Ctrl+Alt+1 – Abzatsga Заголовок 1 stilini qo‘llash;
Ctrl+Alt+2 – Abzatsga Заголовок 2 stilini qo‘llash;
Ctrl+Alt+3 – Abzatsga Заголовок 3 stilini qo‘llash;
Ctrl+Shift+1 – Matn shriftini Размеры bo‘limidagi o‘lchamlarga mos tarzda kattalashtirish.
Namunaga qarab formatlash (Форматирование по образцу):
Ctrl+Shift+C – Belgilangan matn fragmenti formatini nusxalash – Формат по образцу funksiyasi (Format Painter);
Ctrl+Shift+V – Belgilangan matn fragmentiga nisbatan ilgari nusxalab olingan formatni qo‘llash – Формат по образцу funksiyasi (Format Painter).
Bu nima? (Что это такое?):
Shift+F1 – Ob’yektlar (interfeys elementlari, hujjat fragmentlari, formatlash haqida va h.k.z.) haqida ma’lumot olish rejimiga o‘tish.
Xizmat ko‘rsatuvchi simvollar (Служебные символы):
Ctrl+Shift+Space (Пробел) – Arjatmaydigan (неразрывный) probel kiritish (ushbu ko‘rinishdagi probel masalan: 12 va sm o‘rtasida kiritilsa 12 sm ifodasi birgalikda keyingi satrga o‘tadi);
Ctrl+Shift+“-” – Arjatmaydigan (неразрывный) tire kiritish (ushbu ko‘rinishdagi probel masalan: al va Xorazmiy o‘rtasida kiritilsa al‑Xorazmiy so‘zi birgalikda keyingi satrga o‘tadi, boshqa misollar: qarama‑qarshi, bosqichma‑bosqich);
Ctrl+“-” – keyingi satrga “yumshoq” o‘tkazish (мягкий перенос) (lozim bo‘lganida so‘z o‘sha joyidan bo‘linib keyingi satrda davom etadi);
Ctrl+Tab – Jadvalning yacheykasida tabulyatsiya simvolini kiritish;
Ctrl+Enter – Sahifani biridan ikkinchisini ajratish (Разрыв страницы) simvolini kiritish (tavsiya etamiz, juda qulay funksiya);
Shift+Enter – Satrni biridan ikkinchisini ajratish (Разрыв строки) simvolini kiritish.
Chop etilmaydigan belgilar (Непечатаемые знаки):
Ctrl+Shift+8 (Ctrl+“*”) – Chop etilmaydigan belgilarni ko‘rsatish/berkitish.
Imlo (Орфография):
F7 – Imloni tekshirish rejimiga o‘tish;
Alt+F7 – Keyingi imloviy xatolikni izlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |