2022 йил «2» февраль vi-53-13-11-153-K/22


Download 218.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana13.03.2023
Hajmi218.89 Kb.
#1266048
1   2
Bog'liq
VI-53-13-11-153-K 22 (1)

e-qaror.gov.uz
23.11.2022
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning tashabbuslari bilan, shuningdek hukumatimiz
tomonidan Respublikada chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tartibga solishga, hududlarda sanitar tozalash
hizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga alohida ehtibor qaratilmoqda.
Tumanda chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlar uchun “FERGHANA SPECIAL TRANS” MChJ tashkil etilgan
bo‘lib, bugungi kunda filial tomonidan dislokatsiyaga kiritilgan 28 ta maxalla fuqarolar yig‘iniga chiqindilarni
tashib ketish xizmat ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda
O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-sonli
farmoniga asosan ekologiya sohasida olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtrish borasida Ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo‘yicha tuman inspeksiyasi boshlig‘I H.Ahmadjonovning 2021-yil
yakunlari bo‘yicha xisobotini eshitib, xalq deputatlari tuman Kengashi
Q A R O R Q I L A D I
1. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat ishlari bo‘yicha tuman inspeksiyasi
boshlig‘i H.Ahmadjonovning 2021-yil yakunlari bo‘yicha bergan xisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimi o’rinbosari G.Yuldashevaga, tumandagi “FERGHANA SPECIAL TRANS”
MChJ hamda Mahalla fuqarolar yig`ini raislari bilan birgalikda:
- tumandagi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va aholi xonadonlarida hosil bo‘layotgan maishiy chiqindilarni
tashib chiqib ketilishi bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarga to‘lov shartnomalarini rasmiylashtirish va to‘lovlarni
amalga oshirish yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘ini huzuridagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish
komissiyalari a’zolari keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib borishda yetarli darajada hamkorlik qilish;
- ushbu masalani natijadorligini oshirish maqsadida Beshariq tumani “FERGHANA SPECIAL TRANS”
MChJ tomonidan chiqindilarni tashib ketilishi bo‘yicha qamrab olishni kengaytirish hamda MFY raislari ishtirokida
joylarda va tuman hokimligida har hafta yakuni bilan muhokama qilib borishni yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatilsin.
3. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat bo‘yicha tuman inspeksiyasi boshlig‘i
H.Ahmadjonovga:
- texnik vositalarini tehnik holatlarining ahvoli;
- chiqindilarni tashlash bo`yicha ishlarni nazorat qilish yuzasidan yo`l xarita tuzish hamda yuqori turuvchi
organlarga taqdim qilish;
- har chorakda tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Kengashga xisobot kiritib borish vazifalari
yuklatilsin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga;
- mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarishga mas’ul bo‘lgan tegishli tashkilotlar tomonidan olib
borilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish hamda belgilangan tartibda amalga oshirilgan ishlar
yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi tegishli doimiy komissiya yig‘ilishlarida keng muhokama qilib borish;
- o‘z saylov okrugidan aholini ekologik madaniyatini oshirish yuzasidan keng targ‘ibot ishlarini amalga
oshirish, mazkur yo‘nalishda qabul qilinayotgan meyoriy xujatlarni mazmuni mohiyatini tushuntirish vazifasi
yuklatilsin.
5. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari tuman Kengashining sanoat, transport, qurilish,


e-qaror.gov.uz
23.11.2022
3
kommunal va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari doimiy komissiyasi raisi (Sh.Tursimatov)zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi
Р.Жўраев

Download 218.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling