2023 yil. Farg’ona politexnika instituti fakulteti guruh talabasi


To‘lov balansi muvozanatini ta’minlash


Download 287.79 Kb.
bet4/8
Sana09.05.2023
Hajmi287.79 Kb.
#1447964
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TO‘LOV BALANSI VA UNI TARTIBGA SOLISH

1.2 To‘lov balansi muvozanatini ta’minlash
To‘lov balansi muvozanatini ta’minlash uchun joriy hisoblar va kapital harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur bo‘ladi. Markaziy Bank valyuta interventsiyasini amalga oshirish chorasini ko‘rmasa, va rasmiy valyuta zahiralari miqdorini o‘zgartirmasa to‘lov balansi hisoblarini valyuta kursining erkin tebranishi hisobiga o‘zaro tartibga solish amalga oshiriladi.
Bunday sharoitda kapital oqib kelishi sababli milliy valyutaning qimmatlashuvi, kapital chiqib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi ro‘y beradi. Valyuta kursining erkin tebranishi to‘lov balansining joriy va kapital hisoblarini avtomatik ravishda mutanosiblashtirish mexanizmi hisoblanadi.
Erkin tebranuvchi valyuta kursi tarafdorlari ta’kidlashicha, to‘lov balansining ortiqchaligi yoki taqchilligi bunday vaziyatlarda tez orada barham topadi. Valyuta kurslarining erkin harakati to‘lov balansining ortiqchaligi yoki kamomadini yo‘qotadi.
O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy Bankni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki rasmiy valyuta zaxiralari bir vaqtning o‘zida ham to‘lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun etarli bo‘lmasligi mumkin.
Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yo‘lidir.
Qisqa istiqbolda to‘lov balansi qoldig’i jamg’arish va investitsiyalar hajmlarini belgilovchi omillar (masalan byudjet soliq siyosati, foiz stavkalari) ta’sirida o‘zgarishi mumkin.
Agar mamlakatda rag’batlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa bu hol milliy jamg’armalarning pasayishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha taqchillikka, kapital harakat hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa olib keladi.
Cheklovchi fiskal siyosat milliy jamg’armalar hajmlarini oshiradi, bu o‘z navbatida kapital harakati hisobi bo‘yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa olib keladi.
Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo‘yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi.
To‘lov balansining aktiv-(musbat) qoldig’i esa Markaziy bankning rasmiy valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta zaxiralarini to‘ldirish uchun chet el valyutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa iqtisodiyotga (investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o‘sishga) rag’batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan bunday operatsiyalar rasmiy rezervlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar natijasida to‘lov balansi qoldig’i nolga tenglashishi kerak.
To‘lov balansining aktiv qoldig’i yoki taqchilligi mamlakat iqtisodiyoti xususiyatlariga qarab turlicha narxlanishi mumkin.
Valyutasi xalqaro hisob-kitoblarda, hamda boshqa mamlakatlar zahira valyutasi sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun to‘lov balansi taqchil bo‘lishi tabiiy hol hisoblanadi.

Download 287.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling