2022 maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlarining pedagogik va psixologik omillari najmetdinova Nigora Irkinovna


Download 304.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana08.03.2023
Hajmi304.88 Kb.
#1252753
1   2   3   4   5
Bog'liq
63 Najmetdinova Nigora Irkinovna 478-482

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Musiqaga yoshlikdan uyg‘ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivojida 
kuchi ta’sir o‘tkazadi, boshqa ko‘nikma va didlarning shakllanishini ta’minlaydi, 
yaxshi musiqali didni tarbiyalaydi. Musiqa estetik va manaviy kayfiyatning ulkan 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
480 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
manbayidir. Musiqaning bola hissiyoti va shakllanishiga, uning mazmunini tushunish 
va his etishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqiylikni to‘g‘ri aks 
ettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqali obrazlar 
shakllanishining asosiy manbayi tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi 
go‘zallikni idrok etishiga bevosita bog‘liqdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlarini tashkil 
etishning vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqaga mehr-muhabbat va qiziqish 
uyg’otish, boshlang‘ich musiqali didni tarbiyalash.
maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqani idrok etishga, uning tinglash 
qobiliyati, estetik didi, umumiy madaniyatni rivojlantirish.
maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqali qobiliyatni o‘stirish, musiqali didni 
shakllantirish, badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirish.
musiqa asarlarini idrok etishni tarbiyalash.
musiqa tinglashga, kuylashga, musiqa asboblarini chalishga, musiqali ritmik 
harakatlarga o‘rgatish metod va usullari.
musiqaviy qobiliyat, musiqaga emotsional munosabat, musiqani tinglay bilish, 
ritmni his etish malakalarini shakllantirish.
bolalarda musiqa hamda ashula aytish, ritmika, bolalar musiqa asboblarini 
chalish faoliyatlarida eng oddiy ijrochilik malakalarini shakllantirish.
umumiy musiqa qobiliyati, individual qobiliyatlar, ashulachilik ovozi va 
harakatlarning ifodaliligini o‘stirish.

Download 304.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling