2022-yil A. Bo'tayev mahallasi. Yig'ilish raisi: Maktab diretori N. Mardanov. Yig'ilish kotibi: D. Toshmurodova. Qatnashdilar: Maktab o'qituvchilari va o'quvchilari


Download 18.49 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi18.49 Kb.
#1174546
Bog'liq
Z.M.Bobur Bayonnomasi


TASDIQLAYMAN “

Maktab direktori: N.Mardanov.
Oltinsoy tumani XTB g a qarashli 6-sonli umumta'lim maktabida O'rta Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga munosib o'rin egallagan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbir
B A Y O N N O M A S I

2022-yil __________ A. Bo'tayev mahallasi.
Yig'ilish raisi: Maktab diretori N.Mardanov.
Yig'ilish kotibi: D.Toshmurodova.
Qatnashdilar: Maktab o'qituvchilari va o'quvchilari.
Kun tartibi:
1. 2022-yil 14-fevral kuni O'rta Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga munosib o'rin egallagan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligini munosib nishonlash to'g'risida.
____________________________________________________________ (N.Mardanov, A.Jo'rayev, D.Achildiyev, J.Choriyev, G.Soatova.)
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
Bobur oʻzbek adabiyotida oʻzining nozik lirik asarlari bilan ham mashhurdir. Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy hayot nihoyat murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va Temuriylar davlatining inqirozi davom etayotgan bir davrga toʻgʻri kelgan edi. Bunday murakkabliklar inʼikosini “Boburnoma”da koʻrgan boʻlsak, ularning shoir ruhiyatida qanday aks etgani uning sheʼrlarida namoyon boʻladi. Movarounnahrni birlashtirishga urinishlari natija bermagach, Bobur ruhan qiynalgan, amaldorlarning xiyonatlari taʼsirida umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati sheʼrlarida aks etgan. Keyinchalik oʻz yurtini tark etib, Afgʻoniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur sheʼriyatida Vatan tuygʻusi, Vatan sogʻinchi, unga qaytish umidi mavj ura boshladi.
Bobur lirik sherʼlari va tarixiy “Boburnoma”sidan tashqari islom qonunshunosligi va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522 yilda oʻgʻli Humoyunga atab yozgan. “Mubayyin” nomli asarida oʻsha zamon soliq tizimini, soliq yigʻishning qonun-qoidalarini, shariat boʻyicha kimdan qancha soliq olinishi va boshqa masalalarni nazmda izohlab bergan. “Xatti Boburiy” deb atalgan risolasida arab alifbosini turkiy tillar, xususan oʻzbek tili nuqtai nazaridan birmuncha soddalashtirib berishga harakat qilgan. U, tajriba sifatida “Xatti Boburiy” alifbosida Kurʼoni Karimni koʻchirgan. Boburning aruz vazni va qofiya masalalariga bagʻishlangan. “Mufassal” nomli asari ham boʻlganligi maʼlum, biroq bu asar bizgacha yetib kelmagan.
Bobur oʻzining maʼlum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijgimoiy masalalar yechimiga oʻz hissasini qoʻshgan olim sifatida xalqimiz maʼnaviy madaniyati tarixida munosib oʻrin egallaydi.
Yuqoridagi bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib yig'ilish
Qaror qiladi:
1.Yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalar ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2.Barcha sinf rahbarlari ma'naviyat soati darslarida buyuk alloma Z .M. Bobur haqida o'quvchilarga qo'shimcha ma'lumotlar berilsin.
3.Barcha sinflarda g'azal , she'r va Boburxonlik kechalarini tashkil etilsin.
4.Yuqoridagi qarorning ijrosini nazorat qilish MMIBDO' D. Achildiyev zimmasiga yuklatilsin.


Yig'ilish kotibi: D.Toshmurodova.
Download 18.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling