2023 yil. Farg’ona politexnika instituti fakulteti guruh talabasi


Tovarlar importining asosiy mamlakatlari


Download 287.79 Kb.
bet7/8
Sana09.05.2023
Hajmi287.79 Kb.
#1447964
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TO‘LOV BALANSI VA UNI TARTIBGA SOLISH

Tovarlar importining asosiy mamlakatlari
XULOSA
To‘lov balansining davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
Birinchidan, to‘lov balansiga muvozanatsizlik xos bo‘lib, bu holat yoki defitsit, yoki haddan tashqari aktiv qoldiq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu nomutanosiblik valyuta kursi dinamikasiga, kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, AQSh, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy valyuta bilan qoplash natijasida, inflyatsiyani boshqa davlatlarga eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70-yillarida Bretton- vuds tizimining izdan chiqishiga olib keldi.
Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin-deviz standarti joriy qilingandan so‘ng, to‘lov balansini muvozanatlashtirishning baho mexanizmi ish bermay qo‘ydi. Shu sababli ham, to‘lov balansini davlat tomonidan ma’lum tadbirlar orqali boshqarilishi maqsadga muvofiq bo‘lib qoldi.
2022 yilning I choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining shakllanishiga ichki va tashqi bozorlardagi iqtisodiy faollikning tobora oshishi, tashqi savdo aylanmasi va pul o‘tkazmalari xajmlarining o‘sishi hamda dunyodagi geosiyosiy beqarorlik kabi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Yuqoridagi omillar ta’sirida 2022 yilning I choragi uchun joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 843,7 mln. dollar (2021 yilning I choragida 2,1 mlrd. dollar). Bunda, savdo balansining (tovarlar va xizmatlar) manfiy saldosi (2,1 mlrd. dollar) birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi (1,3 mlrd. dollar) hisobiga qisman qoplandi.
Moliyaviy hisobning manfiy saldosi 1,1 mlrd. dollarni (2021 yilning I choragida 2,1 mlrd. dollar) tashkil etib, bu ko‘rsatkich rezidentlarning moliyaviy aktivlari 427,9 mln. dollarga qisqarishi, majburiyatlari esa 638,2 mln. dollarga o‘sishi tufayli hosil bo‘ldi. Bunda, moliyaviy hisob defitsitining qisqarishi asosan valyuta zahiralarining ortishi hamda kreditlar va qarzlar bo‘yicha majburiyatlarning kamayishi bilan izohlanadi.

Download 287.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling