2022 kurash musobaqalarini tashkil etish metodikasi suvonov Qodir Yo‘ldoshevich
Download 420.54 Kb. Pdf ko'rish
|
kurash-musobaqalarini-tashkil-etish-metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 637 w www.oriens.uz April 2022 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha xalqaro turnirlarni o‘tkazish; b) 2020-yildan boshlab har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha “O‘zbek polvoni” respublika musobaqasini o‘tkazish; v) 2021 — 2025-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan quriladigan hamda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Vazirlik huzuridagi kurash mahorat maktablarini (keyingi o‘rinlarda — kurash mahorat maktablari) bosqichma-bosqich tashkil etish; g) Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash institutini qayta tashkil etish; d) Vazirlik tasarrufidagi Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘zbekiston kurash federatsiyasiga bepul foydalanishga berish haqidagi takliflariga rozilik berilsin. MUHOKAMA VA NATIJALAR «Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi» fanining maqsadi talabalarni O‘zbekistonda keng tarqalgan “Kurash turlari”ni yoshlar orasida targ’ib qilish va keng tarqatish, yoshlarni qiziqtirish ularga texnik – taktik usullarni va qonun qoidalarini o‘rgatish va tanishtirishdan iboratdir. «Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi» fanidan darsni yuqori ilmiy- pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o‘tkazilishi, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilinishi, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo‘llanmalardan samarali foydalanish, talabalarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o‘ylantiradigan muammo savollarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo‘naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar fan mavzularini chuqur egallashni ta’minlaydi. «Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi» kursidan Vazirlikning 2017 yil 1 mart 107-sonli buyrug’I bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim o‘quv rejalari fanlarining yangi o‘quv majmualarini tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma” asosida yaratilgan dastlabki o‘quv-uslubiy majmualardan biri bo‘lganligi sababli, unda ba’zi kamchiliklar, munozarali qarashlar va atamalar uchrashi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling