Adliya vazirligi markaziy apparati hamda hududiy


Download 237.65 Kb.
bet2/27
Sana16.06.2023
Hajmi237.65 Kb.
#1500895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
WORD SAVOLLAR

3.Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarining turlari haqida qaysilar?
35-modda. Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanguniga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishiladi.
(35-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi qoidalaridan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, farmoyishlarini va Bosh vazirning farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi o‘zi qabul qilgan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratni bevosita yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari orqali amalga oshiradi.
4.Ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyat tushunchalariga ta’rif bering.
10-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat kodeksining 14-moddasi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda, amalga oshiriladi.

Download 237.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling