2023-yil 10-yanvardan 2023 -yil 19-yanvarga qadar bo'lib o'tadigan katta. Uz
Download 96.08 Kb. Pdf ko'rish
|
raffle-46-uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. Goliblarni aniqlash Tartibi
- 12. Tanlov Sovrinlarini olish tartibi va muddatlari
10. Aksiyada ishtirok
etish tartibi 10.1. Fuqaro jami quyidagi harakatlarni bajargan holda Tanlovda ishtiroki haqiqiy hisoblanadi: 10.1.1. Apple Store yoki Google Play’dan «Katta.uz» mobil ilovasini yuklab oladi. 10.1.2. Agar shu vaqtgacha «Unitel» MChJ abonenti bo'lmagan bo'lsa, uning abonentiga aylanadi. 10.1.3. «Katta.uz» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish jarayonini amalga oshiradi. 10.1.4. «Katta.uz» ilovasida havolalari ko'rsatilgan mobil o'yinlarni yuklab oladi. 10.1.5. Mobil o'yinlarda avtorizatsiyadan o'tadi. 10.1.6. Mobil oʻyinlarni oʻtishni boshlaydi va bosqichlarni muvaffaqiyatli yakunlagani uchun beriladigan va Katta.uz mobil ilovasida liderbordda koʻrsatiladigan ballarni toʻplaydi. 10.2. Ishtirokchi ushbu Shartlarning 10.1.-bandida ko'rsatilgan barcha harakatlarni amalga oshirganidan so'ng, fuqaro Tanlov Ishtirokchisi deb e'tirof etiladi. 11. G'oliblarni aniqlash Tartibi 11.1. Tanlov yakunida (aniq bir soniyagacha) liderbord «Total» (https://katta.uz/uz/leaderboard/total) hisobga olinadi. Tizim foydalanuvchilarni egallagan o'rinlariga ko'ra tanlaydi va ularga sovrin tayinlaydi. Xizmat operatorlari tomonidan Foydalanuvchilar Tanlovning barcha talablariga muvofiqligi tekshiriladi. G'olib o'yin qoidalari yoki shartlarini buzganligi aniqlangan taqdirda, G'olib almashtiriladi. G‘olib 24 soat ichida «Katta.uz» mobil ilovasida yoki https://katta.uz/ veb-saytida e’lon qilinadi. 12. Tanlov Sovrinlarini olish tartibi va muddatlari 12.1. Tanlov Ishtirokchisi Tashkilotchi va/yoki Ijrochining telefon qo'ng'iroqlariga javob bermagan yoki Tashkilotchiga o'zi qo'ng'iroq qilmagan va boshqa yo'llar bilan bog'lanmagan yoki biron sababga ko'ra Sovrinni olishdan bosh tortgan hollarda, Tashkilotchi yutuqni bekor qilish huquqini o'zida saqlab qoladi. 12.2. Tanlovga da'vo qilishning muddatlari: 5.1.-bandda ko'rsatilgan Tanlovning oxirgi kunidan kechiktirmagan holda. 12.3. Sovrinni olish uchun G‘olib – abonent raqami Egasi «Unitel» MChJ ofisiga kelishi kerak. O'zi bilan birga ALBATTA pasport yoki ID karta va Soliq Qoʻmitasi bazasida JSHSHIR raqami boʻlmagan taqdirda, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'yicha tuman boʻlimi (pasport stoli)dan JSHSHIR roʻyxatdan oʻtgan haqida guvohnoma boʻlishi kerak. 12.4. Sovrin O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq G‘olib nomiga rasmiylashtiriladi, bunda Operator yoki Tashkilotchi soliqlarni qoplaydi. Qolgan xarajatlar G‘olib tomonidan qoplanadi. 12.5. G'olib e'lon qilingan paytda Operator yoki Tashkilotchi Abonent raqamiga qo'ng'iroq qilish orqali G'olib bilan bog'lana olmagan taqdirda, G'olib e'lon qilingan kundan boshlab 15 (o'n besh) kalendar kun ichida G'olib aloqaga chiqishi kerak. Download 96.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling