2023-yil 14-noyabr Denov tumani
Download 12.07 Kb.
|
1-MAKTAB BAYONNOMASI 14-NOYABR
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI XORIJIY TILLAR NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI MUDIRI QODIROVA MUQADDASNING DENOV TUMANI 1-MAKTABDA FAOLIYAT JARAYONLARINI TASHKIL ETISHNING SAMARALI USULLARI, METODLARI HAMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH BO’YICHA METODIK YORDAM KO’RSATISHGA BAG’ISHLANGAN SEMINAR-TRENING BAYONNOMASI 2023-yil 14-noyabr Denov tumani Qatnashdilar: Termiz davlat pedagogika instituti, Xorijiy til va adabiyoti fakulteti, Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri f.f.f.n (PhD), dotsent M.Qodirova, Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi o’qituvchilari hamda kafedra o’qituvchilari, Denov tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori , direktor o`rinbosari va o`qituvchilari. KUN TARTIBI: Termiz davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti fakulteti hamda Denov tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish, hamkorlik uchun barcha shart sharoitlar yaratib berish; O’quvchilar bilan o’tkazilgan ochiq muloqot muhokamasi; Termiz davlat pedagogika instituti professor-o’qituvchilari tomonidan umumta’lim maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga metodik va ilmiy jihatdan yordam ko’rsatish. Eshitildi: Bugungi kun tartibining birinchi masalasi yuzasidan ta’lim sifatiga qaratilayotgan e’tibor kuchayganligini va ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar tog`risida to`xtalib, Respublikadagi Oliy ta’lim muassasalari bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish hozirgi zamon talabi ekanligi aytib o’tildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan maktab direktori Qorayev Arslonbek so’zga chiqib, institut professor-o’qituvchilari umumta’lim maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga metodik yordam ko’rsatish bo’yicha yo’l xaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash, institut va umumta’lim maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rtasida hamkorlik rejalarini aniq belgilashning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida aytib o’tdi. Termiz davlat pedagogika instituti xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri f.f.f.d(PhD), dotsent Qodirova Muqaddas so’zga chiqib, Denov tuman 1- maktabiga metodik va ilmiy jihatdan yordam berish dasturi as da “Umumta’lim maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi o’qitısh metodikalami qo’llash” mavzusida pedagoglarga seminar treninglar tashkil qilish kerakligini aytib o’tdi. Kelgusida maktab o’qituvchilari bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlarini batafsil kelishib olindi. Davra suhbatida ayni vaqtda pedagog-o’qituvchi1arning dars jarayonida qanday kamchiliklar borligi va dars jarayonida qanday metodlar va mahoratlar kerakligi to’g’risida suhbatlashdi. Maktab o’qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish, o’quv-uslubiy ishlanmalar yaratish, oliy ta’1im muassasasi o’qituvchilaridan aman yordam olib dasrliklar yaratish bo’yicha kelishib olindi. Ko’rsatilgan masalalarga to’liq e’tibor qaratilganligini va bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan ochiq muloqot erkin do’stona ruhda olib borilganligi hamda bu darslar o`qituvchilarda ham katta taassurot qoldirganini bildirib o’tdi. Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflarga asosan yig`ilishda QAROR QILINDI: Termiz davlat pedagogika instituti professor-o’qituvchilari tomonidan umumta’lim maktab hamda maktabgacha ta’1im tashkilotlariga metodik va ilmiy jihatdan yordam ko’rsatish chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlansin. Termiz davlat pedagogika instituti va Denov tumani 1-maktab ilmiy metodik va ilmiy jihatdan qo’llab quvvatlash bo’yicha yo’l xaritasini ishlab chiqilsin. Termiz davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri, f.f.f.d(PhD) , dotsent Qodirova Muqaddas va 1-maktab o’qituvchi1ari bilan hamkorlikda “Umumta’1im maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o’qitish metodikalarni qo’llash” mavzusida davra suhbati olib borilsin. Yig`ilish raisi: Qorayev A.Z Yig`ilish kotibi: F.Shaymardanova Download 12.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling