2022 surxon-sherobod vohasi qo‘NG‘irotlarining kiyim- kechaklari va etnik xususiyatlar qarshiyev Islom


Download 443.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi443.76 Kb.
#1487928
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
surxon-sherobod-vohasi-qo-ng-irotlarining-kiyim-kechaklari-va-etnik-xususiyatlar

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Surxon vohasi qo’ng’irotlari ip yigirish uchun “urchuq”, gilam to’qish uchun esa 
“o’rmak” deb atalgan oddiy moslama dastgohdan foydalanganl.[12,-2019] 
Surxon vohasi qo’ng’irotlarining XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab 
kiyimlaridagi etnik va umummintaqaviy jihatlar hamda an’anaviy qo’ng’irot 
kiyimida yuz bergan transformatsiya jarayonlarni tahlil qilish uchun dastavval XIX – 
XX asr boshlarida voha aholisining kiyimlariga qisqa tarzda bo’lsada tavsif berishni 
lozim. Etnologiya fanida aholi kiyimlarini yoshiga qarab bolalar, kattalar va keksalar 
libosi; kishini jinsiga qarab esa erkaklar va ayollar kiyimi; qanday maqsadda 
kiyinishiga qarab bayram, marosim, kundalik va ish kiyimlari; insonning ijtimoiy 
holatiga qarab boy va kambag’allar kiyimi hamda yilning fasllariga mos tarzda 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 12 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
531 
w
www.oriens.uz
December
2022
 
bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki kiyimlarga bo’linadi.[3,-B.16] SHuningdek, har bir 
kiyim turi o’z o’rnida yana bir necha turga ajratib ko’rsatiladi. Xususan, ichki 
kiyimlar, ustki, bosh va oyoq kiyimlar shular jumlasidandir Albatta, ushbu tasniflash 
Surxon vohasi qo’ng’irotlari an’anaviy kiyimlari uchun ham xos bo’lib, ularning 
kiyimlari asrlar davomida mahalliy xalqlar ta’sirida o’ziga xos umumiylik va 
xususiylik kasb etgan. 
Kiyimlar vaqt o’tishi bilan transformatsiyaga uchraydi. Bugun milliy 
kiyimlardan guppi, kebanak, chakmon, mursak, kasava, kiygich, jelak kabilar unutildi 
yoki unutilish arafasida turibdi. Xo’sh, aholi kiyim-boshlarida bunday 
o’zgarishlarning ro’y berishining asosiy sababi nimada? Albatta, buning bosh sababi, 
o’rganilayotgan davr va hududda kechgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jarayonlardir. 
Respublikaning barcha hududlarida va etnik guruhlarida bo’lgani singari bugun 
Surxon vohasi qo’ng’irotlarida ham tilga olingan omillar o’tgan davr ichida aholi 
kiyim-kechaklarining ayrimlarini unutilishiga, urfdan qolishiga yoki yangi noodatiy 
kiyim-kechaklarning tarqalishiga, an’anaviy kiyimlar o’rniga noan’anaviy, 
zamonaviy kiyim-kechaklarning urf bo’lishiga sababchi bo’ldi. 
Surxon vohasi qo’ng’irotlari erkaklarining ust kiyimlaridan biri to’n hisoblanib, 
u mahalliy barcha etnoslar tomonidan ommaviy ravishda kiyilgan va eng ko’p 
tarqalgan kiyim sanaladi. To’n juda qadimiy kiyim hisoblanib,[4,-B.77] mazkur ustki 
kiyim old tomoni ochiq qilib tikilgan. Asosiy ustki kiyim hisoblangan to’n aholining 
jinsi, yoshi va ijtimoiy mansubligiga qarab bir necha xilda bo’lgan.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Surxon vohasi qo’ng’irotlari erkaklar to’nlari 
vohada yashovchi boshqa etnik guruhlar erkaklari to’nidan farq qilib, bu farqni 
to’nning bichilishida ve keng qilib tikilishida ko’rishimiz mumkin.[13,-2019] 
Umuman olganda, XX asrning birinchi yarmiga qadar vohada erkaklar ustki kiyimini 
chopon, jelak, chakmon, kebanak, po’stin tashkil etgan. Vohada chopon, ya’ni to’n 
ustidan kiyiladigan yengil ust kiyimlardan biri jelakdir . Vohaning ayrim hududlarida 
yaktak deb atalgan.
Jelak paxtasiz avra-astar yoki avradan iborat yengil kiyim bo’lib, yoshi katta 
kishilar chopon ustidan kiyib yurganlar. U kishiga ko’rk baxsh etish bilan birga 
choponlarni tezda kir bo’lishdan saqlagan. SHimoliy Surxon vohasida tadqiq 
etilayotgan davrda yoz fasllarida chopon kiyilmasdan, ko’ylak ustidan jelak kiyilgan. 
Surxon vohasi qo’ng’irotlari ham vohada yashovchi boshqa chorvador etnik 
guruhlar kabi qo’y terisidan po’stin tayyorlaganlar. Qish mavsumining ayozli 
kunlarida qo’ng’irotlar to’n ustidan po’stin yoki chakmon kiyishni xush ko’rgan.



Download 443.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling