Ajratish va konsentrlashning asosiy miqdoriy tavsivlari


Download 6.46 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi6.46 Kb.
#1535407
Bog'liq
1 - Amaliy


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
“Analitik kimyo” kafedrasi
МАВЗУ: “AJRATISH VA KONSENTRLASHNING ASOSIY MIQDORIY TAVSIVLARI"
TAQDIMOTI
TERMIZ- 2020 y.

REJA;

AJRATISH VA KONSENTRLASH USULLARI

Murakkab aralashmalarni analiz qilishda har bir modda (ion)lar uchun o‘ziga xos analitik reaksiyalar o'tkazish kamlik qiladi. Moddaning sifati va miqdori tarkibini aniqlash maqsadida aralashma dastlab alohida komponentlarga ajratiladi. Ba’zan aniqlanayotgan modda (komponent) miqdori analiz qilinadigan eritmada aniqlanish oralig'iga nisbatan ancha kam bo'ladi. Bunday vaqtlarda analizni boshlashdan oldin eritma konsentrlanadi (boyitiladi). Ajratish va konsentrlash amalda ko'pincha birgalikda olib boriladi. Ajratish va konsentrlash usullari moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan. Ikki fazaning fizik tabiatiga, taqsimlanish bosqichiga qarab ajratish usuli turkumlanishi mumkin. Bir bosqichli taqsimlanish — statik, ko'p bosqichli taqsimlanish — dinamik yoki xromatografik taqsimlanish usuli deyiladi. Fazalar gaz (g), suyuq (s) yoki qattiq (q) agregat holatlarida bo'lishi mumkin. Modda ikki faza orasida taqsimlansa, fazalar qisqacha shunday belgilanadi: g-s, g-q, s-s, s-q. Ajralish mexanizmiga ko'ra: kimyoviy (qayta cho'ktirish), Fizik-kimyoviy (ekstraksiya, xromatografiya, elektrokimyoviy va h.k.) va fizikaviy (bug'lanish, suyuqlanish oralig'i, kristallash va boshqalar) kabi ajralishlar farqlanadi.

EKSTRAKSIYA

1. Moddalarni bir suyuqlikdan yoki qattiq moddalardan boshqa erituvchi (ekstragen) yordamida ajratib olishdir. Masalan, benzol (ekstragent) yordamida yog’ ajratib olinadi. Ekstraksiya bir necha bosqichda, partsial ekstraksiya yo’li bilan olib boriladi. Ekstraksiya bundan tashqari – aralashma komponentlarining har xil eruvchilarda turlicha erishi asoslangan. Ekstraksiyalash kimyo, neftni qayta ishlash, oziq ovqat, metaluegiya, farmotsefvtika sanoatlarida keng ishlatiladi, masalan, analitikaviy kimyoda xossalari jihatidan o’zaro o’xshash elementlarni (nikel va kobalt) va boshqalarni bir-biridan ajratishda ham qo’llaniladi.

2. Qattiq yoki suyuq aralashmani ajratish usuli; bunda ularga komponentlari bir xilda erimaydigan har xil erituvchilar bilan ishlov beriladi. Odatda, ekstraksiyaning diffuziyon apparatlar (ekstraktorlar) yordamida suvli eritmalarda bajariladi.

Ekstraksiyaga teskari jarayon – reekstratsiyalash. Ekstraksiyadan keyin fazalarga ajrash ushun tindiriladi, tsentrafugalanadi, kiristalanadi, va b.

XROMATOGRAFIYA

  • Xromatografik tahlil zamonaviy-fizik kimyoviy tahlil usullaridan bo’lib, dorivor va biologik faol moddalarning tahliliga keng qo’llanadi.
  • Xromatografik tahlil usuli – aralashma tarkibiy qisimlarining qo’zg’almas faza – adsorbentga turlicha yutilishiga, adsorbsiyalanishga asoslangan. Umumiy holda: tahlil qilinuvchi aralashma qo’zg’aluvchan faza (suyuq yoki gaz) tarkibida qo’zg’almas faza bo’ylab harakatlanganida, aralashma tarkibiy qisimlarini qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas fazaga nisbatdan moilligiga ajratiladi.
  • YUPQA QAVAT XROMATOGRAFIYASI

    Yupqa qavat xromatografiyasi (YUQX) sorbentning yupqa qavatida bajariladi. Aralashma komponentlari eritmasining bir tomchisi kapiillar yordamida xromatografik plastinkaning start chizig’iga tomiziladi va kolonkadagi harakatlanuvchi suyuq fazaga (maxsus tanlangan erituvchilar aralashmasi) tushuriladi. Bunda aralashma komponentlari erituvchilar aralashmasida erib, finish tomon harakatlana boshlaydi. Aralashmadagi moddalar turg’un va harakatchan fazaga bo’lgan moilliklariga ko’ra bir – biridan ajraladi va ochuvchi maxsus reagentlar bilan xromatografik plastinka purkalaganda elips shaklidagi rangli do’glar hosil bo’ladi.


XRAMATOGRAFIK KOLONKANI TAYYORLASH
Moddalarni, modda aralashmalarini bir-biridan ajratish va analiz qilishning fizik-kimyoviy analiz metodlaridan biri bu xromatografik analiz metodidir.
Metod ikki fazada moddalarning har xil taqsimlanishiga asoslangan.
Ikki xil rangli kation tuzlari aralashmasi.
Xromatografik kolonkaga rangli metal tuzlari aralashmasining quyilishi.
Kationlarning yuqoridan pastga harakati
Xromotagrafiyaning boshlangʼich holati.

ETIBORLARINGIZ UCHUN

RAHMAT


Download 6.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling