2022-yil I yarim yilligida foydalanilgan soliq imtiyozlari haqida


Download 306.5 Kb.
Sana13.09.2023
Hajmi306.5 Kb.
#1676316
Bog'liq
cmm 55


2022-yil I yarim yilligida foydalanilgan soliq imtiyozlari haqida ma’lumot berilgan edi. E-imtiyoz axborot tizimi orqali soliq turlari, hududlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar kesimida imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlandi. 2022-yilning dastlabki 6 oyi davomida yuridik shaxslar 75 mingta holatda 24,6 trln so‘m soliq imtiyozlaridan foydalangan. Jami imtiyozning 8,5 trln so‘miga QQSning nol stavkasi qo‘llanilgan. Shundan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha:
Soliq kodeksiga asosan – 22,5 trln so‘m;

2-rasm. 2022-yil yanvar-iyun oylarida foydalanilgan imtiyozlar hamda mos ravishda to’langan soliqlar (mlrd so’mda)

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlarga asosan – 2,1 trln so‘m qo‘llanilgan. Soliq turlari kesimida: eng ko‘p qo‘llanilgan imtiyoz – QQS bo‘yicha 22,4 trln so‘m (91,1%); boshqa soliq turlaridan – 2,2 trln so‘m (8,9%) miqdorida foydalanilgan. O‘zbekistonda eng yirik soliq to‘lovchilar aniqlandi. Ularning to‘lovlari 2019 yilda mamlakat byudjyetidagi umumiy tushumlarning 37,5 foizini tashkil etadi. «Fuqarolar uchun byudjyet 2019» loyihasi doirasida Moliya vazirligi 20ta eng yirik soliq to‘lovchi ro‘yxatini e'lon qildi. Ular davlat byudjyetiga tushumlarning deyarli 38 foizini ta'minlaydi.
Top-20 da «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» yetakchilik qilmoqda - kombinatning soliq to‘lovlari 2019 yilda O‘zbekiston umumiy byudjyetidan 6,8 foizni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda «O‘ztransgaz» AK - kompaniyaning byudjyetdagi ulushi 6,4%. Kuchli uchlikka «Lukoyl O‘zbekiston Opereyting Kompani» MChJ yakun yasab berdi - 4,5%. Bundan tashqari, O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari Top-10ligiga «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati», (3,6 %), «O‘zbat» AJ (2,5%), «Uz-Kor Gas Chemical» MChJ (1,6 %), «Muborak neftgaz» MChJ (1,4 %), «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ (1,3%), «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» (1,3%) va «Qizilqumsement» AJ (1,2%) kirdi.
Quyida Top-20 soliq to‘lovchilar ro‘yxati diagramma ko‘rinishida keltiriladi:

3-rasm. O’zbekiston Respublikasi budjetiga yirik soliq to’lovchilardan tushadigan tushumlar ulushi.
Joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Moliya vazirligi O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar ulushi haqidagi ma'lumotni e'lon qilgandi. O‘shanda eng ko‘p tushum «O‘ztransgaz» hissasiga to‘g‘ri keldi (5,1%), keyin ikkita kon-metallurgiya zavodi bormoqda - Navoiy (5%) va Olmaliq (3,1%). Avvalroq O‘zbekistonda inflyatsiya 2021 yilga borib 9,9 foizga tushishi mumkin ekani xabar qilingandi.


  1. rasm. Soliq organlarining 2023-yil fevral oyida budjetga tushumlari

2023-yil fevral oyida soliq organlari tomonidan 13,4 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlandi, deya xabar bermoqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati. Jumladan, foyda solig‘i 1,5 trln so‘m, JShODS 407,2 mlrd so‘m, AOS 140,7 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i 140,2 mlrd so‘m, yer solig‘i 100 mlrd so‘m, aksiz solig‘i 86 mlrd so‘m, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 30 mlrd so‘mga o‘sgan.
Soliq turlari kesimida:

  • foyda solig‘idan 3,9 trln so’m (28,9%);

  • QQSdan 2,8 trln so‘m (20,8%);

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idandan 2,3 trln so‘m (17,1%);

  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 1,2 trln so‘m (9%);

  • aksiz solig‘idan 1,2 trln so‘m (8,7%)ni tashkil etdi.

2022-yilda soliq organlari tomonidan 148,4 trln so‘m tushumlar ta’minlangangani haqida xabar berilgandi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan (20,4 trln so‘m) 16% ko‘pni tashkil qilgan. Jumladan, soliq turlari kesimida:

  • mol-mulk solig‘idan 4 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 1,6 trln so‘mga yoki 63%;

  • yer solig‘idan 5,3 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 1,2 trln so‘mga yoki 30%,

  • aylanmadan olinadigan soliqdan 2,5 trln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 863 mlrd so‘mga yoki 52%;

  • QQSdan 32,8 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 7,2 trln so‘mga yoki 28%;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 24,3 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 5,4 trln so‘mga yoki 28% o‘sishga erishildi.

Shuningdek hududlar kesimida soliq tushumlari bo‘yicha Toshkent shahri 21,3 trln so‘m bilan yetkachilik qilmoqda. Hududda tushumlar ko‘rsatkichi 2021-yilga nisbatan 38% ga oshgan.
Download 306.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling