2022 boshlang‘ich sinf “ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarini yangicha yondashuv asosida tashkil etish usullari
Download 313.48 Kb. Pdf ko'rish
|
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 82 w www.oriens.uz December 2022 understood correctly, the importance of the lessons taught by the teacher will increase. Keywords: scientific, systematic, consistent, conscious, demonstrative, active, principles of independence, development of creative thinking, reading literacy, text, communicative approach, constructive process. KIRISH Kichik yoshlio‘quvchilar ma’naviyatini sog‘lomlashtirishda o‘qish darslarining o‘rni muhim ahamiyatga molik hisoblansa-da, afsuski uzoq yillar mobaynida bu amaliyot noto‘g‘ri bajarilib kelindi. O‘qish darslarida o‘quvchilar matnni yodlab olish, she’rlarni takrorlash bilan cheklandilar. Yodakilik va takrorlash asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarga hech narza bermasligi bugungu kundagi xato va kamchiiklarimiz misolida ham ko‘rinib turibdi. Boshlang‘ich ta’limning o‘rni to‘g‘ri anglansa, o‘qituvchi tomonidan o‘qish kitobidagi asarlarni to‘g‘ri idrok etishga yo‘naltirilgan o‘quvchi mustaqil ishlashga, uqib o‘qishga, o‘zgalarning fikrlarini ilg‘ashga, o‘zi va boshqalarning tuyg‘ular olamini kuzatishga, o‘zgani tuyishga o‘rgana boradi. Olamni, Odamni va O‘zligini kashf qiladi. O‘z ichki “men”ning shakllanishida o‘zi bevosita ishtirok etadi. [1, 35b] Ta`lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda o’quvchi va o’qituvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta’lim prinsplari hisoblanadi. Bu prinsplar har fanda o’ziga xos tadqiq etiladi. Biz quyida ona tili fanini o’qitishda qo’llaniladigan prinsplar xususida so’z yuritamiz. Tizimlilik va izchillik prinspi. O’zbek tili o’qitishda tizimlilik va izchillik prinsipi muhim o’rin tutadi. [2, 45b] Til fanining bo’limlarini bir tartibda o’rganish shu prinspga mos tushadi. Ma’lumki, yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida ma’nan sog‘lom qilib tarbiyalashda, shaxsni shakllantirishda badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos. Lekin badiiy asardagi o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jihatlarni, matnda aks etgan hayotiy va badiiy haqiqatlarni ilg‘ash, ularning ko‘ngilni tozalashga xizmat qiladiganlarini topib, o‘z tabiatiga singdirish shakllanayotgan shaxsda osonlik bilan kechadigan jarayon emas. [3, 25b] Download 313.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling