2022 fuqarolarning jamiyat hayotida o‘z ijtimoiy faolliklarini amalga oshirishning muhim shakllari shamanova Zarina Uralovna


Download 468.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana15.06.2023
Hajmi468.9 Kb.
#1485927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
fuqarolarning-jamiyat-hayotida-o-z-ijtimoiy-faolliklarini-amalga-oshirishning-muhim-shakllari

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi boʻlishidan, qanday 
lavozimda ishlashidan qatʼiy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qoʻshishga, 
zamondan ortda qolmaslikka boʻlgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu 
jarayonda u oʻzini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Bugun 
yurtdoshlarimizning ijtimoiy faollashayotganini koʻrib turibmiz. Ijtimoiy tushkunlik, 
oʻzgarishlarga, islohotlarga loqaydlik davri oʻtdi, yurtdoshlarimizda tashabbusni
yangilikka boʻlgan intilishlarni guvohimiz. “Ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy faollikni 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
226 
w
www.oriens.uz
August
2022
 
kuchaytirib yubordi”, degan mazmundagi fikrlarni ham mavjud. Lekin ijtimoiy 
faollik bilan ijtimoiy tarmoqlardagi faollik oʻrtasida katta farq bor. Ijtimoiy 
tarmoqlardan turib oʻzining subyektiv fikrlarini ulashib, kechayotgan voqea-
hodisalarga faqat va faqat negativ munosabat bildirib oʻtirish, bu hali ijtimoiy faollik 
degani emas. Har qanday ijtimoiy hodisaga nimadir sabab boʻladi, nimadir turtki 
beradi. Ijtimoiy faollik ham oʻz-oʻzidan sodir boʻladigan jarayon emas.
1
Ijtimoiy faollik inson shaxsi sifati darajasining asosiy ifodasi bo‘lib, uning 
yuksak qadriyadagi ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat ko‘rsatkichidir. Shu jihatdan 
shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda o‘rganiladi. 
Shaxsning bunday darajalarda o‘rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.
2
Ilmiy adabiyotlarda fuqarolar faolligi tushunchasning turli ishchi variantlari 
ishlatilmoqda. Biroq, uning umumiy jihatlariga taalluqli bo‘lgan xususiyatlar saqlanib 
qolmoqda. Barcha variantlarda fuqarolar faolligi tushunchasi o‘zining ma’no-
mazmun jihatdan “yadrosi”ni saqlab qolmoqda. Shuning uchun ham ko‘plab ilmiy 
izlanishlarda insonni faol fuqaro sifatida tadqiqot ob’ektiga aylanishi katta ahamiyat 
kasb etmoqda. Tadqiqotlarda fuqarolar faolligini insonning ijtimoiy yetukligi sabab 
bo‘luvchi omillar psixologik, aqliy, intellektual, mehnatga layoqatliligi, siyosiy, 
huquqiy, madaniy saviyasining yuqoriligi e’tibor qaratilmoqda. Bunda insonni 
ijtimoiy mavjudot ekanligi va insonlarni har qanday holatda ham ijtimoiylashuvga 
intilishlari e’tirof etilmoqda. Shuning uchun ham fuqarolar faolligi tushunchasini 
mohiyatini ochib berishda masalaga chuqurroq yondoshishni talab qiladi. 
Masalan, fuqarolar faolligi masalasi sotsiologiyada ko‘piroq o‘rganilgan 
masalalardan biri sifatida alohida e’tirof etish lozim. N.Aberkrombi, D.Djeri, D.Djeri, 
B.S.Terner va S.Xill xorij sotsiologlarining ta’kidlashlaricha, fuqarolar o‘z 
ihtiyorilari bilan nodavlat sektorida ishtirok etishi sotsiumni integratsiyalashuviga va 
ijtimoiy bahamjihatlikka olib boradi.
3
Amerikalik tadqiqotchi X.Anxer va L.Salamonlarning tahliliga ko‘ra, 
“ko‘ngillilar” 
tushunchasining 
G‘arb 
mamlakakatlaridagi 
tahlili 
shuni 
ko‘rsatmoqdaki, «volunteering» atamasi Buyuk Britaniya va AQShda, fransuzcha 
«voluntariat», shvedcha «frivillig verksamhet», italyancha «voluntariato», nemischa 
«ehrenamt» tarixiy vujudga kelishining mazmunmohiyat jihatdan bir hildir. Biroq, 
1
Qayumov U. Rol semi v formirovani nravstvennix i duxovnix osnov obshestva. “Ijtimoiy fikr”. 2004. 4- son. 93-94 
betlar.
2
Tursunova N. Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari. “Ijtimoiy fikr”. 2004. 3-son. 149-150 betlar.
3
Аберкромби Н. Социологический словарь. – 2-е изд., перераб. и доп. изд. – М.: ЗАО «Издательство 
«Экономика», 2004. – С. 188.; Джери, Д., Джери, Д. Большой толковый социологический словарь: 
русскоанглийский, англо-русский в 2 тт., том 1. – М.: Вече-АСТ, 1999. – С. 83 



Download 468.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling