"O‘zbekkonsert" davlat muassasasining markaziy apparati boshqaruv xodimlari cheklangan soni 25 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq


Download 50.67 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi50.67 Kb.
#1758173
  1   2
Bog'liq
678 28.08.2017




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son Farmoniga muvofiq “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining samarali faoliyatini ta’minlash, o‘zbek milliy musiqa, akademik, estrada ijrochiligi hamda milliy raqs va xoreografiya ijrochilik san’atini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati boshqaruv xodimlari cheklangan soni 25 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi to‘g‘risidagi ustav 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga, zarur hollarda, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Quyidagilar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
mamlakatimizda konsert-tomosha va gastrol faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
konsert-tomosha va gastrol faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, badiiy yuksak musiqa asarlari, qo‘shiqlar va videokliplarning yaratishni ta’minlash va rag‘batlantirish;
milliy raqs va xoreografiya, opera san’ati, ansambl va orkestrlarning o‘zbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi o‘rnini yanada oshirish, ularning g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish;
mamlakatimiz hududida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hamda Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashiga hisobot beradi;
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan berilgan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar va konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnomalar tegishli ravishda ushbu litsenziyalar va ruxsatnomalar berilgan muddatgacha amal qiladi va qayta rasmiylashtirilishi talab etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati faoliyati konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berishdan undiriladigan davlat boji tushumi summasidan 70 foiz miqdoridagi ajratmalar, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy bo‘limlarining faoliyati konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi uchun o‘rnatilgan aloqa vositalarini, shu jumladan Hukumat aloqa vositalarini “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ixtiyorida saqlab qolsin.
5. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 2-uyda joylashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-avgust,
678-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 678-son qaroriga
1-ILOVA
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining markaziy apparati

Download 50.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling