2022 йил «9» февраль vi-60-5-10-149-K/22
Download 205.15 Kb. Pdf ko'rish
|
VI-60-5-10-149-K 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILADI
e-qaror.gov.uz
09.10.2022 3 Yettinchidan, Taraqqiyot strategiyasining yana bir yangi ustuvor yo‘nalishi sifatida “umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish” belgilanmoqda. Bugungi kunda insoniyat ko‘plab umumbashariy muammolarga duch kelmoqda va ularga yechim topish nihoyatda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bunday muammolarni hal etishda kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, kelajagimiz qiyofasini belgilaydigan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish zarurligini anglatadi. Shuning uchun ham Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish, “Vatandoshlar” jamoat fondi orqali xorijiy davlatlardagi yurtdoshlarimiz bilan doimiy va samarali aloqalar o‘rnatish, pandemiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirish kabi global ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlar belgilanmoqda. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, mazkur “Taraqqiyot strategiyasi” shahrimiz jamoatchiligi, nuroniylar va fahriylar tomonidan keng muhokama etilganligini inobatga olgan holda, xalk deputatlari Bekobod shahar Kengashi QAROR QILADI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kunidagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ijro va rahbarlik uchun qabul qilinsin. 2. Shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Dadaboev, shahar hokimi o‘rinbosari-Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i A.Usmonqulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi rahbari M.Qo‘ziboev: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kunidagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni mazmun va mohiyati, yil dasturini ahamiyati to‘g‘risida barcha korxona, tashkilot va o‘quv muassasalarida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini tizimli ravishda olib borish ishlarini tashkil etsin. 3. Shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari M.Fayziev, “Bekobod yangiliklari” - “Novosti Bekabada” gazetalari tahririyati direktori A.Ismatov hokimlik rasmiy kanallarida, ijtimoiy tarmoqlar, viloyat va respublika kanallarida hamda mahalliy gazetada mazkur Farmonni mazmun va mohiyatini, shahar miqyosida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin. 4. Qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Ibragimova zimmasiga yuklatilsin. Download 205.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling