Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
125
w
www.oriens.uz
January
2022
Yutqin yoni flegmonasiga tashhis qo‘yayotganda, shuni ham hisobga olish
kerakki, yiringli jarayon ko‘pincha infeksiyaning jag‘ osti uchburchagidan tarqalishi
natijasida rivojlanadi. Og‘iz ochilishining chegaralanishi, yutinishda og‘riqning
kuchayishi paydo bo‘lganda, og‘iz bo‘shlig‘i va yutqinni sinchiklab tekshirish kerak.
Yutqin yoni bo‘shlig‘ining abssessi og‘iz ichidan medial qanotsimon pastki
jag‘ burmasining shilliq qavatidan va o‘nga pa- rallel qilib 1,5-2 sm. uzunlikda
xamda 0,75 sm. chukurlikda kesi- ladi. Keyin o‘tmas yo‘l bilan yiringli o‘chokka
o‘tib, ochiladi. Yutqin yoni flegmonasida yiring yaxshiroq ajralib chiqib turishi
uchun eng ma’qul usul, og‘izdan tashqari kesma o‘tkazishdir. Teri va teri osti
kletchatkasi kesiladi, so‘ng jag‘ burchagi sohasi tagida yetgan to‘qimalarni surib,
suyakning qirg‘og‘igacha boriladi, medial qanotsimon mushak bo‘ylab yutqin oldi
oraligiga, yutqinning o‘rta siquvchi mushaklarigacha boriladi, ekssudat oqib chiqib
turishiga yo‘l yaratiladi. Yutqin yoni oralig‘i flegmonasini ochishda qanotsimon-
pastki jag‘ oralig‘i va til osti sohalariga o‘tish kerak bo‘ladi. Yutqin yoni oraligidagi
yalliglanish jarayonlari yutqin bo‘ylab oldingi ko‘qs oralig‘iga tarqalishi mumkin
xamda yallig‘lanish jarayoni bo‘yinning oldingi va lateral sohalari, shu- ningdek qon
tomir nerv qini orqali pastga tushshi va ko‘qrak qafasiga, tarqalishiga olib keladi.
Qanotsimon vyonoz chigalining yutqin oldi oralig‘ida yetishi yiringli jarayonning
miya qobiqlari va bosh miyaga retrograd tarqalishiga olib kelishi mumkin. Shunday
ekan, yutqin yoni oralig‘i flegmonasi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkinligini
unutmaslik kerak.
Qanotsimon jag‘ soxasi abssess va flegmonasi. Bu sohada yallig‘lanishning
sababi pastki molyarlar va aql tishining qiyin chiqishi hisoblanadi. Ayrim xolda
yallig‘lanish jarayoni yuqori molyar tishlardan bo‘ladi. Ba’zan yallig‘lanish til osti,
jag‘-til chuqurchasi, jag‘ osti uchburchagi, og‘iz tubi, quloq oldi-chaynov sohasidan
tarqaladi.
2-rasm. Qanotsimon-jag‘ bo‘shlig‘i yog‘ qavati.
Qanotsimon-jag‘ bo‘shlig‘i yog‘ qavatiga ega va yog‘ oraliqlari bilan bog‘lanadi.
Medial kanotsimon mushak orkali jag‘ orqasi va halkum yoni sohasi old qismi bilan,
Do'stlaringiz bilan baham: |