2022 йил «2» февраль vi-53-13-11-153-K/22
Download 218.89 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqVI-53-13-11-153-K 22 (1)
e-qaror.gov.uz 23.11.2022 1 2022 йил «2» февраль VI-53-13-11-153-K/22 Бешариқ тумани ҳокимлиги Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo‘yicha tuman inspeksiyasi tomonidan 2021 -yil davomida atrof muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-sonli Farmonining 8-bandida, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalarining boshliqlari har yili tumanda (shaharda) atrof muhitni muhofaza qilishning holati to‘g‘risida tegishli ravishda xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga hisobot taqdim etib borilishi belgilab qo‘yilgan. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo‘yicha tuman inspeksiyasi tomonidan o‘tgan yil davomida tumanda faoliyat yuritayotgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi, “O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalish to`g`risida”gi, “Chiqindilar to`g`risida”gi, “Yer va yer osti boyliklari to`g`risida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida”gi va “Ekologik ekspertiza to`g`risida”gi Qonun va qonun osti xujjatlari ijrosi talablarini bajarilishi yuzasidan nazorat reydlari olib borilib, tuman inspektsiyasi inspektorlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi “Yer va yer osti boyliklari to`g`risida”gi Qonun talablarini 12 nafar shaxslar, “Chiqindilar to`g`risida”gi Qonun talablarini 80 nafar shaxslar, “Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”gi Qonun talablarini 9 nafar shaxslar, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonuni talablarini 45 nafar shaxslar, “O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi Qonun talablarini 53 nafar shaxslar, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi Qonuni talablarini 4 nafar shaxslar jami bo`lib 202 nafar fuqarolar tomonidan qo`pol ravishda buzilganlik holatlari aniqlangan. Aniqlangan ma’muriy xuquqbuzarlik sodir etgan 180 nafar fuqarolarga va 22 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining tegishli moddalariga asosan ma’muriy uquqbuzarlik to`g`risida bayonnomalar tuzilib, jami 143 408 419 so`m jarima hamda 77 000 600 so`m zarar summalari xisoblandi. Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-sonli qarori ijrosi bo‘yicha xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlarga “Atrof muxitni ifloslontirganligi oqavalarni oqizganligi va chiqindilar joylashtirganligi uchun 429 mln 354 ming so‘m kompensatsiya to‘lovlari xisoblanib 2021-yil davomida xo‘jalik yurutuvchi sub’ektlardan 428 mln 414 ming so‘m kompensatsiya to‘lovi undirib olindi. Download 218.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling