2023-yil Reja: O‘qish darslarining maqsad va vazifalari
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari
Download 148.69 Kb.
|
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarining o\'qish malakasini shakillantirish metodikasi
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:
1. O‘quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan voqeahodisalarni o‘quvchilar o‘z hayotlarida kuzatganlari bilan bog‘lay olishlariga sharoit yaratish. Buning uchun qo‘llanmaning metodik maslahatlar qismidan foydalanish yaxshi samara beradi. 2. Yozuvchining hayoti bilan elementlar tarzida tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga, ijodiga qiziqish uyg‘otish. 1-sinfda o‘qish darslarining vazifasi va o‘quvchilarning o‘qish malakasini takomillashtirish O‘qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O‘qishni bilmagan odamning ko‘zi ojiz kishidan farqi yo‘q. O‘qish faoliyati boshlang‘ich sinfl arda barcha fanlarda amalga oshiriladi, lekin o‘qishga o‘rgatish o‘qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi o‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. O‘quv materialining hajmini oshirib yuborish, tinmay bir maromdagi o‘qishni tashkil etish bolani o‘qish mashg‘ulotidan bezdiradi. O‘quvchilarni qiziqarli topshiriqlar, didaktik o‘yinlar asosida o‘qitish o‘qishga o‘yin tusini beradi. Bola o‘ynab charchamagandek, o‘qib charchaganini sezmaydi. 1-sinfda o‘qish darslari bir qancha vazifalarni bajaradi: O‘quvchilar asar mazmunini to‘g‘ri idrok etishlari, bilimlarni mukammal egallashlari, hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi. Tayyorgarlik ishlarining vazifalari: 1. O‘quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan voqeahodisalarni o‘quvchilar o‘z hayotlarida kuzatganlari bilan bog‘lay olishlariga sharoit yaratish. Buning uchun qo‘llanmaning metodik maslahatlar qismidan foydalanish yaxshi samara beradi. 2. Yozuvchining hayoti bilan elementlar tarzida tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga, ijodiga qiziqish uyg‘otish. qiyin o‘rinlarni belgilashi va o‘qishni differensial usulda tashkil etishi, ya’ni o‘qilishi qiyinroq o‘rinlarni yaxshiroq o‘qiydigan o‘quvchilarga, oson o‘qiladigan o‘rinlarni o‘qish malakasi bo‘sh o‘quvchilarga o‘qitishni mo‘ljallashi lozim. Bo‘g‘in tuzilishi murakkab so‘zlarni kartonga solib yoki xattaxtaga bo‘g‘inlarga bo‘lib yozish, jo‘r o‘qitish usulidan foydalanish, so‘z ma’nosini izohlash yo‘li bilan to‘g‘ri o‘qishni amalga oshirish kerak. 1-sinfda o‘qishning ovoz chiqarib, ba’zan shivirlab o‘qish turidan foydalanish talab etiladi. Chunki o‘qituvchi o‘quvchilarning to‘g‘ri o‘qishini hisobga olish va to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. O‘quvchilarning o‘qish tezligini oshirish . O‘qituvchi 1-sinfning 2-yarim yilligida o‘quvchining bir daqiqada 20-25 so‘zni o‘qiy oilshiga erishishi kerak. Bu o‘qish tezligi o‘quvchilarning asar mazmunini o‘zlashtirishini ta’minlashi lozim. Lekin o‘qish tezligi har bir o‘quvchiinng og‘zaki nutq tempiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘qituvchining diqqat mazkazida bo‘lishi kerak. Sekin gapiradigan bola ravon, to‘g‘ri o‘qisa-yu, bir daqiqada 22-23 so‘z o‘qisa, uni o‘qish talabini bajarmadi deb bo‘lmaydi. O‘quvchilarning o‘qish sur‘atini tezlashtirish uchun turli topshiriqlar asosida o‘qishni mashq qilish, o‘quvchida o‘qishga qiziqish uyg‘otish, rollarga bo‘lib o‘qitish, dialogli matnlarni avval tez o‘qiydigan o‘quvchiga, so‘ng sekin o‘qiydigan o‘quvchiga taqsimlash kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. 1-sinfdanoq ongli o‘qish talab etiladi. Buning uchun darslikka kompozitsion qurilishi sodda, voqealari bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan asarlar tanlanadi. Dars jarayonida asar matnini tahlil qilishga e’tiborni kuchaytirish, asar tahlilini o‘qish bilan bog‘liq holda uyushtirish, tahlilda savollarning aniq, tushunarli va izchil bo‘lishiga e’tibor beriladi. O‘quvchilardan berilgan savollarga to‘g‘ri javob olingandagina o‘qishni ongli deyish mumkin. O‘quvchilar to‘g‘ri, ongli o‘qishni egallagan taqdirdagina ifodali o‘qiy oladilar. Ifodali o‘qishga o‘rgatish o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshiriladi. 1-sinf o‘quvchilari o‘qishni bilishini namoyish etish maqsadida qichqirib o‘qiydi. Bu o‘quvchi sog‘ligiga salbiy ta’sir etadi, eshituvchini charchatadi. Qichqirish tufayli o‘quvchining nafasi yetmay, o‘qishni oxirigacha davom ettira olmaydi. Shuni hisobga olgan holda o‘qituvchi o‘quvchilarga nafasni O’qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari O’qish malakalari deganda badiiy asar matnini to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qish tushuniladi. O’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O’qish malakasining sifatlari o’zaro bog’liq bo’lib, ularning asosi ongli o’qish hisoblanadi. O’quvchi matnni tez va to ‘g ‘ri o ‘qisa-yu, anglab o’qimasa yoki uning tez o’qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to’g’ri o’qisa-yu, o’ta sekin o’qisa, nutq birliklari orasida to’xtamlarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to’g’ri o’qish ongli o’qishga xizmat qiladi, to’g’ri, tez va ongli o’qish esa ifodali o’qishning asosi hisoblanadi. Download 148.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling