2021-yilda mineral o‘G‘itlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 0.63 Mb.
|
O\'g\'itlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- "minimum qonuni" va "qaytarilish qonuniyatini"
KIRISH 2021-YILDA MINERAL O‘G‘ITLARNI ISHLAB CHIQARISH VA ISTE’MOL QILISH BALANSINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qaroriga muvofiq mineral o‘g‘itlarni sotish birja savdolarida amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasining ortishiga, kimyo sanoati tashkilotlarining moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga va tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligi oshishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga muvofiq 2020-yilda umumiy qiymati 1272,3 mln dollarga teng “Navoiyazot” AJ negizida azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Navoiyazot” AJ negizida ammiak va karbamid ishlab chiqarishini qurish”, “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish (I-bosqich)” investitsiya loyihalari yakuniga yetkazildi. Natijada yiliga 500,0 ming tonna azot kislotasi, 660,0 ming tonna ammiak, 577,0 ming tonna karbamid, 100 ming tonna superfosfat ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlar yaratildi. REJA: Libixning “minimum qonuni”; Mineral elementlarning klassifikatsiyasi; Mineral elementlarning yutilish mexanizmlari; О‘simliklarni о‘g‘itlashning fiziologik asoslari Agrokimyoning asoschilaridan biri nemis kimyogar olimi Y. Libix gumus nazariyasini inkor qildi va tuproq unumdorligi mineral elementga bog‘liq deya tuproqga о‘g‘it sifatida toza mineral tuz solishni taklif kilgan. Y. Libix о‘zining «Kimyo dehqonchilik va fiziologiya xizmatida» (1840) asarida о‘simliklarni mineral oziqlanish nazariyasini yaratdi. Shuningdek u о‘simlik azotni havodan ammiak holida oladi degan xato fikrga kelgan, ammo keyinchalik (1856) о‘z xatosini anglaydi va о‘simliklar azotni ildiz orqali nitrat kо‘rinishida qabul qiladi degan fikrga kelgan hamda о‘zining "minimum qonuni" va "qaytarilish qonuniyatini" taklif etdi. Libixning «minimum qonuni» ning mohiyati shundaki, mineral о‘g‘itlarning har qanday miqdori ham о‘simliklar hosilining oshishiga olib kelmaydi, chunki о‘simliklarning mutlaq hosildorligi tuproqdtayetishmayotgan moddaga bog‘liqdir. Uning ikkinchi «qaytarilish qonuniyati» ning mohiyati shundaki, о‘simlik tomonidan о‘zlashtirilgan element tuproqga qaytarilishi lozim, aks holda tuproq kambag‘allashib boradi. Keyinchalik Libixning ayrim izohlari bu qonuniyatni soddalashtirib о‘zlarining tuproq unumdorligini kamayishi qonuniyatlarini ilgari surishdi Ammo hozirgi zamon dehqonchiligi bu fikrni umuman notо‘g‘ri ekanligini tasdiqlamoqda, ya’ni qishloq xо‘jaligi ekinlarining hosildorli mineral о‘g‘itlar berish va agrotexnikani oqilona qо‘llash tufayli doimiy ravishda oshib bormoqda.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling