Kompyuterda ishlash tezligini oshirish va qimmatli vaqtimizni tejash uchun “qaynoq” klavishalar yordam beradi. Shunday kombinatsiyalar borki, ular tez-tez ishlatiladi, ayniqsa ular matnni tahrirlagan paytimizda zarur hisoblanadi.
Microsoft Word bilan ishlashingizni osonlashtirish maqsadida sizga ushbu klavishalar kombinatsiyalarini keltiramiz:
Hujjatlar bilan ishlash (Работа с документами)
Hujjatlar bilan bajariladigan asosiy operatsiyalar:
Ctrl+N – Yangi hujjat yaratish yoki dasturning yangi oynasini ochish (New Document);
Ctrl+O (Ctrl+F12) – Hujjatni ochish (Open Document);
Ctrl+S (Shift+F12) – Hujjatni saqlash (Save Document);
F12 – Hujjatni Сохранить как (Save as) funksiyasi yordamida saqlash;
Ctrl+P – Hujjatni chop etish (Print Document);
Ctrl+F4 (Ctrl+W) – Ko‘p hujjatli dasturlarda (Office va boshq.) hujjatni yopish (dasturning o‘zini emas, balki aynan joriy hujjatni yopish).
Hujjatlar va panellar o‘rtasida o‘tish (Переключение между документами и панелями):
Ctrl+F6, Ctrl+Shift+F6, Alt+F6, Alt+Shift+F6 – Bir dastur doirasida hujjatlar o‘rtasida o‘tish;
F6 – Office panellari o‘rtasida o‘tish (hujjat sxemasi, vazifalar tasmasi (лента задач) va h.k.z.);
Ctrl+F1 – Office vazifalar tasmasi (лента задач) ni paydo qilish/berkitish.
Hujjatlarning ko‘rinish rejimlari (Режимы отображения документов):
Ctrl+Alt+P – Разметка страницы rejimiga o‘tish (Print Layout);
Ctrl+Alt+N – Черновик (Обычный) rejimiga o‘tish (Normal Layout);
Do'stlaringiz bilan baham: |