2023-yil 14-iyun 20-11-02/3/6/190-son Buxoro shahar, Mirzo G‘ofur ko‘chasi
Download 7.79 Kb. Pdf ko'rish
|
2023-yil 14-iyun 20-11-02/3/6/190-son Buxoro shahar, Mirzo G‘ofur ko‘chasi, 53/a-uyda yashovchi fuqaro Z.Bakiyevaga Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan murojaatingiz ko‘rib chiqilib, quyidagilar ma’lum qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning o‘zigagina berilishi mumkinligi, amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida bo‘lgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan berilishi, notariuslar tomonidan shuningdek manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin-vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar berilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 488-moddasida sotuvchi sotib olganidan keyin qonunga muvofiq uy-joy binosidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasining muhim sharti ekanligi –– bu shaxslarning ro‘yxatini sotilayotgan uy-joy binosidan foydalanish huquqlari ko‘rsatilgan holda tuzishdan iborat ekanligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 39-moddasida amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad еtish to‘g‘risidagi qarorni noto‘g‘ri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqliligi belgilangan. Mazkur javobdan norozi bo lsangiz, yuqori turuvchi organga yoki bevosita tegishli ʻ sudga murojaat qilish huquqingiz mavjudligi tushuntiriladi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Q.Xolov Ijrochi: J.Ashurov tel: 0365-223-09-90 Download 7.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling