hamda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matnining 17-bandida:

ikkinchi xatboshidagi “territorialnix finansovix organov” so‘zlari “territorialnix organov” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshining ikkinchi jumlasi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasidan 52-pozitsiya chiqarib tashlansin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-son “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasining rus tilidagi matnining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Sredstva respublikanskogo budjeta Respubliki Uzbekistan, videlyayemie rasporyajeniyami Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PQ-3694-son “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PQ-3818-son “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida:

a) 2-bandda:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;

b) 3-bandning beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari” so‘zlari “qonun hujjatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) rus tilidagi matnining 1-ilovasining “2308 00” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:











2308 00

Produkti rastitelnogo proisxojdeniya i rastitelnie otxodi, rastitelnie ostatki i pobochnie produkti, negranulirovannie ili granulirovannie, ispolzuyemie dlya kormleniya jivotnix, v drugom meste ne poimenovannie ili ne vklyuchennie

0







”.

g) rus tilidagi matnining 2-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-iyuldagi PQ-3841-son “Ichki bozorni qum-shag‘al materiallari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshi qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:

“tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Xavfsiz daryo” DUKga daryo o‘zanlarini tozalash natijasida olingan qum-shag‘al materiallarining har bir kub metri uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlariga shartnoma tuzilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi va respublikaning boshqa hududlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi to‘lovlar”.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ilovasining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“13. Favqulodda holatlarda vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanadigan tabiat hodisalari, epidemiyalar va kasalliklar tarqalishining oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish uchun boshqa zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)”.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PQ-3989-son “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“40 foiz — yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga, shundan (100 foiz deb hisoblanganda) 50 foizi miqdorida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida foydalaniladi”.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida:

a) 26-band quyidagi mazmundagi oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

“2021-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari, vazirliklar, idoralar va davlat maqsadli jamg‘armalarining:

xorijiy valyutadagi budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi faqat Yagona g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi;

vaqtincha bo‘sh turgan xorijiy valyutadagi mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, ularning so‘rovlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan elektron auksion orqali amalga oshiriladi;

tijorat banklari depozitlariga 2021-yilgacha joylashtirilgan xorijiy valyutadagi mablag‘lari depozit muddati tugagandan so‘ng, muddat uzaytirilmasdan Yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Bunda tijorat banklari depozitlariga kredit resursi sifatida maqsadli joylashtirilgan mablag‘lar mazkur resurs hisobiga berilgan kreditlar so‘ndirilgandan so‘ng Yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”.

b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:



2020-yil uchun ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari







mln.so‘m

T/r

Budjet mablag‘lari taqsimlovchilarining nomi

Summa

1.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

5 719 017,6




shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:




1.1.

Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi

45 007,4

1.2.

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi

4 035,2

1.3.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi

1 459,3

1.4.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi

1 623 963,8

2.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

627 414,3




shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:




2.1.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi

80 391,1

2.2.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

71 801,0




shundan, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

927,5

2.3.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

10 099,6

3.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

678 038,6




shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:




3.1.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi

4 338,9

3.2.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

100 000,0

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

885 675,9




shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:




4.1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

5 194,7

4.2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

3 491,8

4.3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi

10 706,7

4.4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

1 892,6

4.5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

54 067,6

4.6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

3 742,2

4.7.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

2 062,7

4.8.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

15 981,2




shundan, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar

5 850,0

4.9.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi

1 568,1

4.10.

“Nurli jol” va “Ovozi tojik” gazetalari tahririyatlari

1 079,9

4.11.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

3 081,7

4.12.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

7 569,2

4.13.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

4 728,9

4.14.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

927,9

4.15.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi

124 515,9

4.16.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi

2 029,9

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

886 352,8




shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:




5.1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi

17 215,6

5.2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi

8 141,6

5.3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

19 222,6

5.4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

101 940,1

5.5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

57 669,7

5.6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

4 947,0

5.7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi

122 919,4

6.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

129 059,0




shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:




6.1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

43 033,9

6.2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

7 560,7

7.

O‘zbe�iston Respublikasi Bosh prokuraturasi

932 609,7




shundan ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar mablag‘lari:




7.1.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi

271 624,4

7.2.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

105 195,9

Izoh. mazkur ilovada ko‘rsatilgan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini tasdiqlash va ularni o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin”;

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida:

39-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 391-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:










391.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti







”;

52-pozitsiya chiqarib tashlansin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-son “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida:

4-banddagi “Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan” degan so‘zlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7-bandning uchinchi xatboshidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan” degan so‘zlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida:

a) 1-bandning “a” kichik bandida:

ikkinchi xatboshi “qiymati” so‘zidan keyin “bir shartnoma bo‘yicha” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan va umumiy qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan ortiq bo‘lgan davlat xaridlari bo‘yicha tender komissiyalari tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchilari majburiy tartibda kiritiladi”;

b) 4-bandning to‘rtinchi xatboshida “qiymati” degan so‘zdan keyin “bir shartnoma bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

16. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning “B” bo‘limida:

1.3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “ajratmalar” degan so‘z “xarajatlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;

1.3.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qonun hujjatlari bilan belgilangan stavkalar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga ijtimoiy soliq”;

1.5.1.2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

17. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori 12-bandining to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

18. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandida:

uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.

19. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasining 11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:














11.

Moliya vazirligi

Budjet tashkilotlarini va budjet mablag‘laridan foydalanuvchilarni taftish qilish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadiga undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, noqonuniy xarajatlar summalari, shuningdek taftish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha paxta tozalash korxonalaridan undirilgan rastratalar, talon-toroj va kamomad summalari

8

Aksiyalarning davlat ulushidan dividendlar o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilmaganligi uchun jarimalar summasi

Xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlari ko‘rinishida kelib tushgan tushumlar

2,5

Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish tartibini buzish uchun jarimalar summasi

100

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish uchun jarimalar summasi

100

Tayyorlov tashkilotlarining foizsiz qarz ajratish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasining maqsadli mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishli ravishda bajarmaganligi uchun jarimalar va penyalar summasi

100










”.

20. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 1-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “yagona yer solig‘ini” degan so‘zlar “qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘ini (keyingi o‘rinlarda — yer solig‘i)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

b) 2-bandning o‘n birinchi xatboshi “yuridik shaxs” degan so‘zlardan keyin “shuningdek dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

v) 8-band va 34-bandning birinchi xatboshidagi “yagona yer solig‘ini” degan so‘zlar “yer solig‘ini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

g) 1-ilovada:

nomlanishida, “Tadbirlar” grafasining “5-bosqich”, “6-bosqich” pozitsiyalarida va “Muddatlar” grafasining “7-bosqich” pozitsiyasidagi “yagona yer solig‘ini” degan so‘zlar “yer solig‘ini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

“8-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:













8-bosqich

Yer solig‘ini hisoblash va uning tushishini nazorat qilish.

Davlat soliq qo‘mitasi

Hisoblash, to‘lov muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan.










”.

21. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-avgustdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining — axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi “bitimlariga” degan so‘zidan keyin “davlat xaridlariga” degan so‘zlari bilan to‘ldirilsin.

22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamg‘armalarining ro‘yxatida:

15-pozitsiyadagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

16-pozitsiyadagi “jamoat fondi” degan so‘zlar “davlat maqsadli jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

23. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi “a” kichik bandidagi “80 foizi” degan so‘zlar “20 foizi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

24. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:

4-banddan “bank hisobvaraqlariga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

25-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

26-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida belgilangan tartibda ochiladigan valyuta hisobvaraqlariga” degan so‘zlar “chet el valyutasidagi Yagona g‘azna hisobvaraqlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

25. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi “Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 459-son qarorida:

a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi hisobidan” degan so‘zlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan” degan so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 4-banddan “Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi hisobidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

v) ilovaning 2-bandida:

“s” kichik bandning:

o‘n birinchi xatboshidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi” degan so‘zlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari” degan so‘zlari bilan almashtirilsin;

o‘n uchinchi xatboshidagi “Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi hisobidan zarur mablag‘larni talabgor joylashgan hududdagi tuman budjeti” degan so‘zlar “Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” degan so‘zlari bilan almashtirilsin;

o‘n to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

o‘n beshinchi xatboshi o‘n to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;

“x” kichik bandida:

“8-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi” degan so‘zlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari” degan so‘zlari bilan almashtirilsin;

“9-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “talabgor joylashgan hududdagi tuman budjeti” degan so‘zlar “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” degan so‘zlari bilan almashtirilsin;

“10-bosqich” pozitsiyasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

“11-bosqich” pozitsiyasining “Bosqich” ustunidagi “11-bosqich” degan so‘zlar “10-bosqich”degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

26. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yig‘imlari stavkalarining 3-pozitsiyasi “Bojxona yig‘imi turi” ustuni “b” kichik bandining birinchi xatboshidagi “ko‘zdan kechiruvni” degan so‘zlar “bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechiruvni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

27. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-noyabrdagi “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 718-son qarori 5-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “mahalliy budjetining” degan so‘zlar “hokimligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari bo‘linmalarini saqlash xarajatlarini o‘z ichiga olgan holda Namangan shahar budjetining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

28. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi 6-bandidagi “bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga” degan so‘zlar “shu jumladan, chet el valyutasidagi Yagona g‘azna hisobvaraqlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga

9-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari

RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 37-ilovasi 29-bandi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4022-son “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarori 33-ilovasining 10-bandi “b” kichik bandi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-oktabrdagi PQ-4470-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori ilovasining 2-bandi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi va 9-ilovasi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyuldagi PQ-4406-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorining 14-bandi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-apreldagi PQ-4665-son “Tamaki mahsulotlari bozorini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi va ilovasi.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-iyundagi PQ-4739-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi.

12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 812-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori.

13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-son “Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga ilovaning 1-bandi.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Download 63.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling