2023 y Guruh 204 talaba Eshpo‘latov Hasan


Chexiya (chex.: Česko, talaffuzi: Chesko), Chex Respublikasi


Download 1.12 Mb.
bet3/7
Sana04.05.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1424623
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi Hasan

Chexiya (chex.: Česko, talaffuzi: Chesko), Chex Respublikasi (chex.: Česká republika (ČR), talaffuzi: Cheska republika) markaziy Yevropadagi davlat. Poytaxti Praga shahri. Chexiya gʻarbdan Germaniya (810 km.), shimoldan Polsha (762 km.), sharqdan Slovakiya (252 km.) va janubdan Avstriya (466 km.) davlatlari bilan chegaraga ega. Chexiya 3 ta yirik tarixiy viloyatlarga boʻlinadi – Chex, Morava va Slezska. Chexiya 10 milliondan ortiq (2008) aholiga ega. Barchamizga maʼlumki, Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan, rivojlanib kelayotgan yosh mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada ushbu davlatning bu kunga qadar bosib oʻtgan yoʻllari va bugungi kundagi istiqbollari haqida gap boradi. Bunda Chexiyaning qanday mustaqil davlatga aylangani, sobiq Chexoslovakiya tarkibida boʻlganda qanday amaliy kasb etganligi koʻzda tutilgan. Ushbu maqolada bundan tashqari, Chexiyaning xalqaro munosabatlar sub’yekti sifatida namoyon boʻlishi, boshqa davlatlar, xususan Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalari toʻgʻrisida soʻz yuritilgan. Maqolaning maqsadi shundan iboratki, u Markaziy Yevropa mintaqasiga kiruvchi kichik davlat-Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining yangi yoʻnalishlarini tahlil qiladi. Postsovet hamjamiyati davlatlari, jumladan Chexiya bilan bevosita bogʻliq XX asr oxirlaridagi oʻzgarishlardan keyin bu davlatlarning Yevropa va transatlantika strukturalariga integratsiyalashuv jarayoni boshlandi. Xullas, Chexiya Respublikasining bugungi kunga qadar bosib oʻtgan barcha rivojlanish yoʻnalishlari yoritib berilgan. Shu oʻrinda men Chexiya Respublikasining 1- Prezidentining quyidagi soʻzlarini keltirib oʻtmoqchiman: „Har bir koʻchada ikkitadan non doʻkoni, bir juft shirinliklar doʻkoni, ikkita pivo bari va koʻplab magazinlar boʻlishi lozim, asosiysi ularning hammasi xususiy boʻlishi kerak.“
Tarixi
Chexiya Respublikasi tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, chex yerlari dastlab IX asr oxirida, bu yerlar birlashgan vaqtdan beri maʼlum. Oʻsha davrlarda Chexiya qirolligi sezilarli darajada kuchga ega edi, lekin diniy konfliktlar (XV asrdagi gusit urushlari va XVII asrdagi oʻttiz yillik urush kabilar) qirollikni barbod qildi. Keyinchalik u Gabsburglar taʼsiriga tushadi va Avstriya-Vengriyaning bir qismiga aylanadi.
Chexiyaning davlat sifatida shakllanishi 9-asr ikkinchi yarmiga borib taqaladi. 1526–1918-yillarda Chexiya Avstriya monarxiyasi. I – Jahon Urushidan keyin bu davlatning barbod boʻlishi natijasida Chexiya, Slovakiya va Karpat rusi birlashdilar va mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tuzdilar. Bu voqea Antanta davlatlarining aktiv qoʻllab – quvvatlashi bilan 1918-yil noyabrda yuz berdi. Chexiya Respublikasining 1 – Prezidenti etib Tomash Garrig Masarik saylandi. Bu davlatda yetarli darajada nemis millatiga mansub kishilar istiqomat qilishgan va bu narsa Chexoslovakiyaning qaytadan shakllanishiga sabab boʻldi. Oʻshanda Germaniya 1938-yil Myunxen bitimiga binoan Sudet viloyatini anneksiya qilishga erishdi va bu Slovakiyaning ajralishiga olib keldi. Chexiya hududi esa Germaniya tomonidan 1939-yil okkupatsiya zonasiga aylantirildi(Bogemiya va Moraviya protektoratlari). II – Jahon Urushidan Chexoslovakiya Sovet ittifoqi taʼsiriga tushadi. 1968-yilda Aleksandr Dubchek boshchiligidagi mamlakat liderlarining partiya boshqaruvini liberallashtirishga va " Praga bahori " inqilobi paytida „insoniy shaxs sotsializmini“ qurishga urinishlari Varshava Shartnomasiga binoan armiya hujumlari bilan tugadi. 1989-yili Chexoslovakiya “ Baxmal “ revolyutsiyasi oqibatida rivojlanishning sotsializm yoʻnalishidan voz kechdi. 1993-yil 1- yanvarda mamlakat tinch yoʻl bilan 2 qismga boʻlindi va Chexiya va Slovakiya mustaqil Respublikalari tashkil topdi. 1918 – 1992-(ikkinchi jahon urushi davridan tashqari) yillarda esa Chexoslovakiya davlati tarkibida boʻlgan. 1969 yil 1-yanvarda rasman suveren davlat sifatida Chexoslovakiya sotsialistik respublikasi tarkibida federativ Chexiya sotsialistik respublikasi (1990 yildan boshlab Chexiya respublikasi) tashkil topgan. 1993-yil 1-yanvardan boshlab Chexiya mustaqil davlat deb eʼlon qilindi; shuningdek shu kundan boshlab Chexiya respublikasi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
Chexiya suveren, demokratik va parlamentli respublikadir. Davlat boshligʻi prezident. Ikki palatali qonun chiqaruvchi davlat organiga ega. Chexiya NATO va Yevropa Ittifoqi aʼzosi.
Maʼmuriy boʻlinishi
Chexiya 13 ta (kraj) viloyatga boʻlinadi:

Maʼmuriy boʻlinishi
Ahol. = Aholisi; Ahol.zich. = Aholi zichligi;
YaIM = Yalpi Ichki Mahsulot (million CZK); YaIM / kishi = YaIM / kishi boshiga (CZK da)






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling