Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 199.93 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi199.93 Kb.
#1520225
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
farm 15


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 4 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 61-sonli bayoni 11-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorning tegishli buyrug‘i bilan “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dastur oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi kursida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
Bundan ko‘zlangan maqsad, Agentlikka eng munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirishdan iboratdir.
“Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
➖ oliy taʼlim muassasalari hamda Agentlik o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish;
➖ eng salohiyatli va bilimli bitiruvchilarni seleksiya qilish;
➖ nomzodlarni stajirovka o‘tash uchun yo‘naltirish hamda “ustoz-shogird anʼanasi” asosida tajribali ustoz-mentorlarga biriktirish;
➖ stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarni tanlov (suhbat) asosida davlat xizmatiga ishga qabul qilish.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI HUZURIDAGI FARMATSEVTIKA TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-noyabrdagi PF-5229-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 55 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 486-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/486/0748-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga, zaruratga ko‘ra, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining tasdiqlangan tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki, ushbu qarorga 2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlanayotgan yangi tashkil etilayotgan Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining boshqaruv xodimlari soni, shu jumladan, xodimlar soni tegishlicha qisqartirilishi (jami — 32 birlik) hisobiga shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika muomalasini tartibga solish Bosh boshqarmasi shtatlaridan — 2 birlik;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana savdosi shartlari va litsenziya talablariga rioya etish ustidan nazorat qilish bo‘linmalarining har biridan — 2 birlikdan, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasidan — 4 birlik.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga bir oy muddatda belgilangan tartibda:
Agentlikning markaziy apparati uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi Avtobazasi uchun nazarda tutilgan avtotransport vositalarining limitlari doirasida 4 ta yengil avtotransport vositasi, shu jumladan, 3 ta — shaxsiy, 1 ta — navbatchi avtotransport vositasi ajratsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin;
Agentlikni zarur ixtisoslikka ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanov va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Z. Dusanov zimmasiga yuklansin.

Download 199.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling