2022 года «10» мая 181-9-124-Q/22


Download 271.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.01.2023
Hajmi271.1 Kb.
#1108484
1   2   3   4   5
Bog'liq
181-9-124-Q 22

e-qaror.gov.uz
26.08.2022
3
hududlarda joriy etilishi;
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar
hisobidan tibbiy jihozlar hisobini va nazoratini yuritish bo‘yicha elektron dastur
(platforma)ni 2022-yilda viloyatda tajriba tariqasida joriy etilishi hamda tajriba
natijalari bo‘yicha 2023-yildan boshqa hududlarga bosqichma-bosqich tatbiq
etilishi;
O‘z mahallasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan, shaxsiy namuna
ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun “Xalq salomatligi
posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etillishi;
2022-yil 1-iyundan boshlab qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot
muassasalari xodimlarini gepatit “B” kasalligiga qarshi bepul emlash amaliyoti
joriy etilishi nazarda tutilsin.
3. Tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya
yordamining sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va
faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
Belgilansinki,
dastur
da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni so‘zsiz, o‘z
vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga shaxsiy javobgarlik
yuklatiladi.
4. Tuman hokimining o‘rinbosarlari B.Botirov, M.Urinbayev, O.Jo‘rayev,
tuman Tibbiyot birlashmasi (A.Erkabayev) 2022-yil davomida tumanda birlamchi
tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan 3 ta
mahallalarda mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etilishini ta’minlasin.
5. 2022-yil 1-iyuldan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor
punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi
takomillashtirilsin. Bunda, yangilangan “Qishloq shifokori” dasturi doirasida:
olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy
poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga
qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga
ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq
bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy
byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik
ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.
6. Tuman hokimining o‘rinbosarlari B.Botirov, M.Urinbayev, O.Jo‘rayev,
tuman Tibbiyot birlashmasi (A.Erkabayev) bir oy muddatda oilaviy shifokor
punktlari va oilaviy poliklinikalardagi shifokorlarga bo‘lgan talabni mahallalar
kesimida aniqlash, shifokorlarni jalb etish va ehtiyojga ko‘ra kelgusida ularga uy-
joy ajratish chorasini ko‘rsin;
ikki xafta muddatda viloyat hokimligiga, Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga
va Moliya boshqarmasiga tumandagi yangilangan olis va chekka hududlar
ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha taklif kiritsin.
7. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab tumanda tibbiyot tizimi rahbarlarining xalq
deputatlari tuman Kengashi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida hisobot berish
tartibi joriy qilinsin.



Download 271.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling