2022 йил «9» февраль vi-60-5-10-149-K/22
Download 205.15 Kb. Pdf ko'rish
|
VI-60-5-10-149-K 22
e-qaror.gov.uz
09.10.2022 2 belgilanmoqda va u milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi. Bunga yaqqol misol Taraqqiyot strategiyasi “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida ishlab chiqilgan. Uchinchidan, Taraqqiyot strategiyasi 94 ta milliy maqsadlarni qamrab olgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat: birinchi, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; ikkinchi, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; uchinchi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash; to‘rtinchi, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; beshinchi, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish; oltinchi, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish; yettinchi, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish. To‘rtinchidan, Taraqqiyot strategiyasini har bir ustuvor yo‘nalishi nomlanishidan boshlab, mazmun-mohiyatigacha inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan. Beshinchidan, Taraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha “yo‘l xaritalari” qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. “Yo‘l xaritasi” tuzilishi jihatidan mukammallashtirilgan va unda milliy maqsadlar, asosiy ko‘rsatkichlar va chora-tadbirlar, uni amalga oshirish mexanizmlari va shakli, muddati, nazorat qiluvchilar, mas’ul ijrochilar aniq ko‘rsatilgan. Oltinchidan, Taraqqiyot strategiyasini alohida ustuvor yo‘nalishi sifatida “ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish” belgilanmoqda. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish orqali milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish, madaniyat va san’atni yuksaltirish, “jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat berish nazarda tutilmoqda. Bunday bebaho boylikni avaylab-asrash hamda davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini, mamlakatimizdagi do‘stlik va ahillik muhitini yanada mustahkamlashga yo‘naltirish maqsadida Taraqqiyot strategiyasida millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta’minlash belgilanmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling