2023 yil sdhda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. Sinxron raqamli iyerarxiya oqimlarining shakllanishi
Download 60.82 Kb.
|
subbloklar guruhi deb ataladi. Masalan bunday guruhlarga TUG-2 va TUG-3 (Tributary Unit Group-TUG).lari kiradi. Birinchisi, bir xil TU-11, TU-12 yoki bitta TU-2 subbloklar guruhi majmuasidan iborat, ikkinchisi, TU-2 yoki bitta TUG-3 subbloklarning guruhi majmuasidan iborat. Guruhli subbloklar vaqtli guruhlashtirish protsedurasi natijasida hosil bo‘ladi. Ma’muriy bloklar guruhi (AUG-AdministrativeUnitGroup-AUG) ga esa AU bloklari birlashtiriladi.
AUG-bloklari vaqtli guruhlashtirish protsedurasi orqali davomiyligi 125 mks bo‘lgan blokli tuzilish (Sinchronous Transport Modul-STM) ga aylanadi. STM-1ning asosiy moduli (birinchi sath moduli) 155520 kbit/s uzatish tezligiga ega, yuqori sath modullari esa bunday tezlikdan N marta katta (STM-N, bu yerda N=4, N=16, N=64, N=256). STM-N ni olish protsedurasini shartli ravishda quyidagicha belgilash mumkin: STM-N=AUGxN+SOH, bu yerda SOH – seksiya sarlavhasi. SOH-seksiya sarlavhasi, regeneratsiyalash seksiyasi sarlavhasi (RSOH)ga va multipleksorlash seksiya sarlavhasi (MSOH)ga bo‘linadi. Bunda RSOH regeneratorlar orasida beriladi va siklli sinxronizatsiya, xatoliklar nazorati funksiyasini bajaradi, shuningdek ma’lumotlarni uzatishni, xizmat aloqasini va foydalanuvchilarning kanallarini tashkil qiladi. MSOH, STM filtrlanadigan va shakllanadigan uzatish muhitining qatlamlariga ulanuvchi nuqtalar orasida uzatiladi va xatoliklarni nazorat qilish funksiyasini bajaradi, shuningdek zaxiraga avtomatik ulanishni, berilganlarni uzatishni, xizmat aloqasini boshqaruv kanallarini hosil qiladi. Shunday qilib, AU-ma’muriy bloki, ancha yuqori bo‘lgan sathning trakt qatlamlari va SRI seksiyasi orasida moslashtirishni ta’minlovchi, yuklama (ancha yuqori sathli VC) dan va ma’muriy blok ko‘rsatkichlari (AUR) dan iborat bo‘lgan axborotli tuzilishga ega. Shunga mos holda AU-3 va AU-4 larni bayt bo‘yicha ulanishi amalga oshadi. TU-komponent bloki, ancha past va yuqori sathli trakt qatlamlari orasida o‘zaro bog‘lanishni ta’minlovchi axborotli tuzilishga ega. U axborotli yuklama (ancha past sathli VC) dan va komponent bloklar ko‘rsatkichi (TUR) dan iborat. TUG komponent bloklar guruhi, turli TU lardan tuzilgan bo‘lishi mumkin, bu esa tarmoqning mustahkamligini oshiradi. TUG-2, TU-2 dan yoki TU-1 guruhlaridan, TUG-3 esa, TU-3 yoki TU-2 guruhlaridan shakllangan bo‘lishi mumkin. Shuningdek TUG yana bitta AU-4 yoki uchta AU-3 guruhidan tashkil topgan bo‘lishi ham mumkin. Download 60.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling