Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 199.93 Kb.
bet8/10
Sana17.06.2023
Hajmi199.93 Kb.
#1520225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
farm 15

5-bob. Yakunlovchi qoida
15. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 993-son qaroriga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (keyingi o‘rinlarda baholash deb ataladi) belgilaydi.
2. Baholash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi samaradorligini aniq ko‘rsatkichlar va maqsadli indikatorlar asosida aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
3. Baholash uchun quyidagi manbalardan foydalaniladi:
rasmiy statistik ma’lumotlar;
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar;
Agentlik faoliyati monitoringi natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar;
vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar va o‘rganishlar natijalari;
xolis ekspertlar xulosalari;
Agentlik faoliyati sohasidagi ijtimoiy tadqiqotlar natijalari;
Agentlik faoliyatiga taalluqli bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar ma’lumotlari.
4. Baholash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda Sog‘likni saqlash vazirligi deb ataladi) tomonidan yil yakuniga ko‘ra har yili o‘tkaziladi.
5. Baholashni o‘tkazish rejasi Agentlik tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga yil yakuniga ko‘ra statistik va boshqa ma’lumotlarning taqdim etish muddatlarini o‘z ichiga oladi.

Download 199.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling