2023 y Guruh 204 talaba Eshpo‘latov Hasan


Download 1.12 Mb.
bet4/7
Sana04.05.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1424623
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Hasan

Viloyatlar

Markazi

Ahol.

Maydoni (km²)

Ahol.zich. (/km²)

YaIM

YaIM /kishi

A

Praga (poytaxt)

1,170,571

496

2,360

637,704

547,096

S

Markaziy Bohemiya

Praga

1,144,071

11,015

104

288,888

253,912

C

Janubiy Bohemiya

České Budějovice

625,712

10,057

62

150,970

251,106

P

Plzeň

Plzeň

549,618

7,561

73

137,911

216,639

K

Karlovy Vary

Karlovy Vary

304,588

3,315

92

65,789

216,639

U

Ústí nad Labem

Ústí nad Labem

822,133

5,335

154

188,041

229,146

L

Liberec

Liberec

427,563

3,163

135

94,451

229,146

H

Hradec Králové

Hradec Králové

547,296

4,758

115

133,767

244,549

E

Pardubice

Pardubice

505,285

4,519

112

116,639

230,880

M

Olomouc

Olomouc

635,126

5,159

123

134,376

211,467

T

Moraviya-Sileziya

Ostrava

1,257,554

5,535

227

280,210

222,638

B

Janubiy Moraviya

Brno

1,123,201

7,067

159

285,855

254,684

Z

Zlín

Zlín

590,706

3,964

149

131,789

222,885

J

Vysočina

Jihlava

517,153

6,926

75

121,318

234,530




CZ

Chexiya

Praga

10,220,577

78,868

130

2,767,717

271,161

Geografiyasi
Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan davlat hisoblanadi. Shimolda Polsha, shimoli-gʻarb va gʻarbda Germaniya bilan, janubda Avstriya bilan va sharqda Slovakiya bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi – 1880 kmga teng. Mamlakatning nomlanishi chex qabilalari nomidan kelib chiqqan. Poytaxti boʻlmish Praga shahri turistlar tashrif buyuradigan va mamlakatning eng katta shaharlaridan biridir. Chexiya 2 ta tarixiy hudud – Sileziya va Moraviya hududlarining qoʻshilishidan tashkil topgan. Chexiya 13 ta oʻlka (viloyatdan) iborat. Maydoni 78,9 ming km² ni tashkil qiladi. Landshaftlari turli xil koʻrinishga ega. Gʻarbiy qismida (Bogemiya) mamlakatning eng baland nuqtasi 1602 m balandlikdagi Snejka togʻi joylashgan. Sharqiy qismi – Moraviya ham anchagina adirlarda va asosan Marx daryosi qoʻynida joylashgan hamda Oder daryosi irmoqlarini oʻz ichiga oladi. Dengizga chiqa olmaydigan Chexiya hududidan daryolar 3 ta dengizga borib quyiladi: Shimoliy, Boltiq va Qora dengizlar. Chexiya aholisining asosini etnik chexlar va gʻarbiy slavyan tillari guruhiga mansub chex tilida gaplashuvchilar tashkil qiladi. Chet ellik fuqarolar mamlakat aholisining 4 % ini tashkil qiladi. Chexiyada immigrantlar orasida eng koʻp diasporani ukrainlar tashkil qiladi. Undan keyingi oʻrinlarda slovaklar, Vyetnam, Rossiya va Polsha fuqarolari turadi. Boshqa etnik guruhlarga esa nemis, sigan, vengr va yahudiylar kiradi. Chexiya va Slovakiya oʻrtasidagi chegara sobiq Chexoslovakiya fuqarolari uchun ochiq. Mamlakatdagi yagona megapolis shahar Praga hisoblanadi. U yerda 1,118 ming aholi yashaydi. 2008-2009-yilgi iqtisodiy inqiroz munosabati bilan Chexiya xorijlik ishchilari sonini kamaytirishga yoʻnaltirilgan chora- tadbirlar koʻrmoqda. Shunisi maʼlumki, Chexiya fuqarolarining 59 % Xudoga ishonmaydi, yaʼni ular ateistdir. Eng koʻp dinga sigʻinuvchilar katolik oqimini(26,8 %) va protestantlik oqimini (2,5 %) tashkil qiladi. Pravoslavlik oqimiga sigʻinuvchilar esa 3 %.
Oʻziga xos ustun tomonlari
Chexiya Respublikasi – industrial mamlakat hisoblanadi. Mamlakatdagi asosiy yetakchi tarmoqlar – yonilgʻi-energetika, metallurgiyamashinasozlik, kimyoviy, yengil va oziq – ovqat sanoati hisoblanadi. Postkommunistik davlatlar orasida Chexiya eng barqaror va muvaffaqiyatli iqtisodiy tizimga ega davlatdir. Aholi fon boshiga Yalpi Ichki Mahsulot tayyorlash boʻyicha Sharqiy Yevropa mamlakatlari ichida 1 – oʻrinda turadi. 1995-yilda Chexiya sobiq kommunistik davlatlar orasida birinchi boʻlib “ Iqtisodiy hamkorlik va Rivojlanish tashkilotiga ” aʼzo boʻldi. Chexiya pul birligi krona hisoblanadi. U 1995 – yilda muomalaga kiritilgan. 2004-yil 1- mayda Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar qatoridan joy oladi va unga aʼzo boʻlgan kundan boshlab uning iqtisodiy oʻsish su’rati ancha koʻtarildi. Bugungi kunda Chexiya YIMi 211,698 mlrd.ni tashkil qiladi. Qora metallurgiya va harbiy sanoat avtomobil va elektrotexnika sanoati hisobidan oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Tashqi savdo saldosi boʻyicha mamlakat aholi jon boshiga dunyoda YaponiyaBuyuk BritaniyaFransiyaGermaniya va Italiyadan keyingi oʻrindi turadi. Chexiya Respublikasi Sharqiy Yevropa mamlakatlari orasida birinchilardan boʻlib keng koʻlamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirganiqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlari boʻyicha oʻz mintaqasida etakchi oʻrin egallab turgan davlatdir. Chexiyaning [["Eriell Korporeshn", „Marts TsZ“, „Tomas Praga“, „ChKD Nove Energo“, „Ayveks-ChR“, „Yason Trevel“, „Yantsen“]] kabi kompaniyalari hozirgi kunda jahonning eng samarali va kuchli kompaniyalaridandir. Chexiyaning "Cheshka Sporitelna", "Investichni a postovni bank", "Komerchni bank", "Chek eksport bank" kabi banklari butun dunyoda mashhur va deyarli barcha davlatlaridagi banklar bilan oʻzaro aloqa oʻrnatgan, xususan Oʻzbekiston Respublikasi banklari bilan ham.
Tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Konstitutsiyaga muvofiq Chexiya parlamentar Respublika hisoblanadi. Davlat boshligʻi (Prezident) bilvosita parlament tomonidan 5 yilga saylanadi. U ichki va tashqi siyosat yoʻnalishlarini aniqlaydigan bosh vazirni tayinlaydi. Chexiya parlamenti 2 palatali: deputatlar palatasi va senatdan iborat. Chexiya Respublikasi xalqaro munosabatlarda Markaziy Yevropada demokratik va siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, barqaror davlat pozitsiyasidan maydonga chiqadi. U nafaqat oʻzining uzoq muddatli manfaatlarini himoya qiladi, balki Yevropa va butun jahon hamjamiyati rivoji uchun javobgarlik hissini oʻziga oladi. Chexiya Respublikasi sobiq Chexoslovakiya xalqaro ahvollarining barcha ijobiy tomonlariga tayanadi. Bunda unga federatsiyaning tinchlik yoʻli bilan boʻlinishi yordam berdi. Chexiya Respublikasi oʻzining tashqi siyosatini olib boradigan xalqaro hamjamiyat xalqaro tashkilotlarga integratsiyaning turli darajasi bilan davlatlar birlashuvini, suveren davlatlar oʻzaro hamkorligi natijasi hisoblanadi. Sovuq urush tugaganidan va ikki qutblik dunyoning barbod boʻlishidan soʻng xavfsizlik bilan bogʻliq holatlar, jahon iqtisodiyotining globalizatsiya va liberalizatsiya jarayonlari, davlatlarning bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqligining yuksalishi, fan va texnika rivojlanishi natijasida xalqaro tashkilotlar va integratsion birlashmalar doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ahamiyati sezilarli darajada oʻsdi. Asrlar davomida Markaziy Yevropa mamlakatlari global jahon siyosati sub’yekti emas, balki ob’yekti boʻlishgan. Bunga sabab bu mintaqa mamlakatlari qulay geografik mintaqada joylashgan. Ikkala Jahon urushlari ham ushbu mintaqada boshlandi, chunki unda jahonning eng yirik davlatlari oʻrtasidagi ziddiyatlarning liniyasi aks etadi. Chexoslovakiya Federativ Respublikasi qulaganidan soʻng (1993-yil 1- yanvar) Chexiya va Slovakiya jahon siyosiy xaritasidan yangi davlatlar qatoridan oʻrin oldi. Asosiy geografik xarakteristikasini hisobga oladigan boʻlsak, ikkala davlat ham Kichik Yevropa davlatlari kategoriyasiga mansub. Kichik davlatda kuch ishlatish pozitsiyasi nuqtai nazaridan katta salohiyati boʻlmaydi, shuning uchun u koʻproq asoslangan va oʻylangan tashqi siyosiy va geopolitik strategiya qoʻllashi lozim. Chexiya Respublikasining zamonaviy tashqi siyosati bir necha faktorlar taʼsiri ostida shakllandi. Ulardan eng muhimi Yevroatlantika integratsiyasi hisoblanadi. Bu oʻrinda 3 ta katta bosqichni aytib oʻtish lozim: Birinchi bosqich (1993 – 1997 – yillar). Xalqaro munosabatlarning sub’yekti sifatida yangi Chexiya mamlakatinig paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Bu davrda boshqaruvchi siyosiy elitalarning ideologik qarashlari asosan tashqi siyosat kurslariga taʼsir koʻrsatdi. Ikkinchi bosqich (1997 – 2003 – yillar). Bunga Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha rivojlanishning jadallashuvi xosdir. Chexiya Respublikasi tashqi siyosat kursiga taʼsir ancha susaydi. Chexiya xalqaro aloqalarining bayon etilgan koʻp tomonlama ekanligiga qaramasdan, Yevroatlantik strategiyasi bugun ham ustun kelmoqda. Uchinchi zamonaviy bosqich (2003 – yildan buyon). Chexiya tashqi siyosatini konsepsiyalashni, uzoq muddatli istiqbollar va qisqa muddatli rejalar qatori qurishni koʻzda tutadi. Tashqi siyosatni olib borishda asosiy oʻrinni bosh vazir va tashqi ishlar vaziri egallaydi. Rasman oxirgi qaror Prezidentga tegishli boʻlsada, boshqaruv shakli nuqtaʼI nazaridan toʻgʻri kelmaydigan davlat boshligʻining qarashlari koʻpincha inobatga olinmaydi. Aynan shuning uchun ikkala Chexiya Respublikasi Prezidentlari Vatslav Gavel (1993-2003) va Vatslav Klaus (2003-yildan buyon) kamdan – kam muhim tashqi siyosiy masalalar boʻyicha umumiylikka murojaat qilishgan. Bundan tashqari Chexiya tashqi siyosatida yana bir oʻziga xos tomon bor : U nihoyat darajada jonlantirib koʻrsatiladi. Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirining dasturiy bayonotiga muvofiq tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olingan:

  • Yevropa Ittifoqi doirasida integratsiyani rivojlantirish;

  • NATO, YI va BMT strukturalarida faol qatnashish;

  • Mintaqaviy hamkorlikning rivojlanishi uchun chegaradosh mamlakatlar bilan yaqin qoʻshnichilik munosabatlarini qoʻllab – quvvatlash;

  • Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama va koʻp tomonlamalik asosida boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish.

Bu kabi ustuvor yoʻnalishlarga muvofiq tashqi siyosatning bir necha geostrategik yoʻnalishlari ham belgilangan:

  • Yevropa siyosati;

  • Xavfsizlik sohasidagi siyosat;

  • Mintaqaviy hamkorlik;

  • Transatlanti mamlakatlaridan tashqaridagi mamlakatlar bilan munosabatlaridagi siyosat;

  • Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik.

Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada oʻzini oʻnglab olishi uchun unga YI, AQSH va Rossiya bilan mustahkam aloqalar zarur. Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining muhim aspektlari boʻlib iqtisodiy diplomatiya va xorijda mamlakatni shunday ataladigan namoyishi ataladi. 2003 – yilgi konsepsiyaga muvofiq ikki tomonlama va koʻp tomonlama munosabatlarda iqtisodiy diplomatiyanig parametrlari biroz cheklanadi. Biroq mamlakatni namoyish etishning istiqbolli metodi sifatida nohukumat darajada xalqaro hamkorlik ajralib turadi. 2005 – yilgi konsepsiya Chexiya Respublikasini xorijda yanada toʻliqroq namoyish etish masalalarini ochib beradi. Bunda chet el investitsiyalarini jalb etishni oshirish 1-navbatda turizm sektorini koʻzda tutadi. Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining yangi bosqichida bir necha ichki ziddiyatlarni qayd etish mumkin. „Markaziy Yevropada“ tashqi siyosiy "Vertikal qurishga " urinish hozircha ancha muvaffaqiyatsiz. AQSH tomonidan Chexiya va Polsha hududida raketa hujumidan mudofaa tizimi qurilishi toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan ilk paytlardayoq ushbu tashabbus qizgʻin munozaralarga sabab boʻlmoqda. Rossiya ushbu harakat ortida mintaqa xavfsizligi uchun katta bir xatarni koʻrdi. Rasmiy Vashington esa bu bor-yoʻgʻi raketa hujumi ehtimolida qoʻllanadigan tizim ekanini bildirdi. Oxir-oqibat, ushbu tashabbus har ikki davlat – Polsha va Chexiya tomonidan ham qoʻllab-quvvatlandi. Ayni paytda mudofaa borasida koʻp tomonlama siyosat olib borishga urinayotgan Chexiya rahbariyati oldida ana shu muhim masalada qatʼiy toʻxtamga kelish, milliy mustaqillik va xavfsizlik oʻrtasidagi oltin oʻrtaliqni topish vazifasi koʻndalang turibdi.
Xalqaro tashkilotga aʼzoligi
Chexiya Respublikasi siyosiy, gumanitar iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan barcha muhim regional tashkilotlar aʼzosi hisoblanadi. 90 – yillar boshlarida Varshava Shartnomasi va Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi qulaganidan soʻng Markaziy Yevropa mamlakatlari oʻz mintaqasi doirasida Yevropa Ittifoqiga keyingi integratsiyalar maqsadida ichki integratsiyalarni oʻtash zarurligini yaxshi angladilar. Aniq siyosiy xarakterga ega "Vishegrad gruppasi" ga 1991 – yil 15 – fevralda Polsha, Vengriya va sobiq Chexoslovakiya Respublikasi tomonidan tashkil qilindi. Bu umumiy manfaatlar sohasidagi hamkorlik boʻyicha mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Asosiy maqsad Markaziy Yevropaning erkin savdo hududini yaratish. Bundan tashqari bu tashkilot madaniyat, sanʼat, taʼlim va texnik sohalarni ham qamrab oladi. 1992-yilda Erkin savdo toʻgʻrisidagi Markaziy Yevropa shartnomasi (CEFTA) tuzildi. Maqsad – shu mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro iqrisodiy munosabatlarni liberalizatsiyalashdan iborat. Bugungi kunda asoschi davlatlardan tashqari (Vishegrad guruhi) Sloveniya, Bolgariya va Ruminiya kiradi. Bu shartnoma ochiq hisoblanadi unga aʼzo boʻlish uchun belgilangan shartlarni bajargan har qanday xohlagan davlatga imkon beradi. Markaziy va umumyevropa integratsiya yoʻnalishidagi bu davlatlar faolligiga qaramasdan ulardan har biri oʻzining milliy manfaati yoʻlida mustahkam turadi. Baʼzida ular oʻrtasida qandaydir raqobatni sezish mumkinki, ularning Gʻarbiy Yevropa strukturasiga integratsiya jarayoning 1-davrlarida aks etdi. Yevropa Ittifoqiga aʼzolik 1993-yilda Chexiya Respublikasi Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish istagini bildirgan. Aʼzolikka rasmiy arizasi 3 yildan keyin taqdim etildi. 2004-yil 1 – mayda Chexiya Respublikasi 9 ta nomzod mamlakatlar qatori Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlishga muyassar boʻldi va bu bilan aʼzo mamlakatlar soni 15 tadan 25 taga koʻpaydi. Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish bilan bir vaqtda Chexiya Respublikasi Shengen bitimini ham imzoladi va 2007-yil 21-dekabrdan Chexiyaning quruqlikdagi hamda 2008-yil mart oyi oxirlaridan xalqaro aeroportlarda ham chegara nazorati bekor qilindi. Chexiya Respublikasi uchun Yevropacha yoʻnalish 1-darajada turadi. U oʻz oldiga YI ga toʻla huquqli aʼzolikka erishish vazifasini qoʻygan. Mirek Topolanek hukumati Shengen zonasiga kirgandan soʻng, qisqa muddat ichida Chexiya Respublikasi maʼmuriy amoliyotini muvofiqlashtirish majburiyatini olgan edi. Chexiya Respublikasining Yevropa siyosatini bugungi kunda 2006-2007-yillar Tashqi Ishlar Vaziri boʻlgan Vitsepreizdent – Aleksandr Vondra oʻtamoqda. Chexiya Respublikasi 2009-yil boshidan 6 oy muddatga YI kengashi rais davlati boʻldi. Chexiya Respublikasi, Yevropa ittifoqi davr rahbarligini Fransiyadan davr oldi. Chexiya Respublikasi davlat rahbari Vatslav Klus, 6 oy mudatlik Yevropa ittifoqi davr rahbarligini yuritadi. Chexiya Respublikasi, vazifani 7-Yanvar kuni rasmiy marosim bilan Fransiyadan davr oladi. Yevropa ittifoqi davr rahbarligini Fransiyadan davr oladigan Praga boshqaruvi, davr rahbarligi boʻyicha, „kurraviy moliyaviy inqiroz“, „energiya“ va „tashqi aloqalar“ mavzulari ustida toʻxtalishi kutilmoqda. Chexiya Respublikasi raislik vazifalari hukumat dasturida toʻliq va aniq koʻrsatilgan:

  • Tashqi siyosatning uzoq vaqtli tamoyillaridan kelib chiqish;

  • Chexiya Respublikasi pozitsiyasi YIning boshqa aʼzolari pozitsiyasi bilan taqqoslaganda ancha kuchli koʻrinadigan masalalarni muhokama qilish uchun olgʻa surish;

  • YI va jahonda Chexiya Respublikasi obroʻsini oshirish;

  • Oʻz mamlakatida umumiy fikrga tayanish;

  • Siyosiy faoliyatning shaffofligini qoʻllab-quvvatlash.

Yevropa İttifoqi Davr Raisi Chexiya Respublikasi Tashqi İshlar Vaziri, Karel Schwarzenberg, Turkiya Yevropa İttifoqi aʼzoligini qoʻllab- quvatlaganligini bildirdi. France 24 Kanalining savollariga javob bergan Schwarzenberg, Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozyning nazariyalariga qoʻshilmaganliklarini bildirib, "Chexiya Respublikasi sifatida bizning rasmiy uslubimiz, Turkiyani Yevropa İttifoqiga aʼzo boʻlishi deb " aytganligini yozmoqda. Chexiya Tashqi İshlar Vaziri, AQSH Prezidentining Turkiyani Yevropa İttifoqi aʼzoligiga bergan himoyasi mavzusida esa, „ Yevropa İttifoqi bilan tegishli qarorlar Yevropa İttifoqi ichida olinadi. Baʼzan tashqaridan qilingan ijobiy talqinlar ham aksi jihatdan natija berishi mumkin“ dedi. Chexiya Respublikasi raisligi uchun " Yevropa toʻsiqlarsiz " shiori tanlandi. Biroq Lissabon strategiyasini amalga oshirish aniq muammoga aylandi. Prezident Vatslav Klaus Lissabon shartnomasiga qarshi parlamentda uni rad etishni va konstitutsion sudga yoʻnaltirishni bildirdi. Aslida Yevropa umumiy konstitutsiyasi proekti 2005-yil fransiya va Niderlandiyadagi umumiy saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Undan soʻng 2008-yilda Irlandiyada shunday ahvol kuzatildi. 2009-yilfa esa Irlandiya bunga roziligini berdi. Keyingi yillarda chexiya ham oʻz noroziligini bildirdi va nihoyat 2009-yilning noyabr oyi boshida Chexiya Respublikasi Prezidenti V. Klaus Lissabon Shartnomasini oxirgi boʻlib ratifikatsiya qildi va u 1-dekabrdan kuchga kirdi. Chexiyaning Yevropa valyutasiga oʻtish masalasini koʻradigan boʻlsak, Chexiya prezidenti Vaslav Klaus 2007-yil 27-aprelda bu masala yuzasidan referendum oʻtkazishga chaqirdi. Klausning fikricha, referendumda Chexiya aholisining koʻpchiligi milliy valyuta – kronadan voz kechishga xohish bildirgan taqdirda mamlakat yevro hududiga kirishi kerak. Chexiyada chiqadigan qator gazeta va jurnallar sahifalarida Klausning shu mavzudagi maqolasi chop etildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: „Har qanday milliy valyuta davlatning muhim ramzidir. Mazkur ramzdan voz kechish masalasini faqat mamlakat fuqarolari hal qiladi“.
Xabarlarga koʻra, Chexiya moliya vazirligi mamlakatning yevro hududiga oʻtish muddatini 2012-yilga belgilamoqda. BMT ga aʼzoligi Bizga maʼlumki, BMT I-Jahon Urushidan keyin tasdiqlangan Millatlar Ligasi faoliyatini davom ettirdi. 1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskodagi Chexoslovakiya vakolatxonasi 49 davlat bilan birgalikda BMTning Nizomini imzoladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OECD)ga aʼzoligi 1995-yil 21-dekabr, Chexiya Respublikasi rasman bu tashkilotga aʼzo boʻldi, biroq unga aʼzo boʻlish harakati bir necha yil avval boshlangan edi.
NATO ga aʼzoligi
1999-yil 12-mart Chexiya Respublikasi NATO xavfsizlik tizimiga aʼzo boʻldi. Unga aʼzo boʻlishga qadar davlat birlashgan delegat maqomiga erishgan edi va tashkilotning „Tinchlik uchun sherikchilik“ dasturiga qoʻshildi. AQSH bilan bir necha harbiy-siyosiy oʻzaro faoliyat chizigʻiga ega munosabatlar asosiy oʻrinni egallaydi: NATO doirasida sherikchilik Afgʻoniston va Iroq missiyalarida ishtirok etish va terrorizmga qarshi kurash. NATOga aʼzo boʻlgach Chexiya Respublikasi Ittifoq bayrogʻi ostida xorijiy harbiy va insonparvarlik missiyalariga qatnashib kelmoqda. Chexiya askarlari bugungi kunda NATO buyrugʻi ostida Kosova va Afgʻonistonda ish yuritmoqda. Chexiya harbiy missiyasi Afgʻonistonfa 2002-yildan amalga oshirilmoqda. Ularning asosiy vazifalari radio-kimyoviy himoya bilan bogʻliq. Iroqda ham 2003 – yil mart oyidan chex askarlari harbiy ob’yektlarni himoyalash funksiyasini oʻtamoqda. Vashington bilan iki tomonlama munosabatlar oxirga paytda ikki muhim mavzuda namoyon boʻlmoqda: AQSHning raketa hujumidan mudofaa tizimini joylashtirish va Chexiya fuqarolarinign AQSH ga chqishda viza tartibining bekor qilinishi bilan bogʻliq. Viza muammosi yetarli darajada muvaffaqiyatga erishdi. Lekin Yevropaning koʻpgina siyosatshunos olimlari Chexiya Respublikasi tashabbusini umumyevropa birdamligini buzish deb qaramoqda. 2008 – yil noyabr oyidan boshlab Chexiya Respublikasi fuqarolarida AQSH ga chiqish uchun viza olishga hojat qolmadi. Vashington 2007 – yil yanvarda rasman mamlakatda raketa hujumidan mudofaa tizimini joylashtirish taklifi bilan Chexiya Respublikasi hukumatiga murojaat qilgan edi. Muzokaralar jarayonida shu narsa aʼyon boʻldiki Chexiya Respublikasi fuqarolarining katta qismi bu gʻoyani qoʻllamasligiga qaramasdan, Chexiya Respublikasi hukumati Vashingtonga yon berishga intilmoqda. Chexiya hududida AQSH harbiy bazasini bunyod etilishi mamlakatning milly suverenitetiga daxldor boʻlgan masaladir. Bu muhim savollarga esa odatda referendum yoʻli bilan javob topilishi lozim. Rossiya va boshqa MDH mamlakatlari bilan munosabatlar „muhim“ deb qaraladi, lekin ular ustuvor deb eʼtirof etilmaydi. Rossiya, Ukraina va boshqa MDH davlatlari bilan harbiy – strategik masalalarni Chexiya NATO va OSCE (Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) doirasida muhokama qiladi. Rossiya bilan munosabatlardagi eng muhim masalalar keyingi kelajakda " Radar muammosi "dagi qarama-qarshiliklar va Kavkazdagi mojarolarni hal qilish boʻlib turibdi. AQSh prezidenti Barak Obama Jorj Bush davrida ishlab chiqilgan reja – Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi oʻrnatish qarorini oʻzgartirib, Chexiya va Polshada bunday yirik qurilmalar oʻrnatilmaydi demoqda. Amerika muqobil usullar ustida oʻylanmoqda. Obamaning aytishicha, AQSh va Yevropa birinchi navbatda qisqa va oʻrta masofaga uchadigan raketadan himoyalanishi kerak. Eron aynan shu xildagi qurolni sinovdan oʻtkazgan. Bush paytidan qolgan loyihaga qarshilik bildirib kelgan Rossiya Obamaning qaroridan mamnun. AQSh Mudofaa vaziri Robert Geytsning aytishicha, Yevropa shimoli va janubida (Polsha va Chexiyada) sensor va raketani nishonga oluvchi qurilmalar joylash, shuningdek dengiz kuchlarini ishga solish muhokamada. Oʻz navbatida AQSh va Rossiya generallari Vashingtonning Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish rejasini muhokama qilishda davom etmoqda. Rossiya tizim unga qarshi qaratilgan degan fikrda. Amerika esa tizimdan maqsad Erondan Yevropaga chiqarilishi mumkin boʻlgan raketa hujumi ehtimolining oldini olishdan iborat, deydi. AQSh taklif qilayotgan raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi Polsha va Chexiyada oʻrnatiladi. Tizim sobiq Sovet Ittifoqi chegaralari yaqinida joylashadi. Rossiya strategik raketa kuchlari qoʻmondoni general Nikolay Solovsov tizimni Rossiyaga tahdid deb biladi. Agar Polsha va Chexiya hukumatlari AQSh tizimining oʻz hududida joylashtirilishiga ijozat bersa, Rossiya mazkur davlatlarni potensial nishon sifatida koʻradi, deydi general. AQSh Davlat kotibi Kondoliza Rays general Solovsovning mulohazalarini „nooʻrin“ deb atadi. „Menimcha, Eron yadro dasturi kasb etgan xavf barchaga ravshan. Shunga yarasha chora koʻrilishi tabiiy. Biz oʻz xavfsizligimizni taʼminlamoqchimiz“, dedi Kondoliza Rays. Agar Eron Amerikaga qitʼalararo raketa hujumini amalga oshiradigan boʻlsa, Polsha va Chexiya raketani urib tushirish uchun eng qulay joy hisoblanadi. AQSh raketa mudofaasi agentligi direktori general-leytenant Genri Oberingning soʻzlariga qaraganda, mudofaa tizimi oʻz ichiga Yevropada 10 ta, Alyaskada 40 ta va Kaliforniyada 4 ta raketa urib tushirish moslamalarini oladi. „Qurilish ishlari taxminan 3-4 yil oladi“, deydi AQSh generali. AQSh rasmiylarining taʼkidlashicha, Rossiya Qoʻshma Shtatlarning bu rejalaridan ancha avval xabardor qilingan va Vashington bu masalada Moskva bilan muzokara qilishda davom etadi. Qoʻshma Shtatlar Rossiyaning Polsha yaqinida qisqa masofali ballistik raketalar oʻrnatish rejasiga norozilik bildirmoqda. Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning aytishicha, Rossiyaning bu harakati AQShning Polsha va Chexiyada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini oʻrnatish rejasiga javobdir. Dmitriy Medvedev Rossiya raketalarini Kaliningradda, Polsha va Litva chegarasiga yaqin joyda oʻrnatmoqchi. Nishonni 300 kilometrgacha boʻlgan masofadan turib urib tushiradigan „Iskandar“ deb nomlanuvchi bu raketalar AQSh mudofaa tizimiga qarama-qarshi qoʻyilmoqda. Bundan tashqari, deydi Medvedev, AQShning Chexiya va Polshadagi tizimiga Rossiya elektron toʻsiq qoʻyishga harakat qiladi. Davlat departamenti soʻzlovchisi Shon Makkormakning aytishicha, AQSh tizimi Rossiyaga qarshi qaratilgan emas va Kreml buni tushunishi kerak. "Rossiya qaroridan norozimiz. Chunki Chexiya va Polshadagi mudofaa tizimi Eron kabi davlatlar hujumidan himoya qilishga qaratilgan. Rossiya tizimdan xavotirlanmasa ham boʻladi, chunki u Polshaga qoʻyiladigan oz sonli raketalarni bemalol urib tushira oladi, " deydi Makkormak. Pentagon rasmiylari Kremlni tinchlantirishga urinib, Rossiyaga oʻz mudofaa tizimini nazorat qilishni taklif qilganini taʼkidlaydi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling