Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
47
w
.uz
www.oriens
November
2022
KIRISH
Iqtisodiyotda
boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab –
quvvatlash bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy
muammo bo’lib qolmoqda. Shuningdek texnologik qoloqlik,
resurs va energiyani
tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini
tadbiq etishning sustligi
ham iqtisodiy taraqqiyot yo’lida to’siq bo’lmoqda
1
.
Innovatsiyalar to’g’risida so’z borar ekan, mamlakatdagi keskin ijtimoiy –
iqtisodiy o’zgarishlar, bozor munosabatlariga o’tish
yangi turdagi mahsulot va
texnologik jarayonlarni o’zlashtirish, nomenklatura va assortiment bo’yicha
o’zgarishi muammolarini vujudga keltirdi. Iqtisodiy o’sishning an’anaviy
resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining torayib ketishi birinchi o’ringa
innovatsion jarayonlarni muhimligini, ular iqtisodiy o’zgarishlarning
ajralmas qismi
va bo’g’ini bo’lib qolmoqda. Innovatsion jarayonlarni ilmiy va samarali tashkil qilish
masalalari ayniqsa dolzarbdir. Shu o’rinda, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi
ta’minlanishi hamda milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini
oshirish va dunyo
bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh qilish,
yuqori
texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal
rivojlanishini ta’minlash hisobidan amalga oshirish mukin.
Boshqacha qilib aytganda,
mamlakat iqtisodiy xavfsizligi ta’minlanishida innovatsiya faoliyatini rivojlantirish
muhim e’tiborga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: