2021-yilda soliq siyosatida qanday o’zgarishlar bo’ldi


Download 361.47 Kb.
bet1/14
Sana28.12.2022
Hajmi361.47 Kb.
#1021140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4 yanvar 2021


4 yanvar 2021, 14:32 Biznes
2021-yilda soliq siyosatida qanday o’zgarishlar bo’ldi
Soliq qonunchiligiga bir qancha o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo’mitasi 2021-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning soliq to’lash tartibi haqida ma’lumot berib o’tdi.
QQS

1.1. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, shuningdek soliq stavkasi 15 foiz miqdorida

saqlab qolinmoqda.
1.2. Tushum hajmidan qat’iy nazar QQS to‘lovchi korxonalar doirasi quyidagilar hisobiga kengaytirilmoqda:

  • alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shaxobchalari;

  • bozor va savdo komplekslari.

1.3. Tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilish bo‘yicha aylanmasi oyiga bir milliard so‘mdan oshmaydigan soliq to‘lovchilar uchun soliq davri chorak etib belgilanmoqda.
1.4. Umumiy foydalanishdagi yo‘lovchi tashish shahar transportida va yo‘lovchi tashish avtomobil transportida (bundan taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksi mustasno) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishda imtiyozlarni qo‘llash tartibiga o‘zgartishlar kiritildi.
Imtiyoz agar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yagona tarif o‘rnatilgan va tashish ushbu tarif bo‘yicha amalga oshirilsa tashuvchilar tomonidan qo‘llaniladi.
Xalqaro moliya institutlari va horijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarzlari hisobiga sotib olinadigan tovarlar (xizmatlar)ni realizasiya qilish bo‘yicha aylanma va ularni olib kirish, agar ozod qilish qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa ozod qilinadi.
Shundan kelib chiqib, Soliq kodeksining 243 va 246-moddalariga o‘zgartishlar kiritildi.
AKSIZ SOLIG’I
2.1. Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda.
2.2. Aksiz solig‘i stavkalari Soliq kodeksi bilan belgilanmoqda (289¹ -289³-moddalar).
Bunda olib kirishda aksiz solig‘ini hisoblab chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangunga qadar PQ-3818- sonli Prezident qaroriga muvofiq amal qiladigan TIF TN kodlari qo‘llaniladi.
289¹ -289³-moddalarda tovar pozitsiyalari mavjud bo‘lmaganda mos ravishda mavjud bo‘lmagan tovar pozitsiyalariga aksiz solig‘i hisoblanmaydi.
73 turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i bekor qilinmoqda, shu jumladan elektrotexnika mahsulotlari (muzlatgichlar, kondisionerlar, kir yuvish mashinalari), traktorlar va yarim tirkamalar, oziq-ovqat mahsulotlari (margarin, qandolat va boshqa mahsulotlari) bo‘yicha va h.k.

2.3. Yakuniy iste’molchiga sotiladigan, olib kirilgan (import qilingan) aksiz to‘lanadigan tovarlarni (benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan


va siqilgan gaz) o‘z ehtiyojlari uchun ishlatilganda, soliq to‘lovchilari bo‘lib ushbu tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaxslar hisoblanadi.
2.4. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yo‘nalishlarda tashkil etilgan degustasiya hududlarida (joylarida) realizasiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) mahsulotlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

Download 361.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling