2022 muhammadrizo ogahiyning inson tarbiyasi borasidagi qarashlari tursunaliyeva Dilora
Download 415.98 Kb. Pdf ko'rish
|
muhammadrizo-ogahiyning-inson-tarbiyasi-borasidagi-qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1218 w www.oriens.uz March 2022 Muhammad Rizo Ogahiydir. “Biz Alisher Navoiydan keyin mutafakkir shoir deb Muhammadrizo Ogahiyni ko‘rsatishimiz mumkin. Chunki o‘zbek adabiyotida Navoiydan keyin Ogahiy ijodida Olloh-Olam-Odam munosabati, hayot mohiyati va inson umrining ma’no-mazmuni, bani bashar tabiatiga xos fazilat va illatlar har tomonlama keng va chuqur falsafiy mushohadalar, nozik va teran hayotiy kuzatishlar, kuchli bilim va katta tajriba asosida yuksak mahorat bilan badiiy talqin qilingan mav’iza she’rlar va hikmatli so‘zlarga ko‘p duch kelamiz. Ko‘pni ko‘rgan va bilgin donishmand maqomiga yetgani uchun ham shoirning ko‘plab baytu misralari hikmatday,xalq maqollariday jaranglaydi”[1;5]. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Xalqimiz ma’naviy merosiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan Xorazm diyori og‘loning qilgan sa’y harakatlari orqali kelajak avlod bugungi kunda o‘sha davr adabiyotidan nafas olmoqdamiz. Hozirgi kunda ulkan iste’dod sohibining hayoti va ijodini chuqur o‘rganish va uning ilmiy merosini tadqiq qilish bo‘yicha mamlakatmizda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. “R.Majidiy, S.Dolimov, A.Qayumov, Q.Munirov, F.G‘anixo‘jayev, A.Abdug‘afurov, I.Haqqulov, N.Komilov, H.Abdullayev, N.Jabborov, N.Toshev kabi o‘nlab taniqli olimlar, adabiyotshunoslar yaratgan risolalart, monografiyalar alohida diqqatga molikdir”[9;20]. Prezindetimiz tashabbuslari bilan 2017-yil 18-apreldagi tegishli qaroriga binoan, 8 gektardan ziyod maydonda Adiblar xiyobonining yaxlit ansambli yaratildi. Bu yerda Alisher Navoiyga eng yaqin chap qismida Muhammad Rizo Ogahiyning haykali bunyod etildi va bundan tashqari respublikamizning barcha hududlarida Ogahiy maktablarini tashkil etish va uning ilmiy merosini chuqur o‘rganish uchun barcha tashabbuslar amalga oshirildi. NATIJALAR Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy 1809-yil 17-dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida mirob oilasida tavallud topgan Adibning o‘zi “Biz Xivada yashovchi yuz toifasidan bo‘lgan Amir Eshimbeyning avlodidandirmiz”,- deb yozgan edi. She’riyat olamida uning taxallusi Ogahiy bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi- ogohman-sergakman demakdir. Erta otasidan ayrilgan so‘ng amakisi Munisning tarbiyasida bo‘ladi. Shoir dastlab maktab keyinchalik madrasa tahsili davomida arab va fors tillarini puxta o‘rganadi. U mohir xattot bo‘lib kufiy, rayhoniy, xatti shikasta kabi xatlarni yaxshi bilgan. Munisning vafotidan so‘ng Olloqulixon amakisining o‘rniga Ogahiyni mirob etib tayinlaydi.Shu davrdan boshlab Ogahiy xaq hayoti va saroy ishlari bilan shug‘ullangan.” 1845-yildan Ogahiy hayotidagi og‘ir va musibatli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling