Xalq deputatlari qamashi tuman kengashiga saylov
Download 330.86 Kb.
|
Xoliqulov Sobit Sai
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sobit Saidmurodovich XOLIQULOV
- SobitSaidmurodovichXOLIQULOV 21-Qoratepa saylovokrugidanxalqdeputatlari Qamashi tuman Kengashi deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olingan.
Saylov - 2022 | 25 dekabr, yakshanba XALQ DEPUTATLARI QAMASHI TUMAN KENGASHIGA SAYLOV Xoliqulov Sobit Saidmurodovich O‘zbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasidan Xalq deputatlari tuman kengashi deputatligiga nomzod etish ko`rsatilgan O‘zbekiston “Milliy tiklanish”demokratik partiyasining saylov oldi dasturi Sobit Saidmurodovich XOLIQULOV 1990-yilda Qamashi tumanida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Ma’lumoti - oliy. 2014-yilda O`zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – amaliy matematika va informatika. Oilali - to‘rt nafar farzandi bor. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi. Mehnat faoliyatini 2014-yildan Qamashi Axborot texnologiyalar kasb-hunar kollejida o‘qituvchi vazifasidan boshlagan. 2017-2019-yillarda Qamashi Axborot texnologiyalar kasb-hunar kollejida ma’naviy – ma’rifiy ishlari bo‘yicha director o‘rinbosari, 2019-yildan buyon Qoratepa mahalla fuqarolar yig‘ini raisi vazifasida faoliyat olib bormoqda. Sobit Saidmurodovich XOLIQULOV O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining saylov oldi Dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, o‘zining saylovoldi dasturida quyidagi vazifalarni ilgari surmoqda: – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o‘zlikni anglash hissini oshirish, milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘usini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish; – o‘z safida yurtning vatanparvarlarini birlashtirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini O‘zbekiston manfaatlari hamda uning xalqaro obro‘-e’tiborini oshirish yo‘lida safarbar etish; – yoshlarni milliy mustaqilligimizni, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash, o‘zlari qiziqqan kasb-hunarga yo‘naltirishga ko‘maklashish hamda yoshlar ongi uchun zararli bo‘lgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoya qilishga hissa qo‘shish, ularning Vatan ravnaqi yo‘lidagi amaliy harakatlarini qo‘llab-quvvatlash; – ajdodlarimiz uchun an'anaviy hisoblangan yuksak fuqarolik fazilatlari – vatanparvarlik, fidokorlik, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning izchilligini ta'minlash; - iqtisodiyotning barcha sohalarida yoshlarning ishga joylashishi va bandligi masalalarining hal etilishiga faol ko‘maklashish; – qonun ustuvorligini ta'minlash, aholining huquqiy va siyosiy madaniyatini har tomonlama oshirish. SobitSaidmurodovichXOLIQULOV 21-Qoratepa saylovokrugidanxalqdeputatlari Qamashi tuman Kengashi deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olingan. Download 330.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling