2023 yil sdhda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. Sinxron raqamli iyerarxiya oqimlarining shakllanishi
SDHda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. STM-Nning shakllanishi
Download 60.82 Kb.
|
SDHda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. STM-Nning shakllanishi
STM-N sathini shakllantirishda, SDHning eng asosiy qonunlarini bajarish ya’ni sinxron raqamli tarmoqning har qanday punktida RDH, SDH triblarining, STM-N sathidan oson va oddiy holatdan kiritish va chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bunday kirish/chiqishli rejimlarga ega bo‘lgan sinxron raqamli multipleksor RDH multipleksorlarining butun zanjiri bilan almashishi kerak. Quyidagi rasmda turli RDH triblaridan tashkil topgan STM-Nning umumiy shakllanish sxemasi ko‘rsatilgan. VCN Trib signallaridan N-sathdagi sinxron transport modulining shakllanishi Boshlang‘ich axborotli yuklamalar, ma’lum bir o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan, sinxron raqamli iyerarxiya (SRI)ning biror sathidagi signallarni uzatish uchun yetarli bo‘lgan bloklar ko‘rinshida konteynerlarda (S-containers) joylashadi. Konteyner, joylashtirish operatsiyasi (SDH mapping) orqali, davomiyligi 125 mks yoki 500 mks bo‘lgan blokli siklik tuzilishiga ega bo‘lgan virtual konteyner (Virtual Container - VC)ga (trakt turiga bog‘liq holda) o‘zgaradi. VC da boshlang‘ich axborotlardan tashqari yana traktning sifatini nazorat qiluvchi va avariya va foydalanishni ta’minlovchi trakt sarlavhasi (POH-Pat Over Head) ham shakllanadi. Shartli ravishda joylashish operatsiyasi shundan iboratki, S konteynerdagi axborot, VCning ma’lum bir pozitsiyalarida joylashadi, joylashish sinxron (agar boshlang‘ich axborotlar SRI tizimlarida sinxronizatsiyalangan bo‘lsa) yoki asinxron holatda amalga oshishi mumkin. Agar asinxron joylashish bo‘lsa, unda boshlang‘ich oqimlarning uzatish tezliklarini raqamli tenglashtirish (moslashtirish) lozim. Bu esa boshlang‘ich oqimlarning ma’lum bir bitlarida, VC pozitsiyalarini biriktirilishi mustahkam bo‘lmaganligi tufayli suzuvchi rejimda ishlashga majburlaydi. Sinxron joylashtirish belgilangan rejimdagi kabi, suzuvchi rejimda ham amalga oshishi mumkin. Shuniyam aytib o‘tish joizki, sinxron va asinxron oqimlarni qayta ishlash uchun bitta qabul qilgichdan foydalanish maqsadga mufoviqdir. Shunday qilib, VC virtual konteyner SRI traktlarining qatlamlarida qo‘llaniladigan, yuklama va trakt sarlavhalarini axborotli maydonlaridan iborat bo‘lgan axborotli tuzilishga ega. VC konteyner ikki turga bo‘linadi: - ancha past tartibli VC-n (n=1, 2) konteynerlardan va POH VC dan iborat; - yuqori tartibli VC-n (n=3, 4) konteynerlari POH VC bilan birgalikdagi s-n (n=3, 4) lardan yoki POH VC bilan birgalikdagi komponent guruh (TUG-2, TUG-3) lardan iborat. Yuqori tartibli virtual konteynerlar (VC-3, VC-4) sozlash protsedurasi orqali, ma’muriy (AU-Administrative Unit) bloklarga, past tartibli esa (VC-11 VC-12 va VC-2)ta komponent bloklariga (TU-Trititary Unit) o‘zgaradi. AU bloki yuqori tartibli trakt qatlamlarini, multipleksorlash seksiyasining tarmoq qatlamlari bilan moslashtiradi. VC siklining boshlanishi multipleksorlash seksiyasining sikliga nisbatan o‘zgarishi mumkin va shuning uchun o‘rni belgilangan AUR ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Shunday qilib sozlash protsedurasi, AU yuklamasi fazasini va tezligini o‘zgarishini yaxshilaydi. Shartli ravishda sozlash protsedurasini quyidagicha belgilash mumkin: AU =VC+ AUR Past tartibli virtual konteynerlar (VC-2, VC-12. VC-11), ayrim hollarda VC-3 ham xuddi yuqoridagi aytganimizdek sozlash protsedurasi yordamida mos keluvchi komponent TU (sub lok) bloklariga o‘zgaradi. Shartli ravishda ushbu protsedurani quyidagicha belgilash mumkin: TU=VC+TUR. Subbloklar past tartibli traktlarning tarmoq qatlamlarini yuqori tartibli traktlarning tarmoq qatlamlari bilan sozlaydi. Yuqori tartibli VCyuklamasining ma’lum bir belgilangan pozitsiyalarini egallagan bir yoki bir necha TUlar, Download 60.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling