2022 yil uchun davlat byudjeti: asosiy ko‘rsatkichlar tahlili


Byudjetniy defitsit v optimizatsii


Download 1.09 Mb.
bet2/7
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1222185
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2022 yil uchun davlat byudjeti

Byudjetniy defitsit v optimizatsii
Davlat byudjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln so‘m, shu jumladan foyda solig‘i – 43,7 trln so‘m, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln so‘m, JShDS – 22 trln so‘mni tashkil etadi.
Bilvosita soliqlar bo‘yicha daromad summasi 73,2 trln so‘m, shu jumladan QQS – 53,3 trln so‘m, aksiz solig‘i – 15 trln so‘m, bojxona boji – 4,8 trln so‘mni tashkil etadi.
Resurc va mol-mulk solig‘i 25,7 trln so‘mni tashkil qiladi.
Konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 280, 13 trln so‘mni tashkil etadi. Davlat byudjeti xarajatlari 188, 91 trln so‘m, davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari – 58, 18 trln so‘m, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi – 7, 73 trln so‘m miqdorida prognozlashtirilmoqda.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining sarflanishi 14, 61 trln so‘m, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar esa – 10,7 trln so‘mni tashkil etadi.
Byudjetni shakllantirishda barcha tumanlar va shaharlar byudjetlarining tasdiqlangan xarajatlarining 5%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, mahalliy byudjetlar qo‘shimcha manbalarining kamida 30%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
2022 yil uchun byudjet va qonun mablag‘larni belgilangan yo‘nalishda sarflashda natijadorlikni oshirish, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirish, byudjet barqarorligini ta’minlash, byudjet qamrovini oshirish va byudjet mablag‘larining taqsimlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.

2021 yilgi Davlat budjeti ma'qullandi

Davlat budjeti daromadlari 147,2 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotning 21,3 foiz miqdorida belgilanmoqda. Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari 26,2 trln so‘m, xarajatlari esa 40,8 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan.



Foto: Senat matbuot xizmati
Senatning o‘ninchi yalpi majlisida «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi, «Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi hamda «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunlar muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun bilan kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va konsolidatsiyalashgan Davlat budjeti prognozlari hamda 2022–2023 yillar uchun budjet mo‘ljallari belgilanmoqda.
Makroiqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalish va ko‘rsatkichlari kelgusi yilda ham koronavirus pandemiyasi davom etishi taxminlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan.
Bunda asosiy e'tibor makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, fiskal rag‘batlantirish choralarini mo‘'tadillashtirib borish, iqtisodiy o‘sish sur'atlarining 5 foizdan yuqori bo‘lishini ta'minlashga qaratilgan.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling