2022 yil uchun davlat byudjeti: asosiy ko‘rsatkichlar tahlili


Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi


Download 1.09 Mb.
bet6/7
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1222185
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2022 yil uchun davlat byudjeti

Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi



Foto: KUN.UZ

2019 yil 27 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2019 yil I yarim yillikdagi ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqdilar.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yilning I yarmida Davlat budjeti daromadlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,9 foizga o‘sib, belgilangan reja 108,9 foizga bajarildi, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa, 22,8 foizni tashkil qildi. Mamlakat YaIM qariyb 222,0 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 5,8 foizga o‘sdi. Xususan, tarmoqlar tarkibida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining ulushi 27,3 foizdan 24,3 foizga kamaygan bo‘lsa, sanoatning ulushi 27,1 foizdan 30,3 foizga, qurilish ulushi 7,3 foizdan 7,6 foizga o‘sdi. Aholi umumiy daromadlari 153,3 trln. so‘mni tashkil etdi va 2018 yilning mos davriga nisbatan 121,7 foiz nominal o‘sishiga erishildi.
Yig‘ilishda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda soliq-budjet siyosati sohasidagi, xususan soliq ma'murchiligini va budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar o‘z natijasini berganini qayd etdilar. Davlat budjeti daromadlari ijrosiga to‘xtalib o‘tgan deputatlar hisobot davrida Davlat budjeti daromadlari 50 696,9 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,9 foizga o‘sishga erishilgani, belgilangan reja 4 133,9 mlrd. so‘mga ortig‘i bilan yoki 108,9 foizga bajarilganini ijobiy baholadilar.
Parlament a'zolari Davlat budjetining xarajatlariga ham alohida e'tibor bilan yondashdilar. Mazkur xarajatlar (davlat maqsadli jamg‘armalarisiz) 55 266,3 mlrd. so‘mni tashkil qilgani qayd etildi. Hisobot davrida Davlat budjeti xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilgani ta'minlanib, sohaga umumiy xarajatlarning 54,4 foizi miqdorida mablag‘lar sarflangan. Bunda asosiy e'tibor aholining real daromadlarini izchil oshirib borish va ijtimoiy himoya qilish, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantirishga, shahar va qishloq joylarda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashni ta'minlovchi arzon uy-joylar barpo etish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga qaratilgan.
Yig‘ilishda aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, arzonlashtirilgan uy-joylar qurish singari ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan yirik loyihalarni amalga oshirish borasida prezident tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish Davlat budjeti ijrosining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lgani, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining 2019 yil parametrlari ijrosi uchun 136.1 mlrd. so‘m sarflangani ta'kidlandi. Bundan tashqari, ta'lim sohasiga ijtimoiy xarajatlarning 54,5 foizi ajratilgani, sog‘liqni saqlash sohasiga Davlat budjetidan yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 6 630,9 mlrd. so‘mni tashkil etgani ham yuqori baholandi.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga Davlat budjetidan 27 939,6 mlrd. so‘m miqdorda mablag‘lar yo‘naltirilgan. Bolalikdan nogironlar uchun to‘lanadigan nafaqalarga Davlat budjetidan 657,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgani ushbu sohaga e'tiborning ortib borayotganidan dalolat.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjetlarni shakllantirishda va mablag‘lardan samarali foydalanishda mustaqilligi va mas'uliyatini oshirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning birinchi yarmida mahalliy budjetlarga 2,6 trln. so‘m so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘lar tushirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 154 foizga ko‘p.
Shu bilan birga, majlisda deputatlar budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, ularning noqonuniy ishlatilishi bilan bog‘liq ayrim kamchiliklar ham mavjudligini ko‘rsatib o‘tdilar. Xususan, hisobot davrida ayrim budjet tashkilotlarida mablag‘larning ishlatilishi bilan bog‘liq moliyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygani, ayrim tarmoqlarda to‘lov intizomiga rioya etilmagani oqibatida debitorlik va kreditorlik, ayniqsa, budjet oldidagi boqimanda qarzdorlikning yuzaga kelayotgani keskin tanqid qilindi. Nazorat tadbirlari natijasida budjet to‘g‘risida qonun hujjatlari buzilish holatlari aniqlangan budjet tashkilotlarining 154 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 111,5 mln. so‘m miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortilib, ulardan 88 mln. so‘mi undirilgani bu borada jiddiy bosh qotirish lozimligini ko‘rsatayotganiga e'tibor qaratildi.
Shundan kelib chiqib, parlament a'zolari vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini kuchaytirish, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining kelgusi davr uchun o‘z vaqtida, sifatli ijro etilishi ustidan qat'iy parlament nazoratini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Muhokamalar yakunlariga ko‘ra, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2019 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling