Adliya vazirligi markaziy apparati hamda hududiy


Download 237.65 Kb.
bet1/27
Sana16.06.2023
Hajmi237.65 Kb.
#1500895
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
WORD SAVOLLAR


Adliya vazirligi markaziy apparati hamda hududiy adliya boshqamalaridagi bo‘sh (vakant) lavozimlar uchun o‘tkaziladigan (ichki va tashqi) tanlovning suhbat bosqichi uchun mutaxassislikka oid tahminiy
SAVOLLAR RO‘YXATI
Yo‘nalishi: Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik sohasi


1.Vazirlar Mahkamasining maqomi hamda uning tarkibi haqida ma’lumot bering?
3-modda. Vazirlar Mahkamasining maqomi
Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
5-modda. Vazirlar Mahkamasining tarkibi
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zolari — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziridan (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o‘rinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qo‘mitalari raislaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.


2.Bosh vazirni lavozimidan ozod etish tartibini tushuntirib bering?
7-modda. Bosh vazirni lavozimidan ozod etish
Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:
Bosh vazirning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasiga binoan;
Bosh vazir o‘z vakolatlarini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda;
Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyat ko‘rsatishiga tahdid soluvchi, bartaraf etib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuzaga kelganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir necha bor O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilingan taqdirda;
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega bo‘lgan bunday tashabbus Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning yetakchi fraksiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlansa hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasida va Senatda ovozga qo‘yilganda tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senat a’zolari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Bosh vazirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda.
Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi.



Download 237.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling