2022 tilshunoslikda eskirgan so’zlarning kelib chiqishi va ularning qiyosiy tahlili


Download 98.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana24.09.2023
Hajmi98.91 Kb.
#1687201
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tilshunoslikda-eskirgan-so-zlarning-kelib-chiqishi-va-ularning-qiyosiy-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
554 
w
www.oriens.uz
November
2022
 
raimem-yelkalar, tuga-qayg’u, paguma-o’lim va boshqalar. Yana biz arxaizmlarga 
misol qilib, ko’pincha, Aleksandr Sergeyevich Pushkinning ijodini olishimiz mumkin. 
Uning ijodidagi juda ko’p asarlarda biz arxaik so’zlarga duch kelamiz. Masalan, 
Pushkinning ko’pchiligimiz biladigan va maktab darsliklarida ham o’qigan asarimiz, 
mashhur “Kapitan qizi”
3
asarida bunday so’zlarni juda ko’p uchratamiz: “Qayerda 
passport? (1-bob); “Men hech qachon unutolmaydigan tush ko’rdim va tushimda hali 
ham bashoratli narsani ko’raman. Menimcha(=solishtiring) u bilan hayotimning 
g’alati holatlarini” (2-bob); O’shanda men shunday tuyg’u va uhiy holatda edim. 
Moddiylik(=haqiqat), orzularga bo’ysunib, birinchi tushning noaniq vahiylarida ular 
bilan birlashadi” (2-bob); “Maslahatchi(=konduktor) mina sezilarli darajada 
miltilladi…” (2-bob); To’g’ri bu misollarni tushunish boshida biroz qiyin bo’lishi 
mumkin. Lekin qayta o’qilganda biz so’zlarning qavs ichidagi ma’nolari hozirgi 
tilimizga mos tushishini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, arxaizmlarni qo’llashda 
ehtiyot bo’lishimiz kerak. Buning uchun bizga tushuntirish lug’ati va eskirgan so’zlar 
lug’ati kerak bo’ladi. Umuman olganda biz tarixiy so’zlardan ko’ra arxaizmlardan 
juda ko’p foydalanamiz. Chunki bizda tarixiy so’zlarga bo’lgan extiyoj deyarli yo’q. 
Arxaizmlarni esa biz ularning sinonimlari orqali jamiyatda juda kop foydalanamiz. 
Yana, shuningdek, arxaizmlarni tushunish tarixiy so`zlardan ko’ra biroz osonroq. 
O.S.Axmanova arxaizmga quyidagi ta’riflarni beradi: “1.Kundalik foydalanishdan 
chiqib ketgan va shuning uchun eskirgan deb qabul qilingan so’z yoki ibora: rus 
haykaltaroshi, beva, beva, shifo, behuda, behuda, qadimdan ochko’zlik, tuhmat, 
qo’zg’atish. 2. Qadimgi so’z yoki iborani tarixiy svilizatsiya maqsadida qo’llash, 
nutqqa yuksak stilistik rang berish, kulgili effektga erishish va hokazolardan iborat 
bo’lgan”.
4
Lekin arxaizmlarni biz hozirgi zamonga qanday mos kelishiga qarab bir necha 
turlarga ajratamiz. Bunda biz L.I.Rahmonova va V.N.Suzdaltsevalarning 
“Arxaizmlar tipologiyasi”
5
ni asos qilib olishimiz mumkin. Ular leksik-fonetik, 
leksik-hosilaviy, semantik, frazeologik va gramatik arxaizmlardir. Bu turlarga ko’ra 
biz qaysi so’zga qanday ma’no qo’llashimiz kerak va qaysi so’zning sinonimi qaysi 
so’zga tushadi degan savollarga javob olishimiz mumkin. Arxaizmlar mana shu turlar 
bo’yicha tahlil qilinadi va farqlanadi. Arxaizmlarning katta bir guruhi – istorizmlar 
deb ataladi. Istorizmlar leksik, semantik, frazeologik xarakterga ega bo’ladi. Eskirib 
3
Aleksandr Sergeyevich Pushkin, “Kapitan qizi” 1-2-boblar 
4
Axmanova 1966: 6. 
5
Raxmonova, Suzdaltseva 2003. 



Download 98.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling